-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik oliy ta'lim bakalavr yo'nalishlarining ta'lim qardosh tillarda olib boriladigan guruhlarida tahsil olayotgan talabalarga o'zbek tili (davlat tili)dan saboq berishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbek tilining lisoniy boyliklari, grammatik qurilishi, nutq tuzilishi va uslublarini, shuningdek ish yuritishning rasmiy vositalarini bayon qiladi hamda Vatanimizning tabiati, iqlimi, qazilma boyliklari, aholisi, tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va san'ati haqida ma'lumotlar berib, talabalarda Vatanparvarlik hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Erkin millat poydevori
Ushbu kitob O'zbekistonning eng yangi tarixiga bag'ishlangan bo'lib, unda davlatchilik, jamiyat tafakkuri va mamlakatning rivojlanish yo'llari chuqut tahlil qilinadi.
-
O‘zbek tili
“O‘zbek tili” darsligi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi umumiy guruh talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv yili davomida olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir dars matnlar, grammatik materiallar, mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar, pedagogik texnologiyalar bilan boyitilgan. Darslikda talabalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish maqsadida rus tilida ham matnlar va topshiriqlar berilgan.
-
Oila va gender sotsiologiyasi
Mazkur darslik “Oila va gender sotsiologiyasi” fanining namunaviy va ishchi dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda Respublikamizda oilalarni qo`llab-quvvatlash, xususan oilalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollarning rolini oshirish, nikoh va oilaning paydo bo`lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarish kabi masalalar o`z aksini topgan.
-
Oila huquqi
Ushbu darslikda oila huquqining umumiy va maxsus qismlari, jumladan, oila, oila huquqi tushunchasi, nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, shuningdek, oila huquqining yangi institutlari, xususan, nikoh shartnomasi va uning ahamiyati yoritilgan.
-
Hisob (Calculus)
Ushbu darslik Jizzax politexnika instituti hamda uning bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, “Hisob(Calculus)” fani materiallarini to'la qamrab oladi. Jumladan, darslikda komleks sonlar nazariyasi, sonli va funksional ketma-ketliklar, differensial hisob, integral hisob, sonli va funksional qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, ikki va uch karrali integrallar, egri chiziqli va sirt integrallari boblari yoritib berilgan. Shuningdek, har bir mavzuning texnikada, iqtisodiyotda, tibbiyotda, ijtimoiy olam va boshqa ko'plab sohalardagi amaliy tatbiqlari asoslab berilgan.
-
Избранные произведения и обработки для струнных ансамблей
Избранные произведения и обработки для струнных ансамблей
-
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik
Mazkur darslikda axborot-psixologik xavfsizlik muammolari, xalqaro axborot maydonidagi axboriy kurashning murakkab xususiyatlari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan manipulyativ usullar hamda shaxs, jamiyat va davlatni axborot xurujlaridan himoya qilishning usul va uslublari keng yoritilgan. Darslik oliy o’quv yurtlari gumanitar yo’nalishlari bakalavrlari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan bo’lib, unda axborot asrining mohiyati, axborot muvozanatsizligi va O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
-
Netzwerk neu B1
Netzwerk neu B1 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B1 vorbereitet. Es zeichnet sich durch eine klare Struktur, abwechslungsreiche Aufgaben und eine konsequente Vermittlung von Sprachkompetenzen aus. Das Kursbuch fördert die aktive Anwendung der Sprache durch kommunikative Ansätze, integrierte Audios und Videos sowie authentische Materialien aus dem deutschsprachigen Raum. Mit Fokus auf Grammatik, Wortschatz und Landeskunde bietet es eine solide Basis für den Lernerfolg in verschiedenen Kontexten.
-
Авлиё қирол Людовик кўприги
Улуғворлик ва мўъжизакорлик сир-синоатларини ҳаётга қараганда санъатнинг ўзи рад этиб бўлмас даражада исботлай олади. "Авлиё қирол Людовик кўприги" ўзбек ўқувчиларини уммон орти катта адабиётидан хабардор этиши билан аҳамиятли.
-
Nazariy mexanika
Ushbu darslik universitetlar uchun yozilgan 4-jildlik «Nazariy fizika kursi»ning birinchi jildi bo'lib, klassik nazariy mexanikaga bag'ishlangan. Unda nazariy fizika uchun muhim bo'lgan Langraj hamda Gamilton formalizmlarining asoslari, tebranishlar nazariyasi, qattiq jism harakati va irosikllar mexanikasining elementlari keltirilgan. Mazkur darslik universitetlarning fizika fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan matematika va muhandis talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
Mazkur o'quv qo'llanmada jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining predmeti maqsadi va vazifalari va paydo bo'lidhi hamda rivojlanish tarixi, talabalarni voleologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish, jismoniy tarbiya maqsadi, vazifalari va tamiyillari to'g'risida ma`lumotlar berilgan
-
NAVOIYSHUNOSLIK
Ushbu darslik Respublika Oliy o‘quv yurtlari sharq fakultetlari filologiya va tillarni o‘qitish ixtisosligi bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Navoiyshunoslik fanining mavzularini qamrab oladi. Unda asosan o‘zbek mutafakkir allomalari tomonidan yaratilgan boy ilmiy-adabiy meros, xususan, Alisher Navoiy adabiy merosining mavzu ko‘lami, tarixiy-ilmiy ahamiyati va g‘oyaviy xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Darslikda mavzularni mustahkamlash uchun topshiriqlar va mashqlar ham o‘rin olgan bo‘lib, sharq tillarini o‘rganuvchi talabalarda Alisher Navoiy asarlarini ilmiy o‘rganish, adabiy manba matni yuzasidan mushohada yurita olish malakasini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
-
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Ushbu darslik 5A220104 - “Noshirlik ishi va muharrirlik” ixtisosligi bo‘yicha magistrantlarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda kitob nashri jarayonidagi asosiy bosqichlar, muharrirning roli va vazifalari, shuningdek, nashriyot-matbaa ijodiy uylaridagi ish jarayonlari batafsil yoritilgan. Darslik nafaqat magistrantlar, balki soha izlanuvchilari, tahririyat xodimlari va jurnalistlar uchun ham qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
-
Mutaxassislikning nazariy masalalari
Mazkur darslik arab tilining nazariy masalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda klassik davr tilshunoslarining ilmiy qarashlari zamonaviy tilshunoslarning nazariy fikrlari bilan muqoyasa qilingan, shuningdek, darslik lingvistika mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrant talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, u arab tili nazariy asoslarini, klassik davr tilshunosligi masalalarini, harflarning fonetik jihatdan tasniflanishi, so‘z yasalishi, ishtiqoq, hamda yordamchi so‘zlarning sintaktik va semantik xususiyatlarini yoritadi.
-
Ko'pyoqli sirtlar geometriyasi
Ushbu o’quv qo’llanma pedogogika oliy o’quv yurtlarining bakalavriatning 60110600- matematika va informatika yo’nalishi va magistraturaning 70110601- Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika) mutaxassisligi hamda maktab matematika fani o’qituvchilari uchun amaldagi dastur asosida yozilgan. O’quv qo’llanmada Platon muntazam ko‘pyoqli sirtlari va Arximed yarim muntazam ko‘pyoqli sirtlari, yulduzchasimon ko‘pyoqli sirtlar va ular bilan bog’liq geometrik xossalar o’rganilgan.