-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalqaro tijorat ishi
Xalqaro tijorat ishi fanidan tayyorlangan o`quv qo`llanma marketing soxalari bo`yicha mutaxassisliklarida ta`lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishi va xalqaro tijorat ishining rivojlanishi davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir.
-
Hamid Ziyoyevning ilmiy-pedagogik faoliyati (1946-2003)
Taniqli olim, mehribon ustoz va ma’rifatparvar inson Hamid Ziyoyev qariyib oltmish yildirki butun kuch-g‘ayrati, bilimi va tajribasini ayamay fan olamida xizmat qilib kelmoqda. O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori. professor, Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis Hamid Ziyoyev 1946 yildan to shu kungacha O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida uzluksiz ishlab kelayotgan ijodi serunum va zabardast tarixchilarimizdandir.
-
Jahon tarixi
«Jahon tarixi» fanining mazkur qismi bo„yicha maxsus adabiyotlar yoki o'quv qo'lanmalar mavjud bo'lmaganligi sababli ushbu o'quv qo'llanma Osiyo va Afrikaning o'rta asrlardagi davlatlari, ulardagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan bog'liq masalalarni chuqurroq o'zlashtirishda oliy o'quv yurtlari tarixchi talabalariga amaliy ko'mak berishi mumkin.
-
Dorivor o`simliklarni yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg`ulotlar
Mazkur o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 13 noyabrdagi 5411100 - 14 raqami bilan tasdiqlangan o`quv reja hamda BD 5411100 4.02 raqami bilan tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo`lib, 5411100 "Dorivor o`simliklarni yetishtirish texnologiyasi " ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Саноат иқтисодиёти
Дарсликда «Саноат иқтисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари, халқ хўжалигининг энг муҳим, етакчи тармоғи бўлган саноатнинг миллий иқтисодиётдаги роли, ўрни ва аҳамияти, таркибий муаммолар, бошқариш ва режалаштиришнинг илмий асослари, фан-техника тараққиёти, кадрлар ва меҳнатга ҳақ тўлаш, асосий ва айланма фондлар, маҳсулот сифати ва рақобатбардошлик, қиймат ва таннарх, фойда ва рентабеллик ҳамда баҳо масалалари ёритилган. Унда шунингдек, услубий масалалар ва саноат соҳасида юз берадиган иқтисодий жараёнларнинг моҳиятини очиб беришга алоҳида эътибор қаратилган. Дарсликда Президентимиз И.Каримовнинг “Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” номли асарининг асосий мазмунидан келиб чиқадиган вазифалар ҳам баён этилган. Дарслик олий ўқув юртларининг иқтисодиёт соҳаси бўйича таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган.
-
O'zbek xalq maqollari
Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql - farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bami-soli bir oynasidir.
-
Mulk Huquqi
Mazkur darslik darslikning avvalgi avlodidan ham shaklan, ham mazmunan farq qilib, u bugungi kun talablaridan kelib chiqib yaratildi. Muqaddam yaratilgan darslik bugungi davr ruhidan kelib chiqib, bir qadar yoritildi.
-
Чорвачилик асослари
Дарсликнинг биринчи ва иккинчи нашрининг бир-биридан асосий фарқи ва сўнгги нашрининг айрим афзалликлари шундаки, бунда фақатгина назарий маълумотлар билан чекланиб қолмасдан, ўқувчиларга яхши тушунарли бўлиши учун бир вақтнинг ўзида ҳар бир боб сўнггида бир ёки бир неча «Лаборатория иши» ва «Амалий машғулотлар» мавзу ва матни берилган. Жами 10 та «Амалий машғулот» ва 13 та «Лаборатория иши» берилган. Дарсликнинг 2-нашрини яна бир афзаллиги шундан иборатки, биринчи нашрида бўлмаган айрим тармоқлар («Ондатрачилик», «Нутриячилик», «Норкачилик», «Асаларичилик», «Кўл балиқчилиги», «Беданачилик» кабилар) баён этилган. Шунингдек, «Чорвачиликни ривожлантириш йўлига ўтказиш», «Меҳнат унумдорлигини ошириш тадбирлари» ҳам бир мунча қисқартирилган ҳолда 2-нашридан ўрин олган. Шу билан бирга, янги ўқув дастурида бўлмаган айрим бўлим ва боблар олиб ташланди. Жумладан, «Зоогигиена», «Ветеринария», «Чорвачиликнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш тадбирлари», «Чорвачилик тармоқларини саноат негизи асосида ривожлантириш» каби боблар бунга мисол бўлаолади.
