-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Biologik kimyo 2-qism
Darslikda oqsillar, nuklein kislotalar, karbon suvlar va yog ‘laming struktura va funksiyasi to'g'risida hamda fanga oid bir qator yangi ma ’lumotlar kiritilgan. Biokimyo fanining nazariy va amaliy tibbiyotdagi ahamiyatini e ’tiborga olib, darslikda karbon suvlar, yog'lar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvini buzishida nasliy va orttirilgan kasalliklar asoslari ко‘rib chiqilgan.
-
Суҳбат ва мулоҳазалар. Конфуций
"Суҳбат ва мулоҳазалар" китобида Конфуцийнинг ҳаёти ва ижоди, унинг ҳаёти давомида бажарган ишлари, таълимотлари баён этилган. Ушбу китоб китобсевар китобхонларга ҳавола этилади.
-
Gidravlika 1 qism
Mazkur o`quv qo`llanmada gidrostatika, suyuqliklar kinematikasi va dinamikasi asoslari, suyuqliklarning laminar va turbulent harakati, ochiq o`zanlarda (kanallarda) suyuqlik oqimining barqaror tekis va notekis harakati, suyuqlik oqimining barqaror notekis harakatining differensial tenglamasi, gidrotexnik inshootlar gidravlikasi, gidravlik sakrash, b`yeflarni tutashtirish, suv zarbini kamaytiruvchi inshootlar, oqim energiyasini so`ndirgishlar haqida batafsil ma`lumotlar, tegishli misol va masalalar atroflicha yoritilgan.
-
Ҳисоблаш математикаси ва дастурлаш
Ушбу қўлланмада ҳисоблаш техникасининг ривожланиш тарихи, ҳисоблаш машиналари ва уларнинг арифметик асослари, математик таъминоти, алгоритм ва алгоритмик тил ҳақида тушунчалар, Бейсик дастурлаш тили, ҳисоблаш математикаси элементлари баён қилинган. Бундан ташқари, материални ўзгартиришга ёрдам берадиган мисол ва масалалар келтирилган.
-
Макроэкономика
В учебнике дается системное изложение разработки механизмов государственного регулирования обеспечения постоянного экономического роста, низкого уровня инфляции, безработицы, сбалансированности платежного баланса вместе взятых. Рассматриваются закономерности функционирования фискальной и монетарной политики с точки зрения обеспечения полной занятости ресурсов.
-
Pul, kredit va banklar
Pul, kredit va banklar bo’yicha respublikamizda chop etilayotgan o’quv qo’llanma bo’lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyati tashkil etish asoslari ko’rsatib o’tilgan. Pulninig zarurligi, funktsiyalari, milliy valyutani muomalaga kiritilishi, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uni tarkibi kredit muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi to’g’risida fikr yuritilgan. Shuningdek‚ o’quv qo’llanma bir qator bank operatsiyalari‚ jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatidan hozirgi zamon talablari asosida yoritib berilgan.
-
Маънавият асослари
Ушбу “Маънавият асослари ва диншунослик” фани талабаларга ўқитишдан мақсад жамият ва инсон маънавий камолоти, жамиятнинг инсон маънавий юксалишига таъсири ва айни вақтда инсон маънавий юксаклигининг жамият тараққиётига ижобий таъсирини ўрганиш, маънавий баркамол инсоннинг асосий ҳислатларини, Марказий Осиё халқлари маънавияти ва маърифатини ўрганиш ташкил этишини, диннинг келиб чиқиши, эволюцияси, ҳозирги даврдаги ҳолати, инсоният ҳаётида тутган ўрни ҳақида умумий илмий тушунчалар беришдан иборат.
