-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
O‘ZBEK TILI 5
Mazkur darslik umumta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'zbek tili fanidan asosiy grammatik bilimlarni, xususan, kishilik va ko'rsatish olmoshlarini o'rgatishni ko'zda tutadi, shuningdek, Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
O'ZBEK TILI 5
Mazkur darslik umumta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'zbek tilini o'rganishda, xususan, kishilik va ko'rsatish olmoshlari mavzularini o'zlashtirishda yordam beradi. Darslik tarkibiga Vatan mavzusidagi matnlar, lug'at va amaliy mashqlar kiritilgan bo'lib, o'quvchilarda nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Diskret matematika va matematik mantiq fanidan masalalar to‘plami
Ushbu o‘quv qo‘llanma 60540200 – Amaliy matematika ta’lim yo‘nаlishi majburiy fanlar blokiga kiruvchi “Diskret matematika va matematik mantiq” fani o‘quv dasturini o‘z ichiga olgan mavzular asosida yozilgan. O‘quv qo‘llanma 13 ta paragragdan iborat bo‘lib, unda To‘plamlamlar algebrasi, munosabatlar,mulohazalar algebrasi, mulohazalarning aksiomatik nazariyasi, predikatlar algebrasi, recurrent munosabatlarga doir masalalar yoritilgan, mustaqil yechish uchun misollar to‘plami jamlangan.
-
O‘zbek tili 5
Ushbu darslik ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘zbek tilining asosiy grammatik qoidalari, kishilik va ko‘rsatish olmoshlari hamda Vatan mavzusidagi matnlar va mashqlar o‘rin olgan.
-
Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi
Darslikda organik sintez mahsulotlari kimyosi va ularni olish texnologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Organik sintez mahsulotlari olish uchun xomashyo hisoblangan parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi va sintez-gaz olish texnologiyasi, galogenlash, gidroliz, gidratatsiya, eterifikatsiya, alkillash, sulfatlash, sulfirlash, oksidlash, degidrirlash va gidrirlash jarayonlari asosida organik birikmalar, efirlar, karbon kislotalar va ularning hosilalari, vinil monomerlari, kaprolaktam, spirt va fenollar, aldegid va ketonlar, atsetallar, sirt-faol birikmalar, nitrobirikmalar, ftal, malein va boshqa yopiq zanjirli angidridlar, etilenoksid, stirol, butadien va izopren ishlab chiqarish texnologiyasi va nazariy asoslari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining kimyo-texnologiya bakalavr yo'nalishi bo'yicha tahsil oladigan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, magistrantlar, aspirantlar va ushbu sohada ishlovchi ilmiy-xodimlar foydalanishlari mumkin.
-
ORGANIK KIMYO
Mazkur darslik o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda organik kimyoning asosiy nazariy qoidalari, uglevodorodlar, ularning olinish usullari, xossalari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Kitob to‘rtta bobdan tashkil topgan bo‘lib, har bir mavzu nazariy tushuntirishlar, kimyoviy formulalar, laboratoriya ishlari va qiyinchilik tug‘diradigan masalalarning yechim usullari bilan boyitilgan. O‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish maqsadida yozilgan.
-
Современный русский язык
Данное учебное пособие подготовлено по дисциплине «Современный русский язык» и освещает теоретические и практические вопросы фонетики, лексикологии, фразеологии, морфологии современного русского языка. Пособие разработано с учётом актуальных проблем грамматики, функциональных особенностей языковых единиц и современных лингвистических подходов. Учебное пособие предназначено для студентов, обучающихся по магистрантов, преподавателей русского языка и всех интересующихся филологическим направлениям, лингвистикой.
