-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Inson rеsurslari iqtisodiyoti
O`quv qo`llanmada «Inson rеsurslari iqtisodiyoti» fani bilan bog`liq nazariy va amaliy masalalarning mohiyati ochib bеrilib, inson rеsurslari to`g`risida tushuncha, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, ishlab chiqarish tizimida inson rеsurslarining tutgan o`rni, inson rеsurslarining shakllanishi omillari, dеmografik jarayonlar va ularning rеspublikamizdagi o`ziga xos xususiyatlari, inson rеsurslarining xududiy joylashuvi, inson rеsurslarining sifat va miqdor ko`rsatkichlari tahlili, migratsiya jarayonlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'siri, mеhnat jamoalarida inson rеsurslari faoliyatining mazmuni va ularni korxona miqyosida tahlil etish, inson rеsurslarining malakasini oshirish kabi muammolar kеng yoritilgan. Ba'zi masalalarni yoritishda O`zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotini erkinlashtirish davridagi o`ziga xos xususiyatlarni va xorijiy davlatlar tajribalarini e'tiborga olgan xolda bayon etishga xarakat qilingan
-
Иншоотлар динамикаси ва зилзилабардошлиги асослари
Қўлланмада зилзилаларнинг пайдо бўлиш сабаблари, зилзила кучи ва энергияси, геологик ва гидрогеологик шароитнинг сейсмик интенсивликка таъсири, зилзилаларни прогноз (башорат) қилиш усуллари, қурилиш материали ва конструксияларнинг динамик характеристикалари, сейсмик кучларни аниқлаш, сейсмик мустаҳкам биноларни лойиҳалашнинг умумий қоидалари каби мавзулар баён этилган. Булардан ташқари қўлланмага меъморий обидалар қурилишида зилзилабардошлик масалалари, ер ости портлашларининг сейсмик таъсирини баҳолаш ва биноларни сейсмик ҳимоя қилиш қурилмалари мавзулари киритилган.
-
Harakatning turg'unlik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada harakat turg'unlik nazariyasining umumiy tushunchalari va ta'riflari, statsionar harakatlar uchun Lyapunovning ikkinchi usuli, konservativ sistemalar muvopzanat holati va statsionar harakatlarning turg'unligi, statsionar harakatlar uchun yaqinlashish usuli bo'yicha turg'unlik kriteriylar bayon qilingan.
-
Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari
O'quv qo'llanma yuqoridagi bakalavr yo'nalishlar talabalariga, avtotransport, yo'l xo'jaligi va O'zR IIV YHXB mutaxassislariga, shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanadigan boshqa tashkilot va korxona mutaxassislariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Farmakologiya
Farmakologiya tibbiyot fanlari orasida asosiylaridan biri hisoblanadi, chunki tibbiyotning hamma yo'nalishlarida kasallikning oldini olish va bemorlarni davolashda dori vositalaridan foydalaniladi. Ularning ta’sir etishini o'rganish farmakologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
-
Falsafa
Mazkur darslik o'z ichiga falsafa fanining bahs mavzusi, obyekti, predmeti, qonunlari, o'rganish usullari, dunyoqarash va uning tarixiy shakllari, mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish zaruriyati, falsafiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari berilgan.
-
Dvigatellar va avtomobil nazariyasi 2 qism
Ushbu darslikning birinchi qismida ishki yonuv dvigatellarida sodir bo'ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish sikli, quvvati va yonilg'ining kam sarflanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan; yonilg‘i va uning kimyoviy reaksiyalari bayon etilgan. Karbyuratorli dvigatellarda yonilg'i va havo aralashtirish apparatining ishlash printsipi, dizellarda yonilg'i berish apparatlarining ishlashi hamda yonuvchi aralashma hosil qiiish jarayonlari ko'rib chiqiigan. Dvigatellarni sinash va ularning xarakteristikalari keltirilgan. Darslikning ikkinchi qismida avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi, shuningdek ekspluatatsion xususiyatlarning ko'rsatkichlarini hisoblash bo'yicha namunaviy masalalami yechish yo'llari va topshiriq masalalar keltirilgan. Ularning javoblari kitobning oxirida.
