-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Veterinariya va chorvachilik
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Konchilik mashinalari va komplekslari
Mazkur darslik konchilik mashinalari va komplekslarining foydali qazilmalarni yer osti va ochiq usulda qazib oluvchi konchilik korxonalarini kompleksli mexanizatsiyalash, loyihalash, ta`mirlash va ularni ishlatishdagi bazasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy qazish quvvati yuqori b o‘lgan karyerlar va shaxtalarda konchilik mashinalari va komplekslarini texnologiyasini to‘g‘ri tanlash va ularni yuqori samaradorlikda ishlashini ta`minlashdan iborat o‘ziga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan. Darslik konchilik sohasi uchun mutaxassis tayyorlashga yo‘naltirilgan kasbhunar kollejlari talabalari va o‘quv kurslari tinglovchilari uchun, hamda injenertexnik xodimlar uchun ham qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi
-
Geologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining (60721500– “Konchilik ishi”, 60722400-“Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” ta`lim yo‘nalishlari talabalariga geologik bilimlarning boshlang‘ich nazariy bilimlarni berishga mo‘ljallangan. Unda Respublikamizning konchilik sanoatining asosiy o‘zagi bo‘lgan minerallarni, tog‘ jinslarni, foydali qazilmalarni, ma`danlarni hosil bo‘lish jarayonlarini, yerning ichki tuzilishi, radioaktivligi va issiqlik rejimi, yerning tuzilishi va unda ro‘y beradigan endogen va ekzogen jarayonlar, yer osti suvlari, yer osti suvlarining hosil bo‘lishi, tabaqalanishi, yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilishi, yer osti suvlarining kon maydoniga ta’sirini va oldini olish uchun ko‘riladigan chora tadbirlar, foydali qazilmalarning hosil bo‘lish jarayonlari, turlari, sanoatda qo‘llanilishi haqida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.
-
Elektr texnologık qurılmaları
Ushbu darslik 60710600 “Elektr energetikasi” bakalavr ta‘lim yo‘nalishiga tavsiya etilgan. Pechsozlikda qo‘llaniladigan materiallar, elektrotermik va elektrotexnologik qurilmalar, davriy va uzluksiz ishlovchi pechlar, induksion pechlar va elektr yoy pechlari, elektr pa yvandlash qurilmalari va turlari, materiallarga elektro kimyoviy va elektrofizikaviy ishlov berish, lazerli texnologik qurilmalar, ultratovushli qurilmalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan hamda ushbu qurilmalarning ishonchli elektr ta‘minoti va elektr texno logik jarayonlarini boshqarishni ta‘minlaydigan qurilmalardan foydalanishga alohida e‘tibor qaratilgan.
-
Rangli metallar rudalarini boyitish texnologiyasi
Maxsus magistratura mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan darslikda rangli metallar minerallarining asosiy tavsiflari va xossalari, rudalarning tavsiflari ko‘rib chiqilgan, ma’danni boyitish va qayta ishlash texnologik jarayonlarining, sanoatning turli sohalarida qo‘llash bilan boyitilgan konsentratlar olishning asosiy muammolari taqdim etilgan. Darslik Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kimyo-texnologiya, metallurgiya va kon-geologiya mutaxassisliklari magistrlari uchun mo‘ljallangan.
-
Kon mashinalari ishonchliligi
Mazkur o‘quv darslik Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 60720700 – Texnologik mashina va jihozlar (Konchilik), 60721900 – Konchilik elektr mexanikasi va 70721901 - Konchilik mashinalari va jihozlari mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari, shu soha bo‘yicha ta‘lim yo‘nalishlari doktorantlari, muhandistexnik xodimlari hamda shu sohadagi yosh pedagog kadrlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv darslik “Kon mashinalari ishonchliligi” fanining ma‘ruza qismini to‘liq qamrab olgan bo‘lib, unda ma‘ruza mashg‘ulotlar uchun materiallar uyg‘unlashtirilgan holda bayon etilgan. Ushbu o‘quv darslikda ishonchlilik nazariyasining asosiy shartlari va qoidalari, kon mashinalarining ishonchlilik darajasini oshirish usullari ko‘rsatilgan. Ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash formulalari va ishonchlilik darajasini tahlil qilishda yer osti majmualarining strukturaviy sxemalarini asoslash usullari keltirilgan. Uskunaning ishlashi davomida texnik xizmat ko‘rsatish chastotasini aniqlash usullari ko‘rib chiqiladi. Konchilik uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish strategiyasini shakllantirish ketma-ketligi tavsiya etilgan. “Kon mashinalari va uskunalarining ishonchliligi” fani bo‘yicha hisob-kitob va grafik topshiriqlarini bajarishda ishonchlilik xarakteristikalarini hisoblashga misollar keltirilgan.
-
AMALIY MATEMATIKA
Ushbu o‘quv qoʻllanma oliy o‘quv yurtlarining iqtisod yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar undan dars jarayonlarida, shuningdek mustaqil o‘rganish uchun ham foydalanishlari mumkin.
-
Organik kimyo (III qism)
O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda organik kimyoga doir o‘qituvchi va talabalarga kerak bo‘lgan turli murakkablikdagi masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar qisqa, sodda va ravon tilda, ixchamlashtirib berilgan. O‘quv qo‘llanmada muhim organik reaksiya tenglamalari va kerakli jadvallarning berilishi talabalar uchun undan foydalanishda yanada qulaylik tug‘diradi.
-
Umumiy kimyo (I qism)
O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda kimyoga doir o‘qituvchi va talabalarga kerak bo‘lgan turli murakkablikdagi masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar qisqa, sodda va ravon tilda, ixchamlashtirib berilgan.
-
Umumiy kimyoviy texnologiya (1-qism)
Maxsus darslik 60710100 –Kimyoviy texnologiya yo`nalishi bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo`lib, darslikda umumiy kimyoviy texnologiyaning asosiy tushinchalari, kimyoviy texnologiyaning tarixi va xozirgi kuni, xom ashyosi va uni boyitish, bacha kimyo sonalar to`grisida malumotlar, ularning ishlatilishi va xossalari, ishlab chiqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Darslik2-qismdan iborat bo`lib, 1-qismda kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari, asosiy tushincha va qonunlari, umumiy ishlab chiqarish turlari va xom ashyo bazasi, elektro kimyoviy jarayolar, sulfat kislota ishlab chiqarish kabi boblar mavjud bolib, 2-qismdaesa mineral o‘g’itlar, bog’lovchi moddalar, anorganik va organik birikmalar, metallar va polimerlarning tuzulishi, olinish usullari, sanoatning turli sohalarida qo‘llanishi va ishlab chiqarish texnologiyalari batavsil bayon etilgan. Darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, har bir bobdan keyin adabiyotlar, ko‘plab ilovalar keltirilgan. Darslik “60710100 – Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishlari bakalavr va 70710101 - “Kimyoviy texnologiya” magistrlari talabalari, hamda kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligining muhandis-texnik xodimlari va doktorantlari qo‘llanma sifatida foydalanishi mumkin.
-
Umumiy kimyoviy texnologiya (2-qism)
Mazkur darslik 60710100 – Kimyoviy texnologiya yo‘nalishi bakalabrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikda umumiy kimyoviy texnologiyaning asosiy tushinchalari, kimyoviy texnologiyaning tarixi va xozirgi kuni, xom ashyosi va uni boyitish, bacha kimyo sonalar to‘grisida malumotlar, ularning ishlatilishi va xossalari, ishlab chiqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Darslik 2 -qismdan iborat bo‘lib, 1-qismda kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari, asosiy tushincha va qonunlar i, umumiy ishlab chiqarish turlari va xom ashyo bazasi, elektro kimyoviy jarayolar, sulfat kislota ishlab chiqarish kabi boblar mavjud bolib, 2-qismda esa mineral o‘g‘itlar, bog‘lovchi moddalar, anorganik va organic birikmalar, metallar va polimerlarning tuzulishi, olinish usullari, sanoatning turli sohalarida qo‘llanishi va ishlab chiqarish texnologiyalari batavsil bayon etilgan. Darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, har bir bobdan keyin adabiyotlar, ko‘plab ilovalar keltirilgan. Darslik “60710100 – Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishlari bakalavr va 70710101 - “Kimyoviy texnologiya” magistrlari talabalari, hamda kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligining muhandis-texnik xodimlari va doktorantlari qo‘llanma sifatida foydalanishi mumkin.
-
Тепломассообмен
В учебнике представленыосновы теории тепломассообмена, методы конструкторского и поверочного расчета теплообменных аппаратов. Для студентов теплотехнических специальностей вузов.
-
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARI FIZIOLOGIYASI
Hayvonlarni oziqlantirish, to‘g‘ri parvarish qilish, urchitish kasalliklarining oldini olish va davolash uchun ular fiziologiyasini bilish. o‘rganish zarur, chunki bu fan barcha biologik fanlar bilan chambar chas bog‘liq holda fiziologik ko‘rsatkichlarni bilish, istalgan fiziologik jarayonlarning asosini o‘rganib, undan chorva mollarining sog'lomligini ta’minlash va mahsuldorligini oshirish uchun foydalanish zami- nini yaratadi. Demak, chorvachilik uchun yuqori malakali veteri- nariya, zoomuhandislik va qorako‘lchilik mutaxassislarini tayyorlash- da fiziologiya fanining amaliy ahamiyati kattadir.
-
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
O'quv qo'llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlari tuzish tartibi, shuningdek, audit nazariyasi, umumiy metodologiyasi vа tashkil qilinishi, rasmiylashtirislari vа amalga tatbiq etish masalalari hujjatlarga muyofiq yoritilgan.
-
Металлургическая теплотехника
Изложены материалы для подготовки и проведения лабораторных работ по дисциплинам, в которых изучаются основы металлургической теплотехники. Практикум предназначен для бакалавров и магистров металлургических направлений; его можно рекомендовать студентам, которые изучают в различных дисциплинах разделы теплотехники и теплоэнергетики.
-
Kolloid kimyo
Mazkur darslik kimyo, kimyo-texnologiya, neft va gazni qayta ishlash, oziq-ovqat va qurilish materiallari texnologiyasi, shuningdek, boshqa turdosh ta’lim yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 10-ilovasi) tasdiqlangan “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” fani dasturi asosida tayyorlandi.Ushbu darslikda bо‘lajak kimyogar texnologlar uchun kolloid kimyo fanidan nazariy bilimlar keltirilgan bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha 2022-2026 yillarga mo’ljallangan “Yangi О‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida ishlab chiqildi.
-
QISHLOQ XO‘JALIGI HAYVONLARINING PATOLOGIK ANATOMIYASI VA PATOLOGIK FIZIOLOGIYASI
Mazkur o‘quv qo‘llanmada organizmdagi umumiy patologik jarayonlar, mahalliy va umumiy o‘lim, gipobiotik jarayonlar, giperbiotik jarayonlar, qon va limfa aylanishining mahalliy buzilishlari, yallig'lanish, issiqlik almashinuvining buzilishi, ikkinchi bo’limida organ va sistcmalar patologiyasi, ya’ni qon va qon hosil qiluvchi organlar, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazm qilish, jigar, ayiruv va jinsiy organlar, ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasining patologiyasi yoritilgan. Shuningdck, uchinchi bo'limda qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumsiz, yuqumli va parazitar kasalliklarida ro‘y beradigan patologoanatomik o'zgarishlar to‘g‘ risida batafsil ma’lumotlar berilgan.