-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Жамоат соғлиғини сақлаш I қисм
Уқув қўлланмаси турли хил давлатлар соғлиқни сақлаш тизимининг классик ва замонавий моделини тахлил қилишни таклиф қилувчи (амонавий жамоат тиббиётига асосланган. Ушбу китоб янги жамоат тиббиёти концепцияси доирасида кенг маълумотларга ҳамда батафсил библиографияга ва тақдим этиладиган адабиётлар рўйхатига эга. Ушбу китоб тиббиёт институтлари талабаларига, соғлиқни сақлашни ташкил этувчи мутахассисларга, соғлиқни сақлашни иқтисодий таъминловчиларга ва сиёсий ҳамда жамоат арбоблари учун мўлжалланган.
-
Основы экономической теории
В данном учебном пособии раскрыто содержание понятийно-категориального аппарата курса «Основы экономической теории». Структура построена по логической тематической схеме изучения дисциплины, что позволяет студенту глубоко усвоить содержание курса, его логическую последовательность и практическую значимость законов и категорий экономической теории. Оснащен глоссарием, вопросами и заданиями для проверки уровня усвоенных теоретических знаний.
-
Suyuqlik va gaz mexanikasi
O‘quv qo‘llanma gidravlika kursiga oid dasturlar asosida tuzilgan, hamda o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni qamrab olgan: suyuqlikni qattiq jismdagi va gazlardan farqlanishi, suyuqliklarning asosiy fizik xossalari, gidrostatikaning asosiy qonuniyatlari, gidrodinamika asoslari hamda suyuqliklar kinematikasi. O‘quv qo‘llanma bakalavr – talabalarning 5580000 – Qurilish ta’lim yo‘nalishlari uchun yo‘nalishlariga mo‘ljallangan.
-
Tanlangan asarlar
Qirg‘iz xalqining mashhur farzandi Chingiz Aytmatov asarlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni bo’lmasa kerak. Yarim asrdan beri bu zahmatkash yozuvchining qalamiga mansub «Jamila», «Sarv- qomat dilbarim», «Oq kema», «Alvido, Gulsari», «Sohii yoqalab chopayotgan olapar» kabi qissalari, «Asrni qaritgan kun», «Qiyomat» romanlari butun jahonda katta shuhrat qozonib kelmoqda. Aytmatov asarlarining qahramonlari jasur, mard, halol, olijanob odamlardir. Ular hayotdagi turli illatlarga, jaholat, yovuzliklarga qarshi kurashadilar, adolat, haqiqatni qattiq turib himoya qiladilar. Ruhan boy bu qahramonlar boshidan kechirgan shiddatli voqealar tasviri har qanday kitobxon qalbini lar- zaga soladi, ularning ma’naviy yoTdoshiga aylanadi. Chingiz Aytmatovning qo'lingizdagi eng sara qissalari yosh o‘zbek kitobxonlarining eng yaqin do‘sti bo‘lib qoladi deb umid qilamiz.
-
Audit
Darslik Davlat ta'lim standartining talablariga muvofiq tayyorlangan bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub'еktlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining auditorlik tеkshiruvi uslubiyoti va usullariga bag’ishlangan. Darslik 5340900 «Buxgaltеriya hisobi va audit» yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan, shuningdеk undan 5340600 «Moliya», 5340700 «Bank ishi», 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish», 5340100 «Iqtisodiyot», 5340200 «Mеnеjmеnt», 5340300 «Markеting» yo’nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Хитойда тил вазияти ва сиёсати
Ўқув қўлланма ХХРда тил сиёсати, тил ва ёзуви ислоҳатлари; жамият ҳаётида тилнинг ўрни; марказий ҳукуматининг автоном пайонларда ўтказиб келаётган таълим ва тил сиёсати хусусиятиларини ўрганади. Ўқув қўлланма беш боб ва йигирма икки фаслни ичига олади. Қўлланмадан фойдаланиш қулай бўлиши учун фанга оид амалий машғулотлар, ўқувчилар билимини мустаҳкамлашда хизмат қидаиган мустақил ишлар, мавзу саволлари, шунингдек, қисқача атамалар луғати, ХХРнинг маъмурий тузилиши билан боғлиқ, вилоят, 55 та кам сонли миллатлар, автоном районларнинг жадваллари илова тариқасида берилди.
-
Грунтлар механикаси амалиёти
Мазкур ўқув қўлланмада табиатда кенг учрайдиган грунтларнинг физикавий механикавий хоссаларини аниқлашга ҳамда бино ва иншоотлар замини ва пойдеворлари зўриқиши, шакл ўзгариши холатларини хисоблашга оид амалий машқлар баён этилган. Шунингдек унда мухандислик амалиётига хос грунтлар механикасига оид муаммоларни хал этувчи мисоллар жамланган.
