-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
Geosiyosat asoslari
“Geosiyosat asoslari” fanidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanmada geosiyosatning mohiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni, vazifalari, ilmiy-nazariy asosiari, geosiyosiy jarayonlar, ularning rivojlanish xususiyatlari, geosiyosiy bilimlar va harakatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, klassik geosiyosatning asosiy g‘oyalari, hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi, xalqaro maydondagi geosiyosiy jarayonlar, shuningdek, Markaziy Osiyoning geostrategik holati va ahamiyati, mintaqaning siyosiy, demografik va iqtisodiy salohiyati hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari ifodasini topgan. O‘quv qo‘llanmadan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari, shuningdek, ushbu soha bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Педагогика
Ўқув қўлланма биринчи чақирик, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг IX сессиясида қабул қилинган «Таълим тўғрисида» Қонун ва «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури» тамойилларидан ҳамда жаҳон педагогика фани тажрибаси ва Шарқ мутафаккирларининг таълим тарбия тўғрисидаги фикрларидан келиб чикқиб яратилди. Китоб нопедагогик олий ўқув юртлари учун педагогикадан дарслик сифатида тайёрланган, айни маҳалда амалиётчи педагогларга ҳамда педагогикага ихтисослашган олий ва ўрта махсус ўқув юртларига ўқув қўлланма сифатида ҳам тавсия этилади.
-
O`simliklar fiziologiyasi
Ushbu darslik M.Ulug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universitetining biologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish ixtisosligi o‘quv rejasining o‘simliklar fiziologiyasi fani bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturi asosida yozilgan. Darslikda hujayra fiziologiyasi, fotosintez, nafas olish, biologik jarayonlar termodinamikasi, suv almashinuvi, mineral oziqlanish, o'simliklaming geterotrof oziqlanishi, moddalarning uzoqqa tashiluvi, 0‘simlik hujayralarining ontogenezi, o‘sish va rivojlanish, ko‘payish fiziologiyasi, o‘simliklar chidamliligi fiziologiyasi va boshqa shu kabi 0‘simliklar fiziologiyasi bo‘limlariga oid ma’lumotlar yoritilgan. Darslikda ayniqsa fotosintez, nafas olish, mineral oziqlanish, suv almashinuvi, o'simliklaming o‘sishi va rivojlanishi hamda o‘simliklar chidamliligi fiziologik asoslari bo‘limlari birmuncha batafsH, kengraq yoritilgan. Ushbu darslikdan biologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish yo'nalishlari bakalavriat, magistratura bo'limlari tmgiovchilari, litsey va kollejlaming o‘qituvchilari, aspismntlar foydalanishlari mumkin
-
O`simliklarni biologik himoya qilish
Darslikning birinchi qismida o'simliklar biologik himoyasida qo'llaniladigan organizmlar tasnifi va ularni qo`llashning nazariy asoslari berilgan bo'lsa, uning maxsus qismi o'simliklar biologik himoyasi sohasida olimlarning, jumladan, respublika olimlarining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarining natijalari, chop etgan ilmiy asarlari va tavsiyanomalari hamda mualliflar bevosita tadqiqotlarining yakunlari asosida tayyorlandi. Bulardan tashqari darslikda biologik himoya vositalari, zararkunandalarning entomo va akarifaglarini ommaviy ko‘paytirish ham da ularni qo'llash usullari to'g'risida ham batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu darslik oliy va o ‘rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, aspirantlar va o'qituvchilarga mo‘ljallangan bo'lib, uning amaliy qismidan ilmiy xodimlar, o ‘simliklarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar va fermerlar ham foydalanishi mumkin.
-
Patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun qo'llanma
Qo'lingizdagi ushbu qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi Umumiy patofiziologiya qismida davolash va pediatriya fakultetlari talabalarining mustaqil ishlashlari uchun 18 mavzu bo'yicha materiallar keltirilgan. Qo'llanmaning ikkinchi qismida a'zolar va tizimlar patofiziologiyasi bayon qilinadi. U xususiy patofiziologiyaning 14 darsini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada asosiy bilimlar darajasini aniqlash uchun savollar va ulaming javoblari, mustaqil tayyorlanish uchun adabiyotlar keltirilgan. Ushbu qo'llanma ilgari rus va o'zbek tillarida chop qilingan qo'llanmalar asosida qayta ishlangan va qisman to'ldirilgan.
-
Ҳозирги замон рақобат назарияси
Ушбу ўқув қўлланма кадрлар тайёрлаш миллий дастури, Ўзбекистон Республикаси Давлат таълим стандарти ҳамда шу фан бўйича намунавий ва ишчи ўқув дастурлари асосида магистрантлар учун тайёрланган. Унда ҳозирги замон рақобат назариялари, Ўзбекистон иқтисодиётида рақобат муҳитини шакиллантиришнинг стратегик мақсадлари ва жаҳон бозоридаги рақобат усулларидан фойдаланиш механизмлари ўз аксини топган.
