-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (ХХ асрнинг 20-80 йиллари мисолида)
Ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистон тарихи соҳасида илмий тадқиқот олиб бораётган мутахассислар, олий ва ўрта махсус таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари томонидан олиб борилаётган маъруза ва амалий машғулотларда, хотин-қизлар ҳаракати тарихидан махсус курслар ташкил этиш жараёнида, ёшларни юксак маънавиятли, миллий ўзлигини англаш руҳида, баркамол шахслар этиб тарбиялашда назарий ва амалий аҳамият касб этади
-
Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик
Қўлингиздаги китоб Туркистон тарихининг ХХ аср бошлаган энг муҳим ҳодисаларидан бири ҳисобланмиш жадидчилик ҳаракати билан таништириш борасидаги навбатдаги қадамлардандир.
-
Маркетинг
Ўқув қўлланмада маркетингнинг назарий асослари, уни ташкил этиш тизими, режалаштириш, бозорни тадқиқ этиш, маркетингда товарлар, нарх, реклама сиёсатлари, маркетингни такомиллаштиришнинг асосий йўналишлари ва унинг бошқа муаммолари ёритилган.
-
Иқтисодий география ва экология
Ушбу ўқув қўлланмада иқтисодий ва ижтимоий географиянинг моҳияти, асосий жараёнлари, ривожланиш қонуниятлари, дунё сиёсий картаси, аҳолиси ва меҳнат ресурслари, жаҳон хўжалигининг табиий ресурслар салоҳияти, ривожланиш босҳичлари, иқтисодий салоҳиятининг асосий таркиби ҳамда мустақил Ўзбекистоннинг халқаро ҳамжамиятда тутган ўрни, жаҳон иқтисодиётига интеграциялашув масалалари ёритилган.
-
Matematikaning stoxastika yo'nalishi elementlari
Ushbu o'quv qo'llanma akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tasdiqlangan matematika fani o'quv dasturlari asosida yozilgan. Qo„l-lanma 4 ta bob, 15 ta paragraf, 38 ta banddan iborat bo'lib, u matematikaning stoxastika yo'nalishi elementlaridan kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo'limlari bo'yicha asosiy materiallarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, unda bu bo'limlar bo'yicha nazariy ma'lumotlar va ularga doir misollar yechib ko'rsatilgan. Har bir paragraf va bandlarning oxirida nazorat topshiriqlari, mustaqil yechish uchun misollar keltirilgan. Ushbu o'quv qo'llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda matematika o'qituvchilari, oliy o'quv yurtlarining fizika-matematika, iqtisodiyot fakulteti talabalari ham foydalanishi mumkin.
-
Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish asoslari
Ushbu darslik mualliflarning bir necha yillar davomida turli ta’lim yo‘nalishlarida bilim oluvchi talabalarga ekologiya fanidan dars berish jarayonlarida to‘plagan materiallari asosida tayyorlandi.Uni yozish davomida respublikamizda chop etilgan ekologiyaga doir barcha darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan, shuningdek, chet el adabiyotlaridan keng foydalanildi. Darslikda ekologiyaning barcha tarmoqlarini qisqacha yoritishga, talabalar maxsus ekologiyani to‘la tushunib olishlari uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslarini yoritib berishga harakat qilingan
-
Matematikadan misol va masalalar to'plami
Mazkur o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Matematika” o'quv dasturining to'plamlar, haqiqiy sonlar va kompleks sonlar, chiziqli algebra elementlari, vektorlar algebrasi, tekislikda analitik geometriya, matematik analizga kirish, funksiyani hosila yordamida to'la tekshirish, ko'p argumentli funksiya bo'limlariga muvofiq yozilgan bo'lib, bakalavriyat talabalari uchun mo`ljallangan. Unda qisqacha nazariy ma'lumotlar bilan birga, amaliy mashg'ulotlar va topshiriqlar berilgan.
-
Matematika o'qitish maxsus metodikasi
Mazkur о'quv qо'llanma kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus maktablarida matematika darslarini yangi dasturlar talabiga muvofiqlashtirilgan holatda olib borish maqsadida yaratildi. Undan mazkur turdagi maktablarda boshlang'ich matematik tushunchalarni tanishtiruvchi amaliy usullar, metodikalar, birinchi о'nlik sonlarni tanishtirish, ming soni ichida kо'paytirish va bо'lish amallarini bajarish, geometrik materiallar, о'quvchilarning nutqini rivojlantirish kabi mavzular joy olgan.
