-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Биохимия
Биохимия дарслиги университетлар ва педагогика институтларнинг биология факультетлари , тиббиёт , қишлок хўжалик , ва фармацевтика институтлари талабалари учун мўлжалланган.Дарслик биохимия ва биотехнология билан қизиқадиган ёш мутахасислар,педагоглар,аспирантлар,врачлар,экологлар,лицей ва ўрта мактабларда умумий биологиядан дарс берадиган ўқитувчилар учун ҳам қўлланма сифатида тавсия қилинади.
-
Mathcad va matlab muhitida ishlash
O`quv-uslubiy qo`llanmasi mathcad va matlab muhitida ishlashga bag`ishlangan bo`lib, unda mathcad va matlabning interfeysi, menyu buyruqlarining vazifalari, mathcadda oddiy matematik ifodalarni hisoblash, tenglamalarni sonli va simvolli yechish, hosila, integral, limitlarni hisoblash, grafiklar qurish, hamda matlab operatorlari va buyruqlari, matlab imkoniyatlari, vektor va matritsalar ustida amallar va ular ustida bajariladigan funksiyalar, ikki va uch o`lchamli grafiklar qurish o`rganilgan. O`quv-uslubiy qo`llanmasi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan. Undan mathcad va matlab dasturi bilan ishlashni hohlovchi barcha foydalanuvchilar o`z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
-
Теракзор куйлари
Ушбу тўплам ёш қаламкаш Зокир Абдулмажиднинг ташриф қоғози. У беғубор болалик, она меҳри, муҳаббатнинг азоб ва армонлари, орзу ва умид ҳақидаги мушоҳадаларини, қалб туйғуларини шеърхонлар билан ўртоқлашмоқда. Ўйлаймизки, ёш ижодкорнинг илк машқлари сизни ҳам бефарқ қолдирмайди.
-
Лингвист V
Тўпламдан ўрин олган мақолаларнинг аксарияти ўзбек тилшунослигида ечимини кутаётган долзарб масалаларига тааллуқли бўлиб, улар хусусида таниқли олимлар қарашлари, катта илмий ходим-изланувчилар, магистрант ва бакалаврларнинг фикр-мулоҳазалари акс этган.
-
Бегона
Альбер Камю - XX аср француз адабиётининг йирик намояндаларидан бири, адабиёт бўйича Нобель мукофотининг соҳиби, моҳир адиб, драматург, файласуф , "Тубанлашув'', "Вабо", "Сизиф ҳақида асотир", "Калигула", "Асотир ва қиёфа", "Исёнкор одам", "Бегона" каби асарлар муаллифи. А.Камю ўз асарларида Иккинчи жаҳон уруши даҳшати оқибатида пайдо бўлгэк инсоний тақдирнинг абсурдҳиссиётларини куйлаган.
-
Entomologiya va o`simliklarni uyg`unlashgan himoya qilish
O`quv qo`llanmada mamlakatimizda o`simliklarni himoya qilish sohasida atrof-muhit, insonlar va jonzotlar uchun bezarar bo`lgan biologik kurash usulini qo`llashga katta ahamiyat berilishi lozimligi borasida fikrlar bayon etilgan.
-
Гўшт, сут, балиқ ва консерваланган маҳсулотлар технологияси фанидан лаборатория ишларини бажариш бўйича
Услубий кўрсатмада консерваларнинг ассортименти, ишлаб чиқариш технологияси, хом-ашёларнинг сарфланиш меъёрлари ва уларни ҳисоб-китоб қилиш йўллари кўрсатилган.
-
Упрочнение деталей подвижного состава накаткой
В книге дан анализ причин появления трещин и изломов осей локомотивов и вагонов, поршневых скалок и пальцев кривошипов паровозов. Показана целесообразность упрочнения перечисленных деталей накаткой роликами.
