-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
-
Oliy matematika I-qism
Darslikda Oliy matematika kursiga kirgan asosiy material: chiziqli va vektor algebra, to’g’ri chiziq va tekislik, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlar, funksiya, limit, uzluksizlik, hosila va differensial va ularning bir o’zgaruvchili funksiyani tekshirishga tadbiqi, ko’p o’zgaruvchili funksiya tushunchasi va ularning differensial hisobi, aniqmas va aniq integral, aniq integralning fizik tadbiqi, xosmas integrallar bayon qilingan. Darslik mualliflar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika Universitetida o’qigan ma’ruzalari bazasida yaratilgan. Texnika oily o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallangan. O’qituvchi va aspirantlarga ham foydali bo’lishi mumkin.
-
Qo'l jangini va uni o'rgatish metodikasi
Ushbu darslik “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikfani o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib 5111500-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda «Qo‘l jangini va uni o‘rgatish metodikasi» fani mazmuni mohiyati ochib berilganligi bilan ahamiyatli kasb etadi. «Qo‘l jangini va uni o‘rgatish metodikasi» fani chaqiriqqacha harbiy ta’limning avvalgi bosqichlari bilan uzviy bog‘liqlikda tuzilgan bo‘lib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifa va mohiyatiga ega bo‘lgan mustaqil fandir.
-
Лекции по теории обыкновенных дифференциальных уравнений
Книга представляет собой учебник по курсу обыкновенных дифференциальных уравнений. Тщательно продуманное изложение дало возможность в небольшом объеме вместить обширный материал. Более детально и строго, чем в других руководствах, рассмотрены уравнения простых типов. Подробно изложены общие теоремы о разрешимости уравнений и систем уравнений с непрерывными правыми частями.
-
Jismoniy tarbiya. 5-6-sinf
Aziz o'quvchilar, siz qo'lingizdagi darslik orqali asosiy sport turlari bilan tanishib, ular haqida yetarli nazariy ma'lumotga ega bo'lasiz va jismoniy mashqlarni darsdan tashqari paytlar (uy sharoiti, maktab stadioni)da mustaqil bajarishni o'rganishga doir tavsiyalar olasiz.
-
Issiqlik ta`minoti va issiqlik tarmoqlari
Issiqlik ta`minoti va issiqlik tizimlari bo`yicha adabiyotlarning, jihozlari bo`yicha esa maxsus kataloglarning mavjudligi, shuningdek, jihozlarning uzluksiz ravishda takomollashishi. Ushbu qo`llanma mualliflarini o`quv qo`llanmada mazkur jihozlar bo`yicha to`la tafsilotlarni keltirmaslikka undadi. Mutaxassislik bo`yicha ta`lim olayotgan magistrantlar ham o`zlarining ilmiy tadqiqot ishlari hamda bakalavrlar bilan mustaqil olib boradigan ilmiy pedagogik amaliyotlarida foydalanishlari mumkin.
-
Особенности делового этикета в туриндустрии
В учебно-методическом пособии рассматриваются теорретические и практические стороны делового этикета специалиста туриндустрии. В пособие также включены задания для самоконтроля, самоанализа и рефлексии, ситуативные упражнения, тренинг жестикуляций, ролевые и деловые игры, которые помогут закрепить полученные теоретические знания.
-
Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Ushbu o’quv qo’llanmada boshlang’ich sinf darslari samaradorligini oshirishda o’yin ta’lim texnologiyalarining ijtimoiy-pedagogik mohiyati, asosiy yo’nalishlari, boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko’nikmalarini shakllantirish mazmuni va pedagogik- psixologik mohiyati, xorijiy tajribalarining o’yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko’nikmalarini shakllantirishdagi qarashlari, tamoyillari va muhim omillari, innovatsion texnologiyalari va ularni takomillashtirish borasida so’z yuritiladi.
-
Современный американский в диалогах
Книга адресована всем, кто хочет научиться свободно общаться на английском языке. 45 оригинальных диалогов с современным молодежным сленгом с комментарием и переводом будут интересны и студентам, и преподавателям. Книга является авторизованным переводом на русский язык оригинального издания.