-
Сабзавот, полиз ва картошка маҳсулотларини сақлаш
Йил бўйи аҳолини сабзавот ва картошка билан узлуксиз таъминлаб туриш катта аҳамиятга эга. Бунинг учун сабзавот- полиз ва картошка маҳсулотларни йил давомида сифатли сақ- лаш лозимдир. Мазкур китобда сабзавотчиликнинг муҳим бир бўлими бўл- ган маҳсулотларни ташиш, сақлаш, қайта ишлаш тажрибалари ҳам ёритилган. Китоб сабзавотчилик давлат ва жамоа хужаликларининг му- тахассислари, фермерлар, тайёрлов идоралари ходимларига мўл- жалланган. Ундан қишлоқ хўжалиги ўрта ва олий ўқув юртлари талабалари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
Darslikda qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo’lgan iqtisodiy fikr, g’oya, qarash va ta'limotlarning mazmuni, mohiyati, ularning evolyutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yoritilgan. Avvalgi yillari hukmronlik qilgan sinfiylik, partiyaviylik tamoyillaridan xoli holda, har bir ta'limotning mohiyatiga obyektiv baho berishga harakat qilingan.
-
Эрон фолкьлори
Мазкур ўқув қўлланма фольклоршунос ва этнограф олимлар, халқ оғзаки бадиий ижоди бўйича тадқиқотлар олиб бораётган тадқиқотчилар, шарқшунослик институи магистр талабалари ҳамда шарқ халқларининг номоддий мероси дурдоналари билан қизиқувчи китобхонларга мўлжалланган. Ушбу ўқув қўлланмада эрон фольклорининг турли жанрлари тадқиқи акс этган бўлиб, унинг ўзбек фольклори билан қиёсий таҳлили, тарихий асослари хусусида сўз юритилади.
-
Umumiy pedagogika
Mazkur o'quv qo‘llanma umumiy pedagogika fani mazmuniga bag'ishlangan bo‘lib, oliy o'quv yurdarming umumiy pedagogika dasturida ko'zda tutilgan talablar asosida tuzilgan. Kitobda jahon pedagogika fanlari sohasida qo'lga kiritilgan so'nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorij pedagog olimlarining qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga moslashtirilgan holda foydalanilgan. O'quv qo'llanmada umumiy pedagogika fanining mazmim-mohiyati, pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, didaktika-ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayonlari, O'zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi, uzluksiz ta’lim tuzilishi, ta’lim tizimidagi modemizatsiya jarayonlari, ta’lim tizimi menejmenti, boshqaruv organlari huquq va vakolatlari, rahbar shaxsi va unga qo'yiladigan talablar, kompetentsiya, kompetentlik, pedagogik kompetentsiya, pedagogik mahorat, pedagogik diagnostika va korreksion pedagogika asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchilar, ta’lim usullari, shakllari, vositalari, pedagogik jarayon ishtirokchilari, dars, dars turlari va darslami to'g'ri tashkillashtirish qcmun-qoidalari va qonuniyatlari, elektron pedagogika asoslari kabi masalalar o'z ifodasini topgan.
-
Umumiy va bioorganik kimyodan amaliy mashgulotlar
Darslikda bioorganik kimyoning eng muhim nazariy masalalari, reaksiyalar mexanizmi biomanbalar asosida tahlil etilgan, keltirilgan reaksiyalar mexanizmi haqidagi bilim va ko‘nikmalar kelgusida to ‘g‘ridanto ‘g‘ri biokimyoviy jarayonlarni izohlash uchun xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlarning aksariyat qismi klinik laboratoriyalarda hozir qo'llanilayotgan yoki qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tahlil usullari hisoblanadi. Ushbu darslik, ilk bor o'zbek tilida chop etilayotganligi sababli, kamchiliklardan xoli emas. Shu boisdan ilmiylik va xolislikka asoslangan holda kam chiliklarni ko'rsatib, fikr-mulohazalarini bildirgan mutaxassis kitobxonlarga tashakkur aytamiz.
-
Fortepiano o'qitish metodikasi
Ushbu o'quv qo'llanma o'quv yurtlari hamda madaniyat va san`at muassasalari musiqa fakultetlarining pedagogik va konsert repertuarlariga tegishli bo’lgan xarakter va janrlari bo’yicha turli fortepiano asarlari asosida tuzilgan. Izohlarda bastakor, uning ijodi, shuningdek ushbu fortepiano asarlarini musiqiy tahlili to’g’risida ma`lumotlar berilgan.
-
Справочник по авиационно-химическим работам в сельском хозяйстве
В книге дается систематизированное изложение справочных и расчетных нормативов продолжительности полета и производительности самолетов и вертолетов в летный час, рабочий день и сезон при средних условиях работ. Книга рассчитана на летный и инженерно-технический состав сельскохозяйственной авиации.
-
Оператив жарроҳлик
Ушбу укув кулланмаси оператив жаррохлик буйича кундалик дастурга асосан замонавий талаблар ва тиббиёт фани ютукларини хисобга олган холда тузилган.Кулланма кириш кисми ва 12 бобдан иборат булиб, унда оператив жаррохлик тугрисидаги умумий саволлар (огрикеизлантириш, кон кетишини тухтатиш, жарохатни тозалаш ва бошкалар), оператив жаррохликнинг турли булимлари буйича асосий оператив усуллар техникаси баён этилган. Бундан ташкари, жаррохлик сохасида’ ультратовуш, лазер, ёпиштирувчи моддаларнинг асосий кулланилиш коидалари таърифлаб берилган.