-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Мен сиздан сабоқ олдим
Адиб ушбу рисолада ўзи яхши кўрган, яхши билган адибларга бўлган меҳри, муҳаббати, муносабатини бадиий нутқнинг эпистоляр шаклида-мактублар орқали изҳор этишга уринган.
-
Ўзбек нутқ маданияти
Мазкур қўлланма техника олий ўқув юртларининг "Касбий таълим" кафедралари, шунингдек, университет ва педогогика олий касб таълими факультетлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда талабалар Ўзбек нутқ маданияти фанидан касб таълимига оид билимларни эгаллашлари лозим бўлган малака ва кўникмалар минимуми белгилаб берилган.
-
Umumiy pedagogika (Tarbiya nazariyasi)
Mazkur o’quv qo’llanmada pedagogika fani tarkibiy qismi-tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning o’ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, ta’lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari) xususida so’z yuritiladi.
-
Әмелий информатиканыӊ тийкарлары
Бул оқыўлық қолланбада IBM PC жеке компьютериниӊ мысалында ҳәзирги заманғы информациялық технологияныӊ тийкарғы информацмялық технологияныӊ тийкарлары баянланады. Китапта MS DOS, WINDOWS операциялық системаларыныӊ, MS WORD, MS ACCESS, MS EXCEL ҳәм Adobe Illustrator бағдарламаларыныӊ қолланыўларын баянлаў орайлық орынды ийелейди. Оныӊ айырым бөлимлери MS DOS орталығында компьютерде жумыс ислеў усылына (NORTON COMMANDER), компьютерлик технологияныӊ ҳәзирги заманғы ҳәм келешектеги раўажлаыў бағдарларына арналған (INTERNET, E-mail).
-
O`zbekiston tarixi 1-kitob
Oliy o'quv yurtlari tarix yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu « 0‘zbekiston tarixi» darsligining 1 kitobi eng qadimgi davrlardan boshlab XIV asrning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olgan. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume'tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.
-
Туғишганлар
Ушбу китобга қрим-татар ёзувчиси Черкез Алининг турли йилларда ёзилган қисса ва ҳикоялари жамланган. Бу асарларда кўпроқ ерларни ўзлаштираётган навқирон йигит-қизларнинг фидокорона меҳнати ва уларнинг самимий муҳаббати ҳикоя қилинади.
-
Hazm tizimi kasalliklari
Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot instituti 3,4,5 kurs davolash, tibbiy pedagogika va 3-4 kurs pediatriya fakul`teti talabalari va klinik ordinatorlari, magistrlari foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lib, ichki kasalliklar tibbiyotining muhim yo'nalishi gastroenterologik kasalliklar qizilo’ngach, oshqozon, ingichka va yo’g’on ichak, jigar va o’t yo’llari kasallillari, oshqozon osti bezi kasalliklarini o'z ichiga qamrab olgan.
-
Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари биокимёси
Қўлланмада ғалла, дон-дуккакли, мойли, илдизмева, ем-хшак, сабзавот ва полиз экинлари, ҳўл ва резавор мевалар, картошка маҳсулотлари ҳамда сут ва сут маҳсулотлари биокимёси бўйича сўнги замонавий маълумотлар келтирилган бўлиб, бунда қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари асосий биокимёвий моддаларининг таркиби, биологик қиймати, маҳсулотларни сақлаш ва қайта ишлаш жараёнидаги ўзгаришларга алоҳида эътибор қаратилган.
-
Орал хирургия асослари
Ушбу қўлланма оғиз бўшлиғи жарроҳлари учун ёзилган. Унда оғиз бўшлиғи жарроҳлигини стоматологик муассасаларда ташкил қилиш, хирургик аралашувга муҳтож стоматологик беморларни текшириш, стоматологик аралашувларда оғриқсизлантириш, тиш олиш билан боғлиқ маълумотлар келтирилган.
-
Matematikadan qo`llanma. 1-qism
Mazkur qo'llanma О'zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasdiqlagan dasturlar asosida yozilgan bo‘lib, akademik, litsey, kasb-hunar kollejlari о‘quvchilari uchun mo'Ijallangan. Qo‘llanma matematika fani bo‘yicha о‘quv dasturidagi asosiy materiallarni о‘z ichiga oladi. Unda keltirilgan matematik tushunchalar, ta’riflar, qoidalar va teoremalar, masala-misollarni yechish namunalari bilan sodda va ravon tilda bayon qilingan, har bir bobda mustaqil yechish uchun testlar keltirilgan.