-
Psixiatriya va narkologiyada hamshiralik ishi
Ushbu darslik oliy hamshiralik ishi yo‘nalishining “psixiatriya va narkologiyada hamshiralik ishi” fanining o’quv dasturiga muvofiq yaratilgan. Unda o‘quv predmetining maqsadi, vazifalari, psixatriyaning ahloqiy, xuquqiy va tibbiy jihatlari, psixiatrik yordam va ekspertizaning tashkil etilishi, asosiy psixopatologik simptomlarning klinik ko`rinishlari, asosiy psixopatologik buzilishlarning klinik ko`rinishlari, xususiy psixiatriya hamda ruxiy bemorlarning parvarishi xos jihatlari bayon qilingan.
-
Informatika, informatsion texnologiyalar
Darslik oliy o`quv yurtlari talabalari, huquqshunoslik mutaxassisligi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar, aspirantlar, o`qituvchilar, shuningdek informatika, informatsion texnologiyalarga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan.
-
Materialshunoslik
Mazkur o’quv qo’llanma 5112100 - “Texnologik ta’lim” yo’nalishi talabalari uchun “Мaterialshunoslik” fanining amaldagi fan dasturi asosida,(Мaterialshunoslik va konstruksion materiallar) qismi bo’yicha ishlab chiqilgan. Fanning predmeti va vazifalari, tarixi, rivojlanishi, texnologik ta’limdagi o’rni batafsil yoritilgan. Materiallarning tuzulishi va xossalari, qotishmalar nazariyasining asoslari, temir uglerodli qotishmalar, rangli metallar, kukunli materiallar, metal va polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi haqida batafsil ma’lumot berilgan bo’lib, maruza mashg’ulotlari va mustaqil ta’limda o’zlashtirilishi lozim bo’lgan nazariy materiallarni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanmadan 5112100 - Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari va professor-o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Individual rivojlanish biologiyasi. 1- kitob
Ushbu o'quv qo'llanma biologiya ta'limi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan namunaviy dasturga muvofiq yozilgan bo'lib, unda individual rivojlanish biologiyasi faninig mazmuni, bo'limlari, tarixi, embrionni o'rganish usullari, jinsiy bezlar va hujayralarning tuzulishi, taraqqiyoti, urug'lanishi, embrional va postembrional rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. O'quv qo'llanmadan tibbiyot, veterinariya ixtisosligi talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Kon-qidiruv lahimlarini o'tish
O'quv qo'llanmada kon qidiruv lahimlarini o‘tish ishlarining asosiy masalalari batafsil bayon etilgan. Burg'ilash va portlatish ishlarining kon- qidiruv lahimlarini o'tish jarayoniga katta e'tibor berilgan. O'quv qo'llanma 5313300- Geologiya razvedka ishlarining texnika va texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha talabalar uchun o‘quv qo'llanma sifatida mo'ljallangan va shuningdek geologik qidiruv sanoatining muhandislari va texnik xodimlari uchun foydali bo'lishi mumkin.
-
Turkiy xalqlar adabiyoti
Ushbu kitobda turkiy qavmga mansub turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari adabiyotlarining ilk rivoji, og‘zaki va yozma adabiyotining taraqqiyoti, jahon adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni, madaniyat va ma’naviyat sohasiga qo‘shgan hissasi, turli davrlarda faoliyat ko‘rsatgan adiblarning hayoti va ijodi tahlil etiladi.
-
Zamonaviy lingvistika
Mazkur o‘quv qo'llanmada lingvomadaniyatshunoslikning fan sifatida shakllanishi, bu yo'nalish haqidagi dastlabki ilmiy g‘oya va fikrlar, til madaniyat- etnos triadasining talqini, moddiy va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlar, lingvomadaniyatshunoslik va etnolingvistikaning bir-biri bilan kesishgan nuqtalari, lisoniy shaxs tushunchasi va uning tuzilishi hamda til va madaniyat olam manzarasini ifodalovchi vosita ekanligi yoritilgan.
-
Нормал акушерлик
Методик қўлланма Самарканд тиббиёт олийгохи даволаш тиббиёти акушерлик ва гинекология кафедраси ходимлари томонидан ўқув программаси ва режалари ҳамда амалий педагогика тажрибаларга асосланиб тузилган. Қўлланма жумҳурият тиббиёт олийгоҳларининг даволаш тиббиёти IV курс талабаларининг амалии машғулотлари учун физиологик, акушерлик , фантом курси элементлари ва перинатологиянинг айркм цисмларидан иборат. Методик қўлланма Самарканд тиббиёт олийгоҳи даволаш тиббёти акушерлик ва гинекология кафедраси ходимлари томонидан ўқув программаси ва режалари ҳамд а амалий-педагогика тажрибаларга асосланиб тузилган.