-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Машина-трактор паркидан фойдаланиш
Қўлланма талабаларнинг муетакил ишларини ташкил этишга ёрдам берадиган мисол, масалалар ва зарурий қушимча маълумотлар билан тўлдирилган бўлиб, улар инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиб модулларга бўлинган ва муаммоли баҳс-мунозара юритиш асосида тахлил қилиш, мавзунипг максад ва мохияпши очиб беришга қаратилган.
-
Amaliy suyuqlik mexanikasi
Ushbu qo`llanmada fizik xossalari, gidrostatik bosimni aniqlash va ixtiyoriy sirtga ta`sir etuvchi kuchini topish, uzluksiz va D. Bernulli tenglamalari, yo`qolgan damlar, qo`ndirg`ichlardan suyuqlikning oqib chiqishi, oddiy va murakkab bo`lgan quvurlarni gidravlik hisoblashni o`rgatadi.
-
Kimyo
"O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirish ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish tarmoqlariga malakali kadrlar etishtirib chiqarish jarayonida ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirib borish lozim bo‘ladi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g‘oyasini etkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, raqobatbardosh, o‘z sohasini ham ilmiy ham amaliy bilgan mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim yo‘nalishlari fanlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga egadir."
-
Кўкаламзорлаштириш асослари
Дарсликда Ўзбекистонда аҳоли яшаш жойларини кўкаламзорлаштириш, дарахт, бута ва манзарали ўсимликларни алоҳида объектлар учун танлаш услублари келтирилган. Бундан ташқари, кўкаламзорлаштириш тарихи, дарахтзорларнинг микроиқлимга таъсири, режалаштириш турлари, ҳар хил ранглар композициясидан фойдаланиш, дарахтларни меъёрлаштириш ҳақида маълумотлар келтирилган.
-
Neft-gaz kimyosi va fizikasi
Mazkur darslikda neft va gazni qayta ishlash sanoati haqida umumiy ma`lumotlar, neft va gazning umumiy xossalari va singlanishi, neftning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar, uning fizik-kimyoviy xossalari, neft-gazlarning tarkibidagi alkanlar, katalitik jarayonlar va katalizatorlar to`g`risida umumiy ma`lumotlar termokatalitik jarayonlarda uglevodorodlarni o`rganish, neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar keltirilgan.
-
Ўзбекистон Республикасининг меҳнат ҳуқуқи
Дарслик юридик институтлари ва факультетларининг талабаларига мўлжалланган.
-
Elektr ta’minoti asoslari
Elektr ta’minoti asoslari darsligi o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida va xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida mazkur fanni o ‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar asosida takomillashtirilib qayta nashrga tayyorlandi. Darslikda sanoat korxonalarida elektr ta’minotini tashkil etish va loyihalash to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sanoat korxonalarida energiya nazorati va hisobini amalga oshirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni qurish orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari keltirib o'tilgan.
-
Умумий электротехника
Дарсликда электротехниканинг назарий ва амалий масалалари баён қилинади. Электр ўлчов асослари, электромашиналар, трансформаторларнинг тузилиши, ишлаш принциплари ва асосий характеристикалари кўриб чиқилган. Электромеханик материаллар, электр юритма ва электр таъминотига доир маълумотлар келтирилган.
-
Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari
"Mazkur o’quv qo’llanma davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, texnika oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan 5340400 «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» (Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanmada, O’zbekiston Respublikasi hududlarida tabiiy ichimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvi iste’moli dinamikasini barqarorlashtirish, suvni qabul qiluvchi inshootlarni loyihalash, gidravlik hisoblar, qurilish ishlari bajarilishi va ekologik muxofazasi masalalarini tashkil qilish, shaharlarda atmosfera yo’g’ini oqava suvlari va kanalizatsiya tizimlarini boshqarish, sanoat korhonalaridan chiqadigan oqava suvlarni tozalash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsyiya qilish va markazlashgan boshqaruv tizimlarini sohaga joriy qilish muammolari haqida ma’lumotlar, mukammal keltirilgan."
-
O'zbekiston yer kadastri asoslari
Qishloq xo'jalik fanlari doktori G'.A. Talipov tomonidan tayyorlangan qo'llanma oliy va o'rta maxsus ilmgohlari uchun o'quv qo'llanmadir. Unda O'zbekiston respublikasi yer kadastrining yer resurslaridan oqilona foydalanishdagi ahamiyati, uning tarkibiy qismi, maqsadi, tartibi, qishloq xo'jaligidagi va tashqi muhitni muhofaza qilishdagi o'rni ko'rsatib berilgan.
-
Analitik kimyo
Ushbu darslik oliy o`quv yurtlarining kimyodan boshqa ixtisosga o`qiydigan talabalari uchun mo`ljallangan, lekin undan o`rta maxsus o`quv yurtlarining talabalari hamda kimyoviy analiz bilan shug`ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Unda bo`lajak texnologlar modda, yarimmahsulot, tayyor mahsulotlarni kimyoviy analiz qilish amaliyotini bilishlari hamda texnologik jarayonni, atrof-muhitning ekologik tozaligini tahlil qila bilishlari kerakligi e`tiborga olingan.
-
Jismoniy tarbiya va sport
Mazkur o‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standartlari va uning o‘quv dasturiga binoan, 5230900- Buxgalteriya hisobi va audit uchun mo’ljallangan talabalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari bayon qilingan. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan oliy ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilari, jismoniy tarbiya va sport amaliy mashg‘ulotiga qatnashuvchi talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Axborot texnologiyalari
Qo`llanmada axborot texnologiyalarining aloqa va telekommunikasiya tizimlarida qo`llanilishida alohida ahamiyat berilgan. Kitobda asosiy diqqat yangi texnologiyalarga qaratilgan bo`lib,internet texnologiyalarining qo`llanilishiga keng e`tibor berilgan,
-
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish
O'zbekiston Konstitutsiyasi xalq xohish irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha'ni, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo'yilgan.
-
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
Ushbu darslik mualliflarning bir necha yillar davomida turli ta'lim yo'nalishlarida bilim oluvchi talabalarga ekologiya fanidan dars berish jarayonlarida to'plagan materiallar asosida tayyorlandi.
-
Issiqlik ta’minoti tizimlari
"Mazkur o‘quv qo‘llanmada issiqlik bilan ta’minlashning nazariy asoslari bayon etilgan. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlari, tizimning asosiy elementlari, asosiy issiqlik iste’molchilari ko‘rib chiqilgan. Yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar yordamida issiqlik yuklamalarini aniqlash hamda iste’molchilar uchun sarflanadigan issiqliklar miqdorini aniqlash usullari bayon etilgan. Suvli va suv-bug‘ili issiqlik ta’minoti tizimlarining sxemalari ko‘rib chiqilgan. Issiqlik yuborilishni sozlash usullari keltirilgan. Tizim sxemalari va iste’molchilarni issiqlik tarmog‘iga ulash usullari ko‘rib chiqilgan. Issiq suv ta’minoti tizimlarini loyihalash masalalari bayon etilgan. Gidravlik hisob usullari va issiqlik ta’minoti tizimlarining gidravlik rejimlari keltirilgan. Binolarni isitish, isitish tizimlarining turlanishi, zamonaviy isitish tizimlari, markaziy isitish tizimlarining asosiy elementlari, isitish asboblarining issiqlik hisobi hamda isitish tizimi quvurlarining gidravlik hisobi ko‘rib chiqilgan."