-
Analitik geometriyadan masalalar to'plami
Analitik geometriya fani bakalavriatining matematika, mexanika, amaliy matematika va fizika yo’nalishlarida o'qitiladi. Ushbu tarjima qilingan o'quv qo’llanma analitik geometriya fanidan mashq va masalalar to'plamlari ichida mukammal va ko’p yillar davomida sinovdan o'tgan bo’lib, u bir necha marta rus tilida nashr etilgan. Bu qo'llanma mazmuni bo'yicha ham bizning Davlat ta'lim standartlarimizga mos keladi. Ayniqsa, har bir bobning boshida shu bobning mashq va masalalarini yechish uchun keltirilgan nazariy ma’lumotlar, hamda javoblardagi ko’rsatmalar talabalar uchun ancha qulaylik tug’diradi. Ushbu o'quv qo’llanma tarjimasi haqidagi fikr va mulohazalaringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
-
Geografiya o'qitish metodikasi
Uslubiy qo’llama besh qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida geografiya ta’limining maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, ilmiy tatqiqot ishlari bayon etilgan. Ikkinchi qismida o’qitish metodlari haqida tushuncha va ularni tanlash tamoillari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda o’qitishning og’zaki metodlariga e’tibor qaratilgan
-
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika
Darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Matematika va informatika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika” fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Unda fan bo‘limlari bo‘yicha nazariy ma’lumot va ularga doir misollar yechib ko‘rsatilgan. Bob oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar berilgan, hamda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun test topshiriqlari berilgan. Mazkur darslikdan matematika va informatika, meхanika, fizika va astronomiya hamda iqtisodiyot yo‘nalishlarining talabalari, shuningdek, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikani mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Matematikadan qo'llanma
Ushbu qo’llanma yosh o’qituvchilarga pedagogika kollejlarining talabalariga, ota-onalariga hamda Matematikani eng boshidan boshlab o’rganuvchilarga mo’ljallangan. Qo’llanmada olimlarning matematika haqidagi teran fikrlari bayon etildi. Dastlab arifmetika haqida, natural sonlar, butun sonlar, o’nli sanoq sistemasi va raqamlar to’g’risida tushuncha berildi. Katta sonlarning o’qilishi va yozilishi qulay jadval qilib berildi. Arifmetik amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) ga ta’rif berilib, ularni bajarish tartiblari ham sodda qilib ko’rsatildi.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5111700- boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda matematika o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tamoyillari, ta’lim metodlarining tasnifi, matematika fanlarini o‘qitish jarayonida o’qitish metodlari, interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, matematikani o’qitish shakllari, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish masalalari yoritilgan.
-
Matematika
Ushbu o`quv-uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi ОO`MTB tomonidan 5111700 –―Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish‖ta`lim yonalishi uchun 2016 yil "25"06 dagi 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Matematika o`qitish metodikasi" namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Metodika fanlarini o'qitish ishlarida, jumladan matematika o'qitish metodikasi fanini o'qitishni qayta ko'rib chiqib, hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar bo'lg'usi boshlang‘ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash ishini takomillashtirishda, talabalarni o'qituvchilik kasbiga tayyorlashda muhim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishda zarur bo'lgan o'quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim.
-
Matematika (kompleks sonlar)
Ushbu uslubiy qo'llanma akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun “Matematika” fani o'quv dasturi asosida yozilgan. Unda kompleks sonlar, ular ustida amallar, kompleks sonning geometrik tasviri va trigonometrik shakli, trigonometrik shaklda berilgan kompleks sonlarni ko'paytirish va bo'lish, kompleks sondan ildiz chiqarish kabi nazariy ma`lumotlar, amaliy mashg'ulotlar uchun mashqlar keltirilgan bo'lib, qo'llanmadan yuqorida qayd etilgan ta`lim muassasalari o'quvchilari va o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
-
Matematika (Kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari)
Mazkur uslubiy qo'llanma matematikaning kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’limlari bo’yicha kasb-hunar kollejlari dasturlariga mos holda tayyorlangan bo’lib, bunga nazariy va amaliy mashg’ulotlarni olib borish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan.