-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tasviriy san'atda afsona va rivoyatlar
Kitobda jahon tasviriy san'atidagi afsona va rivoyatlarga oid barcha ma’lumotlar ilk bor jamlanib, umumlashtirilgan. Kitob uch bobdan iborat.Birinchi bobda Qadimgi Sharq hududlari qamrab olingan.Jumladan, Qadimgi Misr, Qadimgi Old Osiyo va Qadimgi Xitoy buddaviylik dinida tilga olingan afsonalaring tasviriy san’at rivojidagi o'rni va ahamiyati o'rganilgan. Ikkinchi bobda esa Qadimgi G‘arb afsona va rivoyatlari tahlil qilingan.Unda Qadimgi Yunon,Qadimgi Rim mifologiyasi, nasroniylik va yahudiylik dini bilan bog‘liq holda yaratilgan afsona va rivoyatlaming tasviriy san’at asarlaridagi ifodasi ko‘rib chiqilgan.
-
ХХ аср Ўзбек ҳикояси антологияси
Йиллар ва асрлар якуни ҳар ҳандай соҳада сарҳисобга имкон беради. Сарҳисоб эҳтиёжи заруратга айланади. Шу маънода ХХ асрда ёзилган ҳикояларнинг эстетик қиймати, мавзу кўлами, бадиий савия, ютуқлари ва бошқа қирраларини тасаввур этиш учун ушбу антологияга тартиб берилди .
-
Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис)
Ҳозирги даврда ўзбек тилининг барча сатҳлари бўйича қатор илмий-тадқиқот ишлари мавжуд. Олий ўкув юртларининг ўзбек тили ва адабиёти факультети талабалари учун тавсифий характердаги дарслик ва қўлланмалар яратилди. Бу дарслик ва қўлланмаларда ўзбек тилининг фонетикаси, морфемикаси, сўз ясалиши, лексикологияси, морфологияси ва синтаксиси юзасидан изчил маълумотлар берилди. Китоб ҳажмидан келиб чиқиб, мавжуд дарслик ва қўлланмаларда изчил баён қилинган баъзи мавзулар бу грамматикада ихчамроқ шаклда ўз аксини топди.
-
Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish.
Mazkur darslik respublika oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari uchun tayyorlangan.Darslik kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi ilmiy pedagogik faoliyatni takomillashtirish va xalqaro sport harakati tarixi, 0 ‘zbekiston jismoniy madaniyat tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini boshqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan talabalami tanishtirishga xizmat qiladi.Shuningdek, darslikdan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining bo‘lajak mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Vokal
O‘quv qo‘llanma birinchi bobida vokal asoslari, ovoz apparati, nafas, ovozlar tavsifi, vokal ijrochilik imkoniyatlarini rivojlantirish, ariya va duetlar ustida ishlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, musiqali drama tarixi hamda musiqiy asarlarga annotatsiyalar berilgan. Ikkinchi bobda o‘zbek kompozitorlarining musiqali drama va komediyalardan ariyalar, duetlar, talabalar mustaqil darslari uchun mavzular, testlar hamda vokal faniga taaluqli glossariy keltirilgan.
-
An'anaviy xonandalik
Mazkur o'quv qo'llanma an'anaviy qo'shiqchilik san'ati yoshlar tomonidan o'zlashtirishiga mo'ljallab tuzilgan. Unda xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va ko'plab san'atkorlar tomonidan sevib kuylanadigan, an'anaviy yo'nalishda ijod etuvchi bastakorlarimiz tomonidan yaratilgan qo'shiq va ashulalar, oddiy xalq qo'shiqlari, shuningdek mamlakatimizning hududlariga xos folklor qo'shiqlaridan namunalar keltirilgan.
-
Fortepiano darsligi
Mazkur darslik 1971 yilda chop etilgan „Fortepiano darsligi“ kitobining to‘ldirilgan va qayta ishlangan nashri bo‘lib, asosan o‘zbek xalq kuy-ohanglari negizida yaratilgan asarlardan tuzilgan. Ular yosh sozandalaming fortepiano chalish ko‘nikmalarini hosil qilishiga, ijro malakalarini tobora oshirib borishiga qaratilgan.
-
Vokal
“Vokal (yakka qо‘shiqchilik san’ati)” sir-asrorlarini atroflicha о‘rgatishga oid barcha nazariy va amaliy ma’lumotlar kо‘p yillik tajribadan kelib chiqib bayon etilgan. Kuylash uchun taqdim etilgan О‘zbekiston kompozitorlari asarlaridan namunalarga annotatsiya, uslubiy kо‘rsatmalar ham о‘rin olgan.
-
Orkestr sinfi
Ushbll o'quv qo'llanma orkestr ijrochiligi ko'nikmalarini o'rgatish uslubiyotiga bag'ishlangan bo'lib, unda orkestr sinfida ko'p ovozli ijro, tirli guгuh уа jamoalaming xususiyatlari, gammamashq hamda badiiy asarJami o'rganish usullarj tahliJ etilgan.
-
Yakkaxon qo'shiqchilik
Mazkur о‘quv qо‘llanmada muallif о‘z pedagogik tajribasidan kelib chiqqan holda о‘zbek musiqa san’atidagi an’anaviy xonandalikning о‘rni haqida fikr yuritadi. Talabani ustoz-shogird an’anasi asosida xonandalikka tayyorlash, unda hofizlik mahoratini shakllantirish masalalari kо‘rib chiqiladi.
-
Vokal
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma vokal ijrochiligida ovozni to‘g’ri tarbiyalash, to‘g’ri nafas olish va undan foydalanish, to‘g’ri tovush hosil qilish, artikulyatsiya apparati hamda tovush hosil bo‘lishida ishtirok etadigan barcha organlarni tanishtirish va ularning faoliyati haqida ma’lumotlar beradi.
-
Янги ўзбек адабиёти тарихи
Ушбу дарсликдаги мазкур атамалар кўп асрлик сўз санъатимизни туркий халқлар адабиётидан ажратиб,узоқлаштириб қўяди.
-
Функционал анализ курсидан масалалар ечиш
Бу ўқув қўлланмада функционал анализдан масалалар ечиш учун талабаларга ёрдам беришни асосий мақсад қилиб олинда. Функционал анализ физика, техника масалаларини ечишда ва математик назарияни ривожлантиришда кенг ўрганилади.
-
Учбурчак геометрияси
Мазкур ўқув қўлланма педагогика институтлари ва педагогика билим юртлари талабаларининг элементар геометриядан билимларини яна ҳам бойитиш мақсадида яратилди. Ундан умумтаълим мактабларининг, гимназия ва лицейларнинг уқитувчилари фойдаланишлари мумкин. Китобда учбур чакларнинг айлана, доира билан биргаликда қаралиши, учбурчакларда метрик муносабатлар, чевианлар, учбурчак медианаси, трансверсали, симедианаси, учбурчакда антипараллеллар, изогонал тугри чизиклар ва изотомик нуқталар ўрганилади.
-
Сонлар назарияси
Китобда назарий маълумотларни чуқур ўрганишга имконият яратиш мақсадиди, уларнинг барчаси муайан мисолларда тушунтирилган ҳамда ҳар бир бобнинг охирида мустақил ишлаш учун мисол ва масалалар келтирилган, уларнинг кўплари жавоби билан таъминланган.
-
Функциялар назарияси
Дарсликда ҳақиқий функциялар назариясининг ўлчовларга доир қисми ҳамда Функционал анализнинг геометрик фазолар бўлими иложи борича содда тилда баён қилинди. Асосий эьтибор талабаларнинг берилаётган янги тушунчалар маъносини яхширок, тушунишларига қаратилди.