-
-
-
-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada favqulodda vaziyatlarlar, ularning turlari, kelib chiqish sabablari, favqulodda vaziyatlarda aholining muhofazasini ta’minlash huquqiy-meyoriy hujjatlari mazmuni, aholini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tizimli yoritilib berilgan.
-
Ashulachilar ansambli
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Musiqa ta’limi” yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 5151600-Xalq ijodiyoti (ashula va raqs) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ashulachilar ansambli” fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
-
Bastakorlikni o’qitish uslubiyoti
Ushbu darslik O’zbekiston davlat konservatoriyasida 5150100 - “Bastakorlik san’ati” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-kursda tahsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, shu yo’nalishning o’quv dasturi asosida tuzilgan. “Bastakorlikni o’qitish uslubiyoti” fani ma’ruzalari asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruzalarni o’rganish bo’yicha bastakorlik san’ati ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari ma’ruzalar matni, test savollari, ma’ruzalarda keltirilgan atamalarning glossariysi jamlangan. Mazkur darslik oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar, respublikamizda olib borilayotgan san’at sohasidagi islohotlar jarayonlariga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Umumiy psixologiyа ( 2- KITOB) ( Yosh davrlari va pedagogik psixologiya)
Darslikda yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, katta va kichik guruxlar, ta’lim, tarbiya va o‘qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi.Unda chaqaloqlik davridan to qarilik davrigacha bo‘lgan psixologik rivojlanishning xususiyatlari aks ettirilgan. Darslikning katta, kichik guruxlar boblarida shaxsning ijtimoiylashuviga bog‘liq masalalar yoritilgan.
-
Bank huquqi
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan (5230700 – “Bank ishi” bakalavr yo‘nalishi uchun ) «Bank xuquqi» fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Darslikdan shuningdek, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari, amaliyotchi yuristlar va iqtisodchilar, bank xodimlari, O‘zbekiston bank qonunchiligi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
UMUMIY PEDAGOGIKA
Mazkur darslikda oliy ta'lim muassasalarida bo`lajak boshlang`ich sinf oqituvchilarini tayyorlashning pеdagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, shakl, mеtod, vositalari, shuningdеk, bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining taffakkurini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
-
English for Economic security
Учебное пособие составлено в соответствии с программой курса иностранного языка студентов обучающихся по специальности 38.05.01 Экономическая безопасность, специализация «Экономико-правовое обеспечение экономической безопасности». Направлено на формирование у студентов информационной, коммуникативной, лингвистической компетенций в процессе развития умений иноязычного общения в письменной и устной формах на темы профессионального характера. Наличие разноплановых заданий позволит студентам развить навыки извлечения, обработки и передачи экономической информации на английском языке.
-
O'zbekiston tarixi
O‘zbekiston tarixi fani o‘rta-maxsus ta‘lim muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkur yuritish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishga, mamlakatimiznig bir necha ming yillik o‘tmishi haqida ob‘yektiv bilimlar berishga qaratilgan.
-
BADIIY KOMPOZITSIYA ASOSLARI
Ushbu o‘quv qo‘llanmada badiiy kompozitsiyaning mohiyati, asoslari, qonun -qoidalari, unsurlari, asosiy prinsiplari va kategoriyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Badiiy kompozitsiyaning xususiyatlari va vositalari nafaqat kiyimda, balki badiiy san’at asarlarida uchrashi ham misol tariqasida keltirilgan. Rang haqida keng nazariy ma’lumot o‘quv qo‘llanmada alohida bob ko‘rinishda berilib, unda rang birikmalarining qurilish prinsiplari ko‘rib chiqilgan. O‘quv qo‘llanma kiyimlarni badiiy bezashda dekor va tanlangan materiallarning plastik va manzarali xususiyatlari hamda ularning axborot vositasi ekanligi haqida ma’lumotlarni keng yoritgan.
-
Ҳуқуқшунослик асослари
Мазкур дарслик давлат ва ҳуқуқ назарияси, конституциявий ҳуқуқ, фуқаролик ҳуқуқи, оила ҳуқуқи , меҳнат ҳуқуқи, маъмурий ҳуқуқ, жиноят ҳуқуқи, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси, экология ҳуқуқи бўйича чоп этилган адабиётларнинг умумий мазмунига таянилган.
-
Ўзбек рақсини ўрганиш услубиёти
Мазкур ўқув қўлланма ўқув адабиётларининг янги авлодини яратишга қўйилган талаблар асосида тайёрланган бўлиб, ўқув қўлланмада бухоро рақс мактабининг назарий ва амалий асослари, фаннинг ўқитишни анъанавий ва замонавий методикаси ёритилган. Ўқув қўлланма Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби 5151300-Хореография (Хореография жамоалар раҳбари) талабалари, мусиқа ва санъат мактаби ҳамда санъат коллежи ўқитувчилари учун мўлжалланган
-
“BADIIY LOYIHALASH”
Ushbu oʻquv qoʻllanma “Landshaft dizayni va interyer” kafedrasining talabalari uchun moʻljallangan. Oʻquv qoʻllanma vizual kompozitsiya va loyihalash asoslari boʻyicha tayanch bilimlarni beradi. Bu predmetni oʻrganish nafaqat ranglarni va hajmlarni emotsional baholashdagi bogʻliqlikni, ob’yektiv xususiyatlari va qonuniyatlarni oʻrgatadi. Butun nazariy materiallar auditoriyada bajariladigan amaliy va mustaqil ishlar seriyasi orqali oʻzlashtiriladi. Oʻquv qoʻllanma arxitektura muhitlari dizayni talabalari uchun ham, boshqa oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasasi talabalari uchun ham ahamiyatlidir.
-
Ўзбек анъанавий чолғулари
Ушбу ўқув қўлланмада мусиқа санъати коллежларининг анъанавий ижрочилик бўлиб ўқувчилари учун мўлжалланган бўлиб, ўзбек анъанавий чолғулари ва уларнинг тарихий тараққиёти ҳамда ҳозирги кундаги ўрни ҳақида ёзилган.
-
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Ushbu “ Axborot kommunikatsion texnologiyalar” fanidan tayyorlangan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma 5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha), 5411600-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, fanning o’quv dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu o’quv qo’llanmada fanning barcha mavzulari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari topshiriqlari va ularni bajarish bo’yicha yo’riqnomalar hamda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar berilgan.
-
Мураббийга маслаҳатлар
Сиз талабаларга таълим ва тарбия бераётган Самарқанд давлат чет тиллар институти 1994 йилнинг ноябр ойида ташкил топган. Ҳозирги пайтда институтда инглиз, немис, француз, корейс, мактабгача тарбия ва таржимонлик ихтисослари бўйича мутахассислар тайёрланади. Шунингдек, институтда талабалар учун араб, япон, корейс, турк, форс, италян, рус тили ва маданияти марказлари ташкил этилган. Ушбу марказлар ва институт кафедралари асосий ва қўшимча адабиётлар, ўқув-техник воситалари, компьютер ва бошқа ўқув методик материаллари билан таъминланган. Бу институтда талабаларга таълим ва тарбия беришда ҳамма шарт-шароитлар мавжудлигидан далолат беради
-
Педагогика амалий машқлар ва масалалар
Ушбу қўлланмада педагогик йўналишдаги бакалаврларга мўлжалланган бўлиб, педагогика фанидан амалий машғулот ва лаборатория машғулотлари сифатида тавсия этилади.