-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
-
-
-
Гинекология
Китобда аёллар ж и н с и й аъэоларининг асосий касалликлари тўғрисида маълумотлар берилган. Гинекологик касалликлар этиологияси, патогенези , даволаш ва олдини олиш усуллари билан бир қаторда амалий кўникмалар, масалалар, ўргатувчи тестлар назорат саволлари ва расмлар киритилган . Ушбу дарслик тиббиёт олий ўқув юртлари 4-7 курс талабалари учун мўлжалланган. Умумий амалиёт шифокорлари, аспирантлар ва резидентлар ҳам фойдаланиши мумкин .
-
HANDBUCH FUR REISELEITER
Wir hoffen, daß dieses methodische Lehrwerk den Studenten und Interessierenden zur Vertiefung und Verfeinerung ihrer Qualifikation beiträgt, die künftig als Reiseleiter oder generell im Tourismus arbeiten. Wir freuen uns auf die Fragen und Verbesserungsvorschläge Ihrerseits
-
Радиостанции подвижной связи
Содержит основные технические сведения по радиостанциям, используемыми в системы радиосвязи с сухопутными и морским подвижными объектами различных отраслей народного хозяйства. Справочник рассчитан на широкий круг инженерно- технических работников, занимающихся разработкой и эксплуатацией этих систем.
-
Pedagogika. Psixologiya
Ilm-fan, texnika ishlab chiqarish hamda texnologiya sohalarida erishilayotgan yutuqlar uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritilayotgan ta‘lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishni taqozo etmoqda. Bu kabi o‘quv manbalarining yaratilishiga qo‘yilayotgan talablardan eng muhimi–ularning mazmunida mavjud ilmiy bilimlar o‘z ifodasini topibgina qolmay, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mohiyati ham ochib berish sanaladi.
-
Hozirgi adabiy o'zbek tili
"Hozirgi adabiy o‘zbek tili" darsligi Milliy universitet "o‘zbek filologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha chop etgan namunaviy o‘quv dasturi asosida muallif tomonidan tuzilgan ishchi dasturga amal qilib yozildi. Darslikda muallifning ko‘p yillik ilmiy−pedagogik faoliyati inobatga olingan bo‘lib, "Kirish", "Tovushlar tizimi", "Leksemalar tizimi", "Morfemalar tizimi", "Leksemashakllar tizimi", "Birikmalar tizimi", "Gapshakllar tizimi", "Frazemalar tizimi", "Alifbo. Adabiy yozish. Adabiy talaffuz" bo‘limlaridan iborat. Darslikda hozirgi adabiy o‘zbek tili hodisalari til qurilishiga tizim sifatida yondashib, o‘rni bilan munozarali yo‘sinda bayon qilindi. Yangicha talqin bilan yozilganilk darslik bo‘lgani sababli kamchilik−nuqsonlardan xoli emasligi tabiiy. Darslik sifatini yaxshilashga qaratilgan fikr−mulohazalarni muallif samimiyat bilan qabul qiladi.
-
Tilshunoslik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada tilshunoslik fani, uning yo'nalishi va bo'limlari, til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutq munosabati, tir birliklari, nutq birliklari, tilning tizim sifatidagi ichki tuzilishi, tillar tasnifi kabi masalalar yoritilgan.
-
Organik kimyo
,,Organik kimyo'' kursi zamonaviy biologik fanlarning, tabiiy birikmalarning va neftgaz sanoati ishlab chiqarishining nazariy asosidir. Organik kimyoning tezda rivojlanib borishi organik birikmalarni ajratish, tozalash va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiya jarayonlari va ularning mexanizmini oʻrganishda yangi fizik-kimyoviy usullarni qoʻllay bilishni talab etadi. Ushbu qoʻllanmada murakkab biologik tizimlar bilan shugʻullanadigan neftgaz sohasi mutaxasislari uchun muhim boʻlgan biofaol organik birikmalar toʻgʻrisida ma‘lumotlar keltirilgan. Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan boʻlib,-5321400-Neft gazkimyo sanoati texnologiyasi yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.
-
Harbiy qismlarda vatanparvarlik va ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning uslubiyoti
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada talabalarga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarning o'tkazilishi va ilmiy asoslari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning asosiy yo'nalishlari, shakl va uslublari to'g'risida keng yoritilgan.
-
Суғурта агентлари учун қўлланма
Мазкур қўлланмада суғурта агентлари фаолиятини ташкил этиш, улар томонидан юридик ва жисмоний шахсларга суғурта маҳсулотларини сотишнинг замонавий технологиялари билан боғлиқ муҳим жиҳатлар ёритилган. Шунингдек, китобда суғурта агенти томонидан суғурта шартномалари ва полисларини расмийлаштиришга оид маълумотлар қонунчилик ҳужжатлари ва амалиётга асосланган ҳолда келтирилган. Ушбу нашр суғурта агентлари учун юридик ва жисмоний шахсларга суғурта маҳсулотларини сотишда услубий ва ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилади. Қўлланма нафақат суғурта агентлари, балки суғурта бозорининг бошқа профессионал иштирокчилари учун ҳам мўлжалланган. Мазкур қўлланма БМТ Тараққиёт Дастурининг Ўзбекистонда давлат молияси ислоҳоти” лойиҳаси доирасида тайёрланди.