-
Tibbiyot texnikasi
Ushbu darslik «Tibbiyot tеxnikasi» fani bo’yicha namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, «Oliy hamshiralik ishi» mutaxassislari uchun mo’ljallangan. Ushbu darslikdan tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari va tibbiyot kollеjlari o’quvchilari va o’qituvchilari hamda tibbiyot elеktronikasi apparaturalarini o’rganuvchi boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Олий математикадан масалалар тўплами
«Тўпламнинг» ҳар бир параграфи охирида умумий материалнинг қарийб учдан бир қисми ҳажмида, қайтариш учун масалалар келтирилган. Уқитувчи синфда ишлаш ва уйга бериш учун ёки ёзма ишлар олдидан ўтказиладиган қайтариш учун зарур масалаларни ҳар бир параграфнинг охирида берилган масалалар ичидан танлаб олиши мумкин.
-
Irrigatsiya va melioratsiya
Ushbu o'quv qo'llanmadan "Qishloq va suv xo'jaligi", "Atrof muxit muxofazasi" bilim sohasi bo'yicha ta'lim olayotgan oliy ta'lim muassasalari talabalari, suv xo'jaligi tizimida mehnat qilayotgan mutaxassislari foydalanishlari mumkun.
-
Mexanizm va mashinalar nazariyasi
Ushbu darslik pedogogika universitetlarining "Mehnat ta`limi" va " Kasb ta`limi" ixtisosliklari dasturlari asosida yozilgan. Darslikda mexanizmlarning tuzilishi, klassifikatsiyasi, kinematikasi, kinematik va dinamik tekshirish metodlari va ularni eksperemental tekshirish metodlari va ularni eksperemental tekshirish yollari avtomobil, traktor, qishloq ho`jalik mashi-nalari, chilangarlik dastgohlari va boshqa konktret mashinalarning mexanizmlari misolida keltirilgan.
-
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
Ushbu qo`llanmada ekologiya faniga kirish, uning vazifa va maqsadlari, tarixi, umumiy ekologiya bo`limlari, muhit va ekologik omillar haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
-
Yangi temir yo`llarni loyihalash
Ushbu o`quv qo`llanmada "Temir yo`llarni qidiruv va loyihalash" fanidan yangi temir yo`llarni tadqiq qilish va loyihalash haqida ma`lumotlar berilgan: yangi temir yo`llarni tadqiq qilish va loyihalash jarayonida amalga oshiriladigan tadqiqot va loyiha ishlari: ularning tarkibi va majmui,texnologiyasi, o`ziga xos xususiyatlari:yangi temir yo`llarni bo`ylama qirqimi, tarhi, ko`ndalang qirqimlarini loyihalash: suv o`tkazuvchi inshootlarni joylashtirish va tanlash:loyihaviy yechimlarni taqqoslash uchun investitsiya hajmlari va yillik tasarruf sarf- xarajatlarini aniqlash asoslari keng yoritilgan.
-
Sotsiologiya tarixi
Ushbu o'quv qo'llanma uchun tayyorlangan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi bakalavrlarga mo'ljallangan. Sotsiologiyadagi asosiy oqimlar, maktablar nazariyalarini va ular qo'llagan uslublarni ilmiy tahlili qilishga bag'ishlangan. Qo'llanmada XIX-XX asr G'arbiy Evropa sotsiologlarning qarashlar o'zaksini topgan. Ushbu qo'llanma Sotsiologiya tarixi bo'yich Davlat ta'lim andozalariga muvofiqdir.
-
Криминалистика 2 жилд
Жиноятларни тергов қилиш услубиёти криминалистика фанининг якунловчи бўлими ҳисобланади. У қонунийлик талабларига мувофиқ ҳолда, тергов ва суриштирувни самарали ўтказиш буйича илмий тавсияларни ишлаб чиқиш мақсадида жиноятларни очиш, тергов қилиш ҳамда уларнинг олдини олишни ташкил қилиш ва амалга ошириш қонуниятларини ўрганади.
-
Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi
Ishlab chiqarish texnik soha»sida ta'lim olayotgan barcha yo’nalish bakalavriat talabalari uchun «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan «Nuqta, to`g`ri chiziq, tekislik», «Epyurni qayta qurish usullari», «Sirtlar» va muxandislik rafikasiga oid mavzularga doir mustaqil grafik topshiriq variantlari va ularni bajarishga oid metodik qo’llanma.