-
Ландшафт дизайни
Бу ўқув қўлланмада ландшафт дизайн тўғрисида асосий тушунчалар ва қадимги ва хозирги замон боғ-парк санъати тўғрисида қисқача тарихий тушунчалар берилган. Ўқув қўлланма"Дизайн" йўналиши талабалари учун мўлжалланган .Ландшафт дизайни -ижодий фаолияти,
-
Bibliografiya
Ushbu o`quv qo`llanmada umumiy bibliografiyaga oid nazariy va uslubiy masalalar yoritiladi. Mamalakatimizda bibliografiya tarixi, rivojlanish yo`llari, shakillanib va takominlashib borish jarayonlari, asosiy bibliografik markazlar, ularning faoliyati, bibliografik va axborot xizmati ko`rsatish usullari, turlari haqida ham ma`lumotlar berilgan. Mazkur o`quv qo`llanma madaniyat kollejlarining "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik" yo`nalshi talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Konchilikda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanidan kurs ishini bajarishga oid uslubiy ko`rsatma
Ushbu uslubiy ko`rsatmada konchilikda foydali qazilmalarni qazish yoki geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha mehnatni tashkil qilish jarayonlarini bajarishda sarf bo‘ladigan xarajatlarni me’yorlashlar asosida hisoblash, qo‘shimcha qabul qilingan variantga sarflanadigan kapital mablag‘ning qiyosiy - iqtisodiy samaradorligini hisoblash, loyihalashtirilayotgan jarayon bo‘yicha mehnat unumdorligini aniqlash boshqa hisoblashlar bo‘yicha yo‘nalishlar berilgan.
-
ОСНОВЫ ТЕОРИИ АНАЛИТИЧЕСКИХ ФУНКЦИЙ КОМПЛЕКСНОГО ПЕРЕМЕННОГО
В книге дается сжатое изложение элементов теории аналитических функций как одного, так и нескольких переменных. Она может быть полезной для студентов, механико-математических факультетов, а также для лиц, которые, не будучи специалистами по теории функций, интересуются этим разделом математики.
-
Maktabgacha ta`lim metodologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari magistraturaning malakaviy talablari asosida va « Maktabgacha ta`lim metodologiyasi » kursining namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda yaratildi. Unda ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan.
-
Композиция
Мазкур ўқув қўлланма тасвирий санъатнинг асосий негизи ҳисобланган, композиция фанини ўрганишнинг мақсад ва вазифалари, методик услублари, вазифаларини назарий ва амалий бажариш ҳақида маълумот беради. Ўқув қўлланма олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган, қўлланмадан касб ҳунар коллежи ўқувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Bank ishi
ushbu darslikda O'zbekistonda banklar faoliyatini tashkil qilish, tartibga solish va uning hozirgi holati haqida batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, bank tizimi, tijorat banklarining asosiy operatsiyalari nazariy va amaliy materiallar orqali yoritib berilgan.
-
Inovatsion menejment
Ushbu darslik "Menejment" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljalangan bo'lib, unda innovatsion menejmentning nazariy asoslari ko'rib chiqilgan, yangi ko'rinishdagi tashkilotlarda integratsiya va innovatsiya jarayonlari,korxonada innovatsion menejmentni tashkil etish, ish lab chiqarish korxonasining innovatsion strategiyasini shakllantirish hamda yangiliklar va innovatsiyalar portfellarini shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, korxonada personalni innovatsion boshqarish masalasi o'rganildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan innovatsion faoliyatini tartibga solishning ustuvor va istiqbolli funksiyalari ko'rib chiqilgan.
-
Ўзбек тилининг кирилл ва лотин алифболаридаги имло луғати: 14 мингдан ортиқ сўз
Ушбу луғат кирилча ва лотинча ўзбек алифболарида тузилган бўлиб, айни бир сўз ҳар икки ёзув шаклида ёнма-ён берилди. Луғат кирилча-лотинча ўзбек ёзуви тамойилларида тузилганлиги сабабли, сўзлар ўзбек кирилл алифбоси тартибида ифода этилди. Луғатдаги сўзларнинг муайян қисмини фанний-техникавий терминлар ташкил этади. Айниқса, мустақилликка эришганимиздан кейинги даврда тилимизга кириб келган бу соҳаларга оид кўплаб янги сўз-терминлар луғатдан жой олди.