-
O'simliklarni biologik himoya qilish II Tom
Darslikda oʻsimliklar biologik himoyasida qoʻllaniladigan organizmlar tasnifi va ularni qo'llashning nazariy asoslari berilgan boʻlsa, uning maxsus qismi oʻsimliklar biologik himoyasi sohasida olimlarning, jumladan, respublika olimlarining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarining natijalari, chop etgan ilmiy asarlari va tavsiyanomalari hamda mualliflar bevosita tadqiqotlarining yakunlari asosida tayyorlandi. Bulardan tashqari, darslikda biologik himoya vositalari, zararkunandalarning entomo-. va akarifaglarini ommaviy koʻpaytirish hamda ularni qo'llash usullari toʻgʻrisida ham batafsil ma'lumotlar keltirilgan
-
O'simliklarni biologik himoya qilish vasitalari
Darslikning birinchi qismida oʻsimliklar biologik himoyasida qoʻllaniladigan organizmlar tasnifi va ularni qoʻllashning nazariy asoslari berilgan boʻlsa, uning maxsus qismi oʻsimliklar biologik himoyasi sohasida olimlarning, jumladan, respublika olimlarining uzob yillar davomida olib borgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarining natijalari, chop etgan ilmiy asarlari va tavsiyanomalari hamda mualliflar bevosita tadqiqotlarining yakunlari asosida tayyorlandi. Bulardan tashqari darslikda biologik himoya vositalari, zararkunandalarning entomo va akarifaglarini ommaviy koʻpaytirish va u
-
Qishloq xo`jalik entomologiyasi
Qishloq xoʻjalik entomologiyasi fani O'simliklarni himoya qilish va O'simliklar va qishloq xoʻjalik maxsulotlari karantini ta'lim yoʻnalishida taxsil olayotgan talabalarning oʻrganiladigan asosiy ta'lim fanlar qatoriga kiradi. Bu fanni oʻrgatishdan maqsad qishloq xoʻjaligida zarar keltiradigan zararkunanda xashorotlar biologiyasi, tarqalishi, zarari toʻg'risida yuqori malakali chuqur bilimli mutaxassislar tayyorlashni koʻzda tutadi.Oʻquv qoʻllanma talablar, magistrlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar qishloq xoʻjaligi xodimlari va fermer xoʻjaligi mutaxasislari shuningdek qishloq xoʻjalik entomologiyasi faniga qiziquvchi keng kitobxonlarga moʻljallangan.
-
G'o'za seleksiyasi va urg'chiligi
Ushbu darslik 60811200-qishloq xo'jalik ekinlari seleksiysi va urug'chiligi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
O'rmon entomologiyasi va fitopotologiyasi
Oʻquv qoʻllanmada Manzarali oʻsimliklar hamda oʻrmon xoʻjaliklariga jiddiy xavf tug'diruvchi zararli organizmlar tasnifi, zarari va ularga qarshi kurashda keng foydalaniladigan vositalar hamda ularga qarshi eng samarali kurash choralari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, qarshi kurash choralarida foydalaniladigan mikrobiologik va kimyoviy preperatlardan, entomofaglardan foydalanish usul va uslublari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar batafsil yoritilgan. Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari, magistrantlar, stajyor tadqiqotchilar va oʻqituvchilarga hamda akademik litsey va kasb-xunar kollejlari oʻquvchlari, o'simliklarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar va bog bonlar foydalanishi mumkin.
-
Kasbiy psixologiya
Ushbu o'quv uslubiy majmuada innovatsion ta'lim texnologiyalari, ta'lim texnologiyalarining nazariy asoslari ilmiy va amaliy asppektlarda batafsil yoritilgan.
-
Pedagogika psixologiya
Mazkur o'quv qo'llanmada "Pedagogika Psixologiya fani yuzasidan o'qitiladigan mavzular ketma-ketligi, mavzu bo'yicha talabalarning o'zini-o'zi tekshirish uchun savollar , topshiriqlar berilgan."
-
-
Davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish
Mazkur monografiyada davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini akomillashtirish masalalari yoritilib, ichki auditning moliyaviy nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda ichki auditni risklarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etish, audit jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda audit natijalarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga integratsiya etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Monografiya davlat tashkilotlarida shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy xodimlar, ichki auditorlar va davlat moliyaviy boshqaruvi sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Monografiya ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalarga mo‘ljallangan. Undan davlat sektorida ichki audit tizimini takomillashtirish, moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish hamda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga qiziquvchi ichki auditorlar, davlat moliyaviy nazorati organlari xodimlari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishi mumkin.