-
Табиат, жамият, маънавият
Ушбу қўлланмада Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президент Ислом Каримов асарларида экология масалаларининг ёритилиши ўрганилган. Қўлланма табиатни муҳофаза қилиш,ундан оқилона фойдаланиш ва бузилганларини қайта тиклашни фуқаролик бурчи деб билган барча инсонларга мўлжалланган.
-
O'zbekiston tarixi (II kitob)
XX asr insoniyat tarixida ikkita bir-biridan dahshatli jahon urishi, evolyusion taraqqiyotni izidan chiqarib yuzlab xalqlar taqdirini larzaga solgan qonli inqiloblar, yadroviy va boshqa ommaviy qirg'in qurollarining yaratilishi, texnik-texnologik o'sishning shiddatliko'rinishlari singari alomatlari bilan o'ziga xos sahifa bo'lib qo'shiladi.
-
Navoiyshunoslik (1-kitob)
Mazkur darslik respublika oliy o'quv yurtlari o'zbek filologiyasi va o'zbek tili va adabiyotini o'qitish yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Alisher Navoiy faoliyati va ijodi hamda asarlari poetikasi bilan bog'liq eng muhim ma'lumotlar qamrab olingan, buyuk mutafakkir ijodiga doir yangicha talqinlar berilgan. Darslik navoiyshunoslikda qo'lga kiritilgan eng so'nggi yutuqlarni o'zida aks ettirganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
-
Issiqlik texnikasining nazariy asoslari fanidan tajriba ishlari
Mazkur darslik 2 qismdan iborat. Uning birinchi qismiga termodinamika qonunlari, gaz qonunlari va sikllari hamda gazlarda sodir bo`ladigan issiqlik hodisalari kiritilgan. Ikkinchi qismida esa issiqlik kuch qurilmalari, issiqlikni uzatish asoslari, muqobil energetika, havo va issiqlik energiyasining ekologik muammolari bayon etilgan. Darslik energetika va mashinasozlik kasb-hunar kollejlarida ta`lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Pensiya jamg‘armasi faoliyat
O'quv qo'llanma "Pensiya jamg'armasi faoliyati" fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda "Pensiya jamg'armasi faoliyati" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pensiyaning mazmun-mohiyati va xususiyatlari, Pensiya jamg'armasining tashkiliy tuzilishi, asosiy vazifalari va funksiyalari, Pensiya jamg'armasining arurligi, ahamiyati va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi o'rni, Pensiya amg'armasi faoliyatining huquqiy-me'yoriy asoslari, Pensiya jamg'armasi faoliyatini boshqarish, budjetini tuzish, tasdiqlash va ijro etish, Pensiya jamg'armasi daromadlari va uning mablag'laridan foydalanish, Pensiya jamg'armasi faoliyati azorati, Pensiya jamg'armasi faoliyatida axborot ta'minoti hamda Pensiya jamg'armasi taraqiqiyoti istiqbollariga oid masalalar yoritilgan.
-
Bank ishi
Darslikda tijorat banklari tomonidan kreditlashni tashkil etish, mijozni kreditga layoqatliligini aniqlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash, kreditlarning ta'minlanganligi, tijorat banklarining lizing, faktoring, forfeyting operatsiyalari, foiz siyosati, tijorat banklarining likvidliligi va to'lovga layoqatliligi, bank risklari, banklarning yangi xizmatlari kabi mavzular ham yoriotilgan.
-
Оммавий маданият
Ушбу китоб ҳозирги даврнинг долзарб муаммоси ва оммавий маданият мавзусига бағишланган Ўзбекистондаги илк асарларидан биридир. Китобда оммавий маданиятга оид асосий назарий қоидалар баён этилиб, унинг генезиси, тушунчаси ва мазмуни, субъекти ва асослари батафсил таҳлил қилинган.
-
Umumiy va qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada o'simliklarda kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarning morfologiyasi, sistematikasi, biologik xususiyatlari, ko'payishi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kurash choralari to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan. Qo'llanma qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan universitetda ta'lim olayotgan talabalar va qishloq xo'jaligi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.