-
Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari
Darslikdan texnika oliy o'quv yurtlari, asosan “Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi” bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, shuningdek turdosh soha xodimlari foydalanishlari mumkin. Darslikda fanning asosiy tushunchalari, prokat ishlab chiqarish texnologiyalari, hamda prokat stanlarining ishonchliligi bo'yicha bilimlar yoritilgan.
-
Олий математика қисқа курси 1-том
Китоб олий техника ўқув юртлари учун математика курси программасига мувофик ёзилган Материал қиска баён килинишига қарамасдан, иложи борича катъий ва тушунарли қилиб ёзилган. Курснинг ҳар бир бўлимида кўплаб мисоллар келтирилган бўлиб, улар асосий назарий материалнинг мазмунини очиб беришга ёрдам беради.
-
O`rganilayotgan til nazariy aspektlari (o`rganilayotgan til tarixi)
Mazkur uslubiy qo’llanma ingliz tili tarixining eng qadimgi davridan bizning davrimizgacha mavjudligi, ingliz tili rivojlanishining sistematik mohiyatini yoritib berishga bag’ishlanadi. Til tarixini o'rganish zamonaviy ingliz tilini chuqur anglab yetishga, turli faktorlar bilan aloqadorligi, rivojlanishining murakkab jarayonining natijasi va boshqa tillar o'rtasidagi o'rnini tushunish imkoniyatini beradi. Uslubiy qo’llanma 2017-2020 yillarga mo’ljallangan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyiha doirasida tayyorlangan va oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalari, magistrlari hamda shu sohaga qiziquvchi o’quvchilar uchun mo’ljallangan.
-
Особенности применения альтернативной энергентики и современных газобаллонных систем на автомобильном транспорте
Представлены расширенные сведения о видах современных альтернативных топлив, альтернативных автомобильной энергетике и особенностях их пременения для движения автомобиля. Рассмотрены особенности схем и конструкций приборов современного газобаллонного оборудования для широко применяемых газов.
-
Beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Darslikda beton va temir-beton buyumlari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, ularni tayyorlash jarayonida issiqlik bilan ishlov berish, ushbu mahsulotlarni armaturalash, quyma temir-beton mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi haqida ma`lumotlar berilgan.
-
Кәмил инсан
Қолыңыздағы бул китап Қарақалпақстан мусылманлары қазыяты қазысы Шамсуддин Баҳауддиновтың ири көлемде жазылған мийнетлериннен бири болып, кең жәмийетшиликке арналған. Китап ғәрезсизлик дәўиримиздиң ең әҳмийетли бағдарларынан болған миллий ғәрезсизлик идеясының бири кәмил инсан ҳаққында болып, келешек жас әўладларды кәмилликке тәрбиялаўда әдеп-икрамлылық бойынша зәрүрий мағлыўматлар муқаддес Қураны кәрийм аятлары ҳәм ҳәдиси шәрийфлер тийкарында қысқаша жарытылған. Соның менен бирге перзент тәрбиясы, шаңарақ, тәлим-тәрбия, ғалабалық мәденият ҳәм оның алдын алыў киби ҳәзирги заманымыздың ең жуўапкершиликли мәселелерине бағышланған.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Ushbu oʻquv qoʻllanmaning mаqsаdi–tаlаbаlаr binоlаrni lоyihаlаsh аsоslаri vа qurish mеtоdikаsi hаmdа zilzilаviy hududlаrdа turаr–jоy vа jаmоаt vа sаnоаt binоlаrining turli хil turlаrini ishlаb chiqishdа vujudgа kеlаdigаn аsоsiy mаsаlаlаrning mе’yoriy tаlаblаri vа ulаrni lоyihаlаsh mеtоdlаri bilаn tаnishtirishdаn ibоrаt. Dаrslik zilzilаviy хududlаrdа turаr– jоy vа jаmоаt hаmdа sаnоаt binоlаrini qurishdа ishlаtilаdigаn kоnstruktiv tizim vа elеmеntlаrning tiplаshtirilgаn sеriyalаrigа аsоslаngаn mаtеriаllаrdаn tuzilgаn bo‘lib, undа g‘isht dеvоrli, yirik pаnеlli, kаrkаs pаnеlli vа hаjm blоkli binоlаrning lоyihаlаsh qоidаlаri ko‘rib chiqilgаn. Chizmаlаrdа tаsvirlаngаn mоntаj tugunlаri vа dеtаllаri tushuntirib, izоhlаb bеrilgаn. Mаzkur oʻquv qoʻllanmadаn оliy o‘quv yurtlаrining quyidаgi: 5340200–Bino va inshootlari qurilishi (Sanoat va fuqaro binolari) tа’lim yo‘nаlishi tаlаbаlаri hаmdа mаlаkа оshirish kurslаri tinglоvchilаri hаm fоydаlаnishlаri mumkin.