-
Chizmachilik darslarida Autocad dasturi yordamida chizmalarni bajarish
DTSda umumiy o‘rta ta’lim maktablari chizmachiiik faniga kompyuter grafikasi uchun uch soatlik yukiama ajratiigan. Qo'llanmada AutoCAD dasturining grafik buyruqlari va imkoniyatlarini to‘laroq o‘rgatish maqsadida mustaqil ta’lim va to‘garak darslarida ham foydalanishni ko‘zda tutib to‘qqizta dars keltirilgan. Ularda har bir dars mavzusining rejasi, maqsadi, asosiy qismi, tayanch iboralari va nazorat savollari batafsil ishlab chiqilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o'quvchilarning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun bitta graflk ish hamda shaxsiy vazifa variantlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, unda o'qituvchilarga va iqtidorli talabalarga mo'ljallangan qattiq jismlarning uch o'Ichamli tasvirlarini AutoCAD dasturidan foydalanib yasashga misollar keltirilgan. Hamda qo'llanmaga ilova qilingan CD diskdagi AutoCAD-2007 dasturini o'rnatish va sozlash bo‘yicha amaliy ko'rsatmalar berilgan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
0 ‘quv qo‘llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qam rab olgan. Shuningdek, unda 0‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jam iyati, dem okratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o ‘z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jam iyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.
-
Chizma geometriya va kompyuter grafikasi
O'quv qo'llanma "Chizma geometrya" nazariyasi bilan "Kompyuter grafikasi" amaliyoti birgalikda aks ettirilgan ilk o'quv qo'llanma sifatida taqdim etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma barcha oily va o'rta maxsus o'quv yurtlarining texnika mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Institut o'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
-
Хоразм мақомлари VI том
Хоразм энг қадимги маданий марказлардан бири бўлиб, жаҳон маданиятининг ривожланишига жуда катта таъсир кўрсатган. Ўрта Осиё халқларининг тарихида Хоразм маданияти кўп маданияти кўп жиҳатдан ҳал қилувчи аҳамиятга эга бўдган дейиш мумкин. Академик С.П. Толстов олиб борган текширишлардан маълум бўлишича, Хоразмда жуда қадим замонлардаёқ юксак даражада тараққий қилган, ўзига хос маданияти бўлган. Мақомлар Хоразм музикасининг машҳур ёдгорликлари ҳисобланади. Бухоро шашмақомлари сингари оразм мақомлари ҳам бундан кўп асрлар бурун вужудга келган.
-
Гарб фалсафаси
Уш бу китоб шу соҳадаги илк тажрибалардан биридир. Унда учрайдиган айрнм камчиликларни тузатиш ва тўпламни янада таком иллаш тириб, қайта чоп этишда ё'рдам берадиган фикр ва мулоҳазаларингизни қуйидаш манзилга юбориш ингизни сўраймиз.
-
Маданиятшунослик
Тақдим этилаётган китоб - Маданиятигунослик фани бўйича тайёрланган дастлабки қулланма. Унинг таркиби, масалаларни қўйилиши ва ёритилиш услуби юзасидан таклиф мулоҳазалар бўлиши шубҳасиз. Муаллифлар биддирилган тавсия, тяклифларни миннатдорчилик билан қэбул қиладилар.
-
Умумий социология
Ушбу дарсликнинг муаллифлари М. Улуғбек номидаги ТошДУ cоциология кафедрасининг профессор-ўқитувчилари бўлиб, улар cоциологиядан университетнинг социология бўлимида ва бошқа факультетларда маърузалар ўқийдилар.
-
Автоматлаштириш асбоблари ва тизимларини монтаж қилиш
Китобда автоматик ростлаш ва масофадан бошқариш назорат асбоблари ва аппаратурасининг тузилиши ва ишлаши тўгрисида маълумотлар келтирилган.Монтажни ташкил етиш масалалари ва пультлар, монтаж буюмларининг саноатда тайёрланиши, електр симлари ва кабеллар тайёрлаб қўйиш, монтаж буюмлари ва загатовкаларни бутлаб, контейнерларда етказиб бериш, обьекларда иш ўринларини ташкил етиш батафсил кўриб чиқилган.
-
Latexga kirish
O'quv qo'llanma LaTeX paketidagi maket xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Har bir mavzu zarur nazariy, ko'plab misollar va rasmlarni o'z ichiga oladi. LaTeX bilan tajribani shakllantirish uchun nazariy material amaliy vazifalar bilan birga keladi.