-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Ғўза селекцияси ва уруғчилиги
Ушбу ўқув кўлланма қишлоқ хўжалик олий таълим муассасаларининг бакалавр йўналиши бўйича таълим олаётган талабаларга амалий машғулотлар ўтиш учун мўлжалланган.
-
EKOLOGIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ekologiya asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, tuproqlami muhofaza qilish va uning ifloslanishi, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosini changdan va zaharli gazlardan tozalash, 0 ‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish, chiqindilarni boshqarish va ulaming ekologik asoslari, iqtisodiyot tarmoqlarida suvda eruvchan polimeriardan foydalanish, arxitektura qurilish ekologiyasi, rekreatsiya resurslaridan foydalanish va uni takomillashtirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu o'quv qo'llanma arxitektura va qurilish sohasining bakalavriat la’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan. Undan shu sohadagi muhandis-texnik xodimlar foydalanishi mumkin.
-
Ахлоқ-одоб сабоқлари
Кенг ўқувчилар оммаси учун мўлжалланган ушбу илмий асарда мустақил Ўзбекистонимизни буюк давлатлар орасидан жой олишда, ёш авлодимизни маънавий етук шахс сифатида тарбиялашда зарур бўлган имон, эътиқод, инсонпарварлик, Ватанга меҳр-муҳаббат сингари инсоний фазилатлар — ахлоқ-одоб сабоқлари ҳақида қизиқарли ҳикоя қилинади.
-
NEFT VA GAZ QAYTA ISHLASH APPARATLARINI KORROZIYADAN SAQLASH 2 FANIDAN AMALIY MASHGʻULOTLAR ISHLARINI BAJARISH BOʻYICHA USLUBIY KOʻRSATMA
Ushbu Amaliy mashgʻulotlar uslubiy koʻrsatmasi « neft va gaz qayta ishlash apparatlarini korroziyadan saqlash 2 » fanining dasturi asosida tuzildi Fanni o’qitishdan maqsad –magistrlarda Fanning maqsadi talabalarda metallarni, jumladan neft-gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalarini korroziyadan himoyalashning printsipial shart-sharoitlar tanlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish, o’zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o’rgatish hamda fan mazmuniga kiritilgan bo’limlardan egallangan bilimlar bo’yicha, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - magistrlarga neft-gaz qazib chiqarish va qayta ishlash quriimalari va ularni korroziya va mineral tuzlar to’planishidan himoyalash usullari, passiv (izolyatsiya qoplamalari) usullarining himoya mexanizmlarini va konstruktsiyalarini, hamda elektrokimeviy himoya vositalarining parametrlarini hisob usullarini hamda materialini to’g’ri tanlashni va qo’rilmalar to’g’risida to’g’ri tushuncha va xulosa berishni o’rgatishdan iborat.
-
Одам, тўрт оёқли ҳайвонлар ва паррандалар пластик анатомияси ва уни расмда татбиқ қилиш
Дарсликда одам ва ҳайвонлар пластик анатомияси баён этилади. Китобни олий медицина маълумотига эга бўлган рассом ёзган, шунинг учун ҳам унда рассомлар учун амалий жиҳатдан қимматли деб ҳисобланган мтериалгина акс этган, холос; бу китоб шу хусусияти ва айниқса тасвирлаш методикасини анатомияга асосланиб баён қилиши билан мазкур соҳага оид бошқа қўлланмалардан афзалдир.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu o`quv qo`llanmada hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari ta`riflanadi va terminlar keltiriladi. Odam xavfsizligining (to`liq xavfsizligi, lokal xavfsizligi, shartli xavfsiz vaziyat, xavfli vaziyat): xavf, tavakkal, va favqulodda vaziyat tushunchalari shakllantirilgan. Mehnat faoliyatida va dam olishda inson yashayotgan muhitning eng qulay holatini ushlab turish hamda tabiiy va texnogen sharoitda vujudga keladigan favqulodda vaziyatlarda aholi va hududning hayotfaoliyati xavfsizligi masalalari ko`rib chiqilgan.Muhitni baholash sababi sifatida asosiy e`tibor monitoringga qaratilgan. Bu hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash uchun zarur.
-
Табиий доривор ўсимликлар
Ўқув қўлланмада Ўзбекистоннинг тоғ, тўқай ва қум-саҳро ўрмонларида табиий ҳолда учрайдиган маҳаллий хамда Республикамизга интродукция қилинган доривор дарахтбута ва ўт ўсимликларнинг биологияси, экологияси, шифобахшлик хусусиятлари ва уларнинг инсон саломатлигини сақлашдаги аҳамияти хақида маълумотлар келтирилган. Ўқув қўлланмани тайёрлашда илмий лойиҳалар доирасида ўтказилган илмий тадқиқот натижалари, доривор ўсимликларни маданийлаштириш бўйича олиб борилган илмийамалий ишларнинг натижалари, ишлаб чиқариш тажрибалари ва доривор ўсимликлардан фойдаланиш бўйича бошқа илмий-тарихий манбалар хамда интернет маълумотларидан фойдаланилган.
-
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari.
Mazkur o'quv qo'llanma magistratura talabalari uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanidan asosiy o'quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo'lib, undan boshqa iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari, xo'jalik yurituvchi subyеktlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Mikroiqtisodiyot
Ushbu darslikning asosini mualliflar tomonidan iqtisodiyot universitetida mikroiqtisodiyot fanidan o’qitilayotgan ma’ruzalar tashkil etgan. Darslikda iqtisodiyotning qo’yi pog’onasi, ya’ni bozorda to’g’ridan to’g’ri xarakat qiladigan sub’ektlaming iqtisodiy faoliyatining nazariy va amaliy tomonlari yoritilgan.
-
Ўзбекистонда толерантлик жараёни
Бугунги кунда шахслар, миллатлар ва халқлар ўртасида толерантликни шакиллантириш, ривожлантириш ва мустаҳкамлашга бўлган эҳтиёж ку чаймоқда. Зеро толерантлик - инсонлар, миллатлар, халклар ва турли диний эътиқоддаги кишиларни бир-бири билан боғлаб, улар ўртасидаги муносабатларда дустона муҳитнинг юзага келишини таъминлайди. Мазкур китобда умуминсоний қадриятлардан ҳисобланмиш толерантлик мураккаб шароитларда юзага келадиган муаммоларни бир қадар юмшатиш ва ҳал қилишнинг муҳим воситаларидан бири эканлиги ҳақида фикр юритилади. Шунингдек, ўзбек толерантлигининг ўзига хос хусусиятлари ва афзалликлари очиб берилади.
-
Информатика, Информацион технологиялар, Ишчи мутахассислиги, Электрон католог, Техника воситалари фанларидан тестлар назарий-амалий саволлар вариантлари тўплами
Ушбу қўлланма талабалар мустақил ишлашлари ва ўз билимларини текшириши учун мўлжалланган бўлиб, тест саволлари ҳамда муқобил жавоблар ўзбек ва рус тилидадир.
-
-
Amaliy tarjima
Ushbu qo'llanmada o'qituvchilar talabalar bilan ishlashda o'qitishning aktiv metodlariga suyangan holda turli soha va yo'nalishlarda amalga oshiriladigan matnlar tarjimasi yuzasidan yo'l-yo'riq va uslublarini, tarjima jarayonida uchraydigan grammatik hodisalar va muammolarni tahlil etish, ommaviy axborot vositalari (OAV) tili xususiyatlari, davriy nashrlarda xususan gazeta va jurnallardagi sarlavhalarning berilishi va ularning tarjimalarini, siyosiy matnlardagi maxsus atama va iboralarni ularga o'rgatish va bu borada malaka va ko'nikmalarini hosil qilish kabi masalalarni hal etish nazarda tutilgan.
-
Actual problems of comparative typology a manual for the master's degree students
Given manual is considered as a final part of a theoretical subject prescribed in the carriculum of Masters' training. It contains information on new achievements of the comparative typology and the analysis of new literatures of different languages and language systems.
-
Goboy uchun O`zbekiston kompozitorlari asarlari
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma musiqa sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbåkiston kompozitorlarining goboy uchun maõsus yozilgan asarlari tahlili va ularga bårilgan sharhlar, uslubiy maslahat hamda tavsiyalaridan iboratdir. Shuningdåk, kompozitorlarning ijodiy faoliyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar, goboy uchun yozilgan asarlar ro‘yõati va ijrochilik dasturini kångaytirish maqsadida musiqa asarlari kiritilgan.
-
Arxitektura tarixi
Qo‘llanma umumjahon arxitеktura tarixini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, Oliy ta‘lim muassasalari hamda barcha arxitеktura, dizayn va san‘at yo‘nalishidagi ta‘lim muassasalalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada ibtidoiy jamoa davridan boshlab barcha tarixiy davrlar arxitеkturasining shakllanish jarayoni o‘z ifodasini topgan. Qo‘llanmada mе‘morchilikning har bir davr ijtimoiy tuzimi, davlat iqtisodiyoti , o‘lka tabiiy gеografik va iqlim sharoiti hamda xalqining urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanganligi tahlil etilgan. Tarixiy davrlar arxitеkturasi ijodiy uslubi obidalar tarhi, kompozitsiyasi, tarzi va badiiy bеzagining o‘ziga xos xususiyatlari kеng yoritilgan.