-
Меҳнатни илмий ташкил этиш
Олий ўқув юртларида тайёрланаётган иқтисодий йўналишлар ва мутахассисликлар меҳнат ресурсларидан фойдаланиш йиллари ва усулларини, улардан самарали фойдаланишнинг асосий йўналишларини, меҳнат унумдорлигини орттиришга олиб борадиган меҳнатни илмий ташкил этиш қонун-қоидаларини, усул ва воситаларини пухта билишлари лозим. Ушбу дарслик олий ўқув юртларида иқтисодий йўналишларда таҳсил олаётган талабалар, магистрантлар, аспрантлар, илмий ходимлар, учун мўлжалланган.
-
Кичик бизнес ва тадбиркорлик
Ушбу ўқув қўлланмада кичик бизнес ва тадбиркорликнинг моҳияти, иқтисодиётда тутган ўрни, тадбиркорликнинг турлари ва шакллари, хорижий мамлакатларда ҳамда Ўзбекистонда кичик бизнес ва тадбиркорликнинг ривожланиши, кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятини ташкил этиш, режалаштириш, таҳлил этиш, бошқариш, кичик бизнес ва тадбиркорлик субъектларига хизмат курсатувчи бозор инфратузилмалари, кичик бизнес ва тадбикорлик субъектларининг молиявий фаолияти, кредит билан таъминлаш шакллари, кичик бизнес ва тадбиркорлик субъектларининг экспорт салоҳиятини баҳолаш, Ўзбекистонда кичик бизнес ва тадбиркорликни ривожлантириш истиқболлари баён этилган. Мазкур ўқув қўлланма "Баркамол авлод йили" давлат дастури доирасида Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг хомийлигида нашр қилинди.
-
San’at, arxitektura va shaharsozlik tarixi (XX asr — XXI asr boshi)
Darslikda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik: shaharlarning qayta tiklanishi, turar-joy va jamoat binolari, arxitektura yodgorliklari va arxitekturaviy majmualar, muhandislik inshootlarining shakllanishi va tarixi yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bunyodkorlik arxitekturasining ilg'or yo'nalishlariga alohida e’tibor berilgan.
-
Xalq pedagogikasi
Mazkur darslik 5110900 – pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda xalq pedagogikasining nazariy asoslari, o‘zbek xalqining milliy, ma’rifiy, ma’naviy va madaniy meroslarining barkamol shaxsni tarbiyalashda tutgan o‘rni va ahamiyati, bo‘lg‘usi pedagog kadrlarni ta’lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi manbalaridan o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq samarali foydalanish, didaktik imkoniyatlarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga tadbiq etish yo‘llari yoritilgan.
-
Qon va qon komponentlari transfuziyasi. Qon o’rnini bosuvchi eritmalar
Mazkur qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlarining magistratura, klinik ordinatura va internatura rezidentlari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanmada qon va uning tarkibiy qismlarini fiziologiyasi, qon quyish tarixi, qon guruhlari va ularni aniqlash usullari, qon va qon komponentlarini quyish, posttransfusion asoratlar, qon o’rnini bosuvchi eritmalar, plazmaferezni tibbiy amaliyotda qo’llanilishi, donorlik va uning turlari, qon va qon komponentlarini quyishga mutloq va nisbiy ko’rsatmalarni asoslash, qon quyishda individual va rezus omillarni mosligini aniqlash usullari keltirilgan. Uslubiy qo’llanmada posttransfuzion asoratlarni intensive davolash choralari, shuningdek qon tarkibiy qismlarini alohida qo’llash ustunligi ko’rsatilgan. O’quv qo’llanma mavzularni o’zlashtirishga yordam beruvchi namunaviy testlar, vaziyatli masalalar bilan boyitilgan.
-
Chizmachilik (Geometrik va proyeksion chizmachilik)
Mazkur "Chizmachilik" nomli o'quv qo'llanmada Chizmachilik fanining Markaziy Osiyoda, xususan, 0'zbekistonda rivojlanishi tarixi, geometrik chizmachilik va proyeksion chizmachilik bo'limida o‘qitiladigan shriftlar, tutashmalar, sirkul va lekalo egri chiziqlari, qiyalik va konuslik, ko‘rinishlar, qirqim va kesimlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasm, sirtlarning o‘zaro kesishuvi va boshqa mavzularga tegishli ma’lumotlar, savolnomalar, fanga oid izohli lug’at va talabalar o‘z bilimlarini aniqlashga mo'ljallangan test savollari hamda talabalar mustaqil grafik ish bajarishlari uchun topshiriqlar to'plamini o‘z ichiga olgan