-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Маданий-маърифий муассасаларда техник воситалардан фойдаланиш
Китобда маданий—маърифий муассасалар фаолиятини такомиллаштириш, уларнинг иш самадорлигини оширишда ҳозирги кунда фойдаланилаётган техника воситалари яъни фотография асослари, статик—проекцион техника воситалари, динамик—проекцион техника воситалари, овозни ёзиб олиш ва қайта эштириш асослари, транспорт ва алоқа техника воситалари, репрография, оператив полиграфия ва ризография воситалари ва компъютерларнинг ўзига хос хусусиятлари ва маданий — маърифий муассасаларидаги аҳамияти ҳақида қисқача тўхталиб ўтамиз
-
Таълим тизимида маданият масалалари
Ушбу китобда таълим тизимида маданият ва санъат масалаларининг ёритилиши, маънавий омилларнинг ўрни ва роли ўрганилади. Таълим тўғрисидаги қонун, кадрлар тайёрлаш миллий дастури талаблари асосида яратилган ушбу ишда маънавий омиллар аҳамияти катта эканлиги тўғрисида фикр юритилади.
-
Madaniy-ma]rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Xalq ijodiyoti sohasi bo'yicha, badiiy havaskorlik jamoalarining nashkil etilishi tarixi, taraqqiyot jarayoni, ularning asosiy turlari, tarkibi, ish jarayonida ijodiy va tarbiyaviy xususiyatlari, tashkiliy ishlari va madaniy tadbirlarda ishtiroki va shu soha bo'yicha bog'liq bo'lgan ko'pgina ma'lumotlar taqdim qilingan.
-
Jahon adabiyoti
Qollanma jahon adabiyoti fani bo'yicha tuzilgan bo'lib, antik davrdan to XX asrgacha bo'gan davrlardagi ma'lumotlar, mumtoz namunalar, turli adabiy oqim va uslublarda ijod qilgan adiblar hayoti va ijodi, asar g'oyalari bilan tanishtirilgan.
-
Antik adabiyot (majmua-xrestomatiya)
Mazkur “Antik adabiyot” majmua-xrestomatiyasi jahon adabiyoti fanining antiк adabiyot qismi bo‘yicha tuzilib, unda qadimgi Yunon va Rim adabiyotining mashhur vakillari qalamiga mansub boigan nasriy, she’riy, dramatik janrlarda yaratilgan ilmiy-adabiy, badiiy asar namunalaridan keltirilgan. Majmua xrestomatiyadan faqat “Jahon adabiyoti” fanini o'qitishda emas, balki “Sahna nutqi”, “Xorijiy teatr tarixi”, “Jahon tarixi” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin. Ushbu qoilanma talabada antik davr adabiyoti, san’ati, madaniyatiga, jumladan, notiqlik ilmiga qiziqishni uyg‘otishi shubhasiz.
-
Jahon adabiyoti (Antik davr)
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma jahon adabiyoti fanining antik adabiyot qismi bo‘yicha tuzilib, u qadimgi Yunon va Rim adabiyotini o‘z ichiga oladi. 0 ‘quv-uslubiy qo‘llanmaning maqsadi antik adabiyotning taraqqiyot bosqichlari, mashhur vakillari hayoti va ijodi, asarlarida ilgari surilgan g'oyalar bilan talabalami tanishtirishdir. Antik davr adabiyoti bo‘yicha manbalar juda katta hajmda bo'lib, mazkur o'quv-uslubiy qo'tlanmada Yunon va Rim adabiyotining eng mashhur namoyandalari ijodigagina to'xtalib o'tilgan.
-
Davolash jismoniy tarbiya
Darslik Davolash jismoniy tarbiyasi fani o'zlashtirishdagi yangi o'quv dasturga mos, unda tibbiyotning dolzarb muammolarini inobatga olgan holda DJTining vazifalari va maqsadi, uning shakllari va vositalarining qo'llanish xususiyatlari, kasalliklar, organizmdagi nuqsonlar, shikastlanishlar haqidagi ma'lumotlar, ularning barchasida DJT mashqlar majmuasini tuzish va uni amalda tatbiq etish kabi musalalar o'z ifodasini topgan. Darslik oliy va o`rta jismoniy tarbiya (madaniyati hamda tibbiy yo'nalishdagi o'quv muassasalarining talaba, magist, shifokor, hamshira, DJT yo'riqchi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazlari. Vrachlar malakasini oshirish institut uquvchilar uchun mo`ljallangan bo'lib, undan murabbiylar, universitetlarning jismoniy tarbiya takultetlar talaba va o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
-
Statistika
Darslik statistika fani bo’yicha tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlangan va davlat ta’lim standartlariga mos keladigan dastur asosida yozilgan va moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, kasb ta’limi yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda statistika tushunchasi,predmeti, metodlari, tashkil etilishi, statistik kuzatish, guruhlash va jamlash, indeks,korrelyatsiya, regressiya, balans metodlari, ya’ni statistika umumiy nazariyasi masalalari yoritilgan. Ikkinchi qismda esa makroiqtisodiy jarayonlar(xarajatlar,daromadlar, milliy boylik, aholi va mehnat resurslari, yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar, ijtimoiy soha,samaradorlik, moliya-kredit) statistikasi ko’rsatkichlari statistik tahlil qilingan. Darslikda asosiy tayanch iboralar va talaba olgan bilimini sinab ko’rishi uchun savol va topshiriqlar keltirilgan. Kitob bozor iqtisodiyotini o’rganuvchi barcha moliya-iqtisod ixtisosligi talabalari, aspirantlari, ilmiy izlanuvchilari hamda moliya va bank institutlari mutaxassis-amaliyotchilariga foydali bo’lishi mumkin.
-
Ishlab chiqarish texnologiyalari
«Ishlab chiqarish texnologiyalari» fanidan darslik shu fan bo'yicha namunaviy o'quv dasturiga asosan yozilgan. Unda sanoatning eng muhim tarmoqlari, jumladan, yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallari va qurilish ishlari texnologiyasi, ularda qo'llaniladigan xomashyolar, asbob-uskunalar va shu tarmoqlardagi fan-texnika taraqqiyoti va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar batafsil yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining menejment fakultetlarining talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan mazkur yo'nalishda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari ham o'z amaliy ishlarida foydalanishlari mumkin.
-
Falsafa
Falsafa darsligi davlat ta’lim standartlarida berilgan talablar asosida tayyorlangan. Darslik tarkibiga falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, antropologiya, ijtimoiy falsafa masalalari kiritilgan.
-
Iqtisodiy statistika
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizasiyalash sharoitida, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi zamon dolzarb masalasi bo’lib, u barcha fanlar bo’yicha mazmunli darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Ushbu darslikda statistika yagona fan sifatida qaralib, unda milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan. Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o’rganilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat va moliya-kredit tizimi statistikasiga alohida e’tibor berilgan. Aholi turmush darajasi, jamiyat miqyosida yaratilgan daromad hajmiga bog’liq bo’lib, darslik aholining daromadlari va harajatlari balansi asosida uning turmush darajasi ko’rsatkichlari chuqur tahlil etilgan. Darslik barcha iqtisodiy oliy o’quv yurtlari va fakultetlari talabalari va magistrlari uchun mo’ljallangan. Undan amaliyotda faoliyat olib boruvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Buxgalteriya hisobi va audit
O'quv qo'llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek, audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit natijalarini umumiylashtirish, rasmiylashtirish vа amalga tatbiq etish masalalari oxirgi yillarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlarga muyofiq yoritilgan.
-
Ҳиндистоннинг хориж билан адабий алоқалари
Мазкур ўқув қўлланма Ҳиндистоннинг хориж билан адабий алоқалари тарихига бағишланган бўлиб, унда Ҳиндистоннинг Шарқ ва Fарб мамлакатлари билан адабий алоқалари қадимдан то бугунги кунгача бўлган даврни аниқ манбалар асосида кенг миқёс- да ёритиб беради. Қўлланма магистратура ўқув режасига киритил- ган фанлардан бўлиб, шу фан учун яратилган намунавий дастур асосида тайёрланган. Қўлланмадан магистрантлар, шу соҳа мута- хассислари ва кенг китобхонлар оммаси фойдаланиши мумкин.
-
Основы технологии работы участковых и сортировочных станций
В книге изложены вопросы взаимодействия основных элементов сортировочной станции с графиком движения поездов, дана методика выбора оптимального варианта плана формирования поездов, рассмотрена новая техника, применяемая на станциях в СССР и за рубежом. Книга рассчитана на научных и инженерно-технических работников железнодорожного транспорта.
-
Планирование эксплуатационной деятельности линейных предприятий железных дорог
В книге дано понятие о предмете и задачах дисциплины, изложены основные принципы планирования, содержание и методика разработки годовых планов эксплуатационной деятельности отделения дороги и его линейных предприятий: железнодорожных станций, локомотивных и вагонных депо, дистанций пути, дистанций сигнализации и связи, участков энергоснабжения; рассмотрен анализ производственно-хозяйственной деятельности этих предприятий. Книга предназначена в качестве учебника для студентов инженерно-экономических специальностей институтов железнодорожного транспорта и может быть использована планово-экономическими работниками железных дорог, отделений и линейных предприятий в их практической деятельности.
-
Biznes huquqi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada biznes huquqi sohasidagi huquqiy islohotlar, ularni talabalarga yetkazib berishning yangi uslublari va barcha mavzular boʻyicha namunaviy senariylar bayon qilingan. Mavzular boʻyicha nazorat savollari, glossariylar, normativ-huquqiy xujjatlar, mavzu mazmuniga oid chizmalar mazkur qoʻllanmaning tavsifli xususiyatidir.