-
Секцион курс
Дарсликда патологик анатомия хизмати тўғрисида маълумотлар келтирилган бўлиб, у 10 боб, адабиётлар рўйхати ва иловалардан ташкил топган. Дарсликда патологик хизматнинг аҳамияти, таркиби, текшириш усуллари (аутопсия, биопсия), касаликлар классификацияси ва номенклатураси (ХКК-10), диагноз тузилиши ва унинг клиник-анатомик тахлили ҳамда патологоанатомик муассасаларда тиббий ҳужжатлар юритилишига алоҳида эътибор қаратилган. Дарслик тиббиёт ОТМлари даволаш ва тиббий-педагогика бакалавриат талабалари учун мўлжалланган. Шунингдек, китоб магистрлар, клиник ординаторлар, патологоанатомлар ва клиницистлар учун ҳам фойдали бўлади, деган умиддамиз.
-
San'at menejmenti
Mazkur o‘quv qo‘llanmada san’at menejmenti zamonaviy menejment va san’atshunoslikning tarkibiy qismi sifatida ko'rilib, uning doirasida san’at sohasini boshqarishning ob'yektiv qonuniyatlari, san’at sohasi boshqaruvi samaradorligini oshirish yo‘llari, san’at muassasalarining bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritish tamoyillari o‘rganilgan.
-
Ҳайвонлар биокимёси
Дарслик қишлоқ хўжалик институтлари ва техникумларининг чорвачилик мутахассисликлари бўйича таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган. Унда одам организимининг асосини ташкил этадиган углевод, липид, оқсил каби бирикмалар, фермент ва гормонлар ҳақида батафсил маълумот берилган.
-
Otorinolaringologiyada zamonaviy tekshirish usullari
Yuqori nafas yo'llari va quloq kasalliklarida davolash taktikasini to'g'ri tanlash uchun bemor shikoyatlari, kasallik tarixi, anamnez ma’lumotlari, asosiy va qo'shimcha tekshiruv usullari, tashxis va qiyosiy tashxisot asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu qo'llanmada otorinolaringologiyada zamonaviy tekshirish usullari, bajarish texnikasi, kc'rsatmalari, qarshi ko'rsatmalari, natijalar tahlili, natijalarga ta’sir etuvchi omillar va asoratlari batafsil, tushunarli bayon etilgan. Shuningdek, o'quvchi o‘z bilimini sinashi uchun nazorat savollari keltirilgan. 0 ‘quv qo'lanma otorinolaringolog mutaxassisligi bo'yicha shifokorlar, magistrantlar, klinik ordinatorlarga mo'ljallangan.
-
Kompozitsiya va maket
Ushbu uslubiy qo‘llanma, asosan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kelgusida yosh mutaxassis kadrlarni "Kompozitsiya va maket" fanini o‘qitishda loyihalarni o‘qish, chizish, tahlil qilish kabi vazifalarni nazariy hamda amaliy bajarishni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, "dizayn", "interyer" haqida batafsil ma’lumotlar berib boradi.
-
Эволюция назарияси
Мазкур қўлланма университетлар учун нашр этилган биология йўналиши бўйича ўқув дастури асосида ёзилди. Китобда эволюция назарияси фанининг мазмуни ва вазифалари, эволюцион ғояларнинг пайдо бўлиш тарихи, органик эволюциянинг объектив жараён эканлиги, микроэволюция ва макроэволюция муаммолари, эволюция назариясининг назарий ва амалий баён этилган.
-
Археология фанига муқаддима
Қадимги топилмалар хақидаги дастлабки тасаввурлар ва тушунчалар. Топилмалар сирининг аён бўлиб бориши. Археология номланишининг вужудга келиши ва дастлабки қадамлари. Ер ўз бағрида нималарни сақлаб келиши сирларининг намоён бўлиш одимлари
-
Adabiyot darslarida milliy qadryatlarni o`rgatish
"Alpomish" dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi, odil va haqgo`y bo`lishga, o`z yurtimizni, oilamiz qo`rg`onini qo`riqlashga, do`stu yorimizni, or-nomusimizni, ota - bobolarimizning muqaddas mozorlarini himoya qilishga o'rgatadi.
-
Биогеография
Мазкур ўқув-услубий қўлланма Давлат университетлари ва педагогика институтларининг география, экология ва биология йўналиши бўйича таълим олаётган бакалавр талабалари ҳамда зоология ихтисослиги магистлари учун мўлжалланган биогеографиядан дастлабки ўқув-услубий қўлланмадир.
-
Teatr maketi
O'quv qo'llanmada sahnaning umumiy ko'rinishi, undagi anjomlar, asbob-uskunalar, bezaklar haqida so'z yuritiladi. Sahna xususiyatini tushunish uchun teatr taraqqiyoti tarixi kuzatiladi va sahnaning hozirgi ko'rinishga kelgunga qadar bosib o'tgan yo'liga nazar solinadi. Bezaklar sahnaning muhim tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ularni tayyorlash texnikasi va texnologiyasiga to'la to'xtalinadi. Qo'llanma madaniyat va san'at talabalariga mo'ljallangan.