-
-
-
-
-
Geodeziya. Kartografiya
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
Geodeziya. Kartografiya
-
Tutash muhitlar mexanikasi
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tutash muhit mexanikasi fani bo'yicha deformatsiyalanuvchi muhit kinematikasiga doir namunaviy masalalar va misollarning yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari va test savollarini o'z ichiga oladi.
-
TURIZM GEOGRAFIYASI
Mazkur o'quv materialida turizm geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, turizmning turlari, shuningdek mahalliy va xalqaro turizmning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, turistik resurslar, rekreatsiya geografiyasi hamda turistik faoliyatning asosiy tushunchalari tahlil qilingan.
-
Kartografiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Ushbu uslubiy qo’llanma Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun «Kartografiya» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishga mo’ljallangan. Qo’llanmada kartografik proyeksiyalarni aniqlash, xatolik o’lchamlarini hisoblash va kartografik tasvirlash uslublari bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
-
Умумий физика курси: Оптика
Mazkur o'quv qo'llanma fizika mutaxassisligidagi talabalarga mo'ljallangan bo'lib, optika fanining asosiy qonunlari, nazariyalari taraqqiyoti, yorug'likning tarqalishi, qaytishi va sinishi hodisalarini yoritadi. Shuningdek, zamonaviy optika yutuqlari, lazerni o'z ichiga olgan yangi boblar va optik asboblar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Этнология
Учебник содержит наиболее полное и систематизированное изложение истории и теории этнологии. Достоинством учебника является четкая интерпретация этнологических понятий и терминов, использование обширного исторического и современного материала. Большое внимание уделяется этнонациональной проблематике, особенно в Российской Федерации.
-
KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kartalarni loyihalash va tuzishning nazariy asoslari, usullari, kartografik belgilanishlar, generalizatsiya va geografik kartalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
-
Строение и физические свойства молекул
Книга посвящена изучению строения и физических свойств молекул на основе теории химического строения. Особое внимание уделено оптическим свойствам молекул, а также физическим путям исследования их структуры и взаимного влияния атомов.
-
Zamonaviy geodezik asboblar
Ushbu darslik 5313400 - “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalar uchun elektron taxeometrlar, raqamli nivelirlar, yer usti lazerli skanerlar va dronlarning tuzulishi hamda ishlash prinsiplari, ularni tekshirish uslublari bayon qilingan.
-
Geodezik oʻlchashlarni matematik qayta ishlash
Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining geodeziya yoʻnalishi talabalari va mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, geodezik oʻlchashlarni matematik qayta ishlash nazariyasi, xatolar nazariyasi va eng kichik kvadratlar usulini oʻrgatadi.
-
Kartografiya
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim tizimining geodeziya, kartografiya va kadastr yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, kartografiyaning mazmun-mohiyati, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, xaritalarning matematik asosi hamda ulardan foydalanish masalalarini o'z ichiga oladi.
-
Oliy geodeziya
Mazkur o‘quv qo‘llanmada yerning shakli va gravitatsiya maydoni, davlat geodezik tarmoqlari va ularni qurishni nazariy masalalari bayon etilgan. Yuqori aniqlikdagi teodolitlar, ularning tadqiqotlari, burchak o‘lchashda xatolar manbaalari, o‘lchash nazariyasi va usullari berilgan. Kitobda davlat nivelirlash tarmoqlari, ularni qurishda yuqori aniqlikdagi nivelirlashning nazariyasi ko‘rib chiqilgan.
-
INJENERLIK GEODEZIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada injenerlik geodezik ishlarning asosiy turlari, jumladan topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, gidrotexnik va yer osti inshootlarini loyihalash hamda qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Geodeziya 1 (Surveyng 1)
Ushbu darslik Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining “Fuqarolik qurilishi (MAA075-Civil ingineering)” ta`lim yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Darslikda Yer shakli va kattaligi haqida tushuncha, karta va planlarni tuzish usullari va ularni to`g`ri o'qish, karta va planlarda turli injenerlik masalalarini yechish bayon qilingan.
-
Geodeziya. I va II qism
Mazkur darslikda geodeziya fani, uning vazifalari, fanga doir umumiy ma'lumotlar, geodezik o'lchash turlari, usullari va o'lchash asboblarining tuzilishi, o'lchashlarni bajarish, natijalarni matematik ishlab chiqish, plan, karta va profillarni tuzish masalalari yoritilgan.
-
Geodeziya (I va II qism)
O'quv qo'llanma "Geodeziya va geoinformatika" ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qiydigan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, masofaviy ta'limdan o'qiydigan talabalar mustaqil o'rganishi va topshiriqlarni bajarishida foydalanishlari ham mumkin.
-
Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari
Darslikda geoaxborot tizimlari va texnologiyalarining nazariy va amaliy masalalariga oid mavzular bayon etilgan. Shuningdek, ulardan geodeziya, kartografiya va kadastrda foydalanish uslublari ko'rsatib berilgan.