-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
Mazkur darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining davlat ta’lim standartlari va “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” kursining namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda yaratildi. Unda pedagogik texnologiya asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan. Darslikdan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikasi bo‘yicha shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Pedagogik texnologiya
Darslikda Pedagogik texnologiya kursining nazariy-metodologik asoslari, uning loyihalash asoslari yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining nazariyasi va loyihalash tartibi keltirilgan holda masofaviy o‘qitish texnologiyasi o‘z aksini topgan. Ushbu darslik Kasb ta‘limi yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ham qo‘llash maqsadga muvofiq.
-
Pedagogik diagnostika va korreksiya
Mazkur darslikda pedagogik diagnostikaning nazariy va amaliy asoslari, rivojlanish tarixi, metodlari, korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari, bosqichlari hamda metodlarining kognitiv tavsifi xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonini tashxislashning o‘ziga xos jihatlari, o‘quvchilarning aqliy rivojlanganlik, axloqiy tarbiyalanganlik hamda kasbga yo‘naltirilganlik darajasini tashxislash, tashxislash yordamida sinf (guruh) jamoasi va oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini baholash, shuningdek, tashxislash orqali uzluksiz ta’limda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning empirik asoslari ko‘rsatib berilgan.
-
International political economy
“This is an outstanding introduction to the field of international political economy. Crucially for a textbook, it finds the right balance between theory and context. It provides an engaging and well-written introduction to key developments in world economic history, while also introducing the essential tools that are necessary to interpret these developments. Added to this, students will find it full of engaging real world examples that bring the subject to life. It should be considered as a standard text for all IPE courses at undergraduate level.”
-
PANORAMA Deutsch als Fremdsprache B 1.1
Das Lehrwerk PANORAMA richtet sich an erwachsene Lernende ohne Vorkenntnisse, die im In- und Ausland Deutsch lernen. Es führt in drei Gesamt- bzw. in sechs Teilbänden zu den Niveaustufen A1, A2 und B1 des Gemeinsamen europäischen Referenzrahmens. Das Kursbuch umfasst 16 abwechslungsreiche, klar strukturierte Einheiten. Die ersten vier Seiten vermitteln kleinschrittig neue Redemittel und Strukturen anhand von authentischen Dialogen, Lese- und Hörtexten. Interaktionsorientierte Aufgaben und Übungen sprechen unterschiedliche Lernertypen an. Der Wortschatz wird systematisch vermittelt, ein Schwerpunkt liegt dabei auf dem Wortverbindungen. Die fünfte Seite bietet authentische Lesetexte, die Einblicke in die deutschsprachige Lebenswelt ermöglichen und zum interkulturellen Vergleich anregen. Die letzte Seite fasst die wichtigsten Redemittel und Strukturen übersichtlich zusammen. Das Buch bietet zudem Augmented-Reality-Materialien, die mit einer App abgerufen werden können.
-
PANORAMA Deutsch als Fremdsprache B1 Übungsbuch
Panorama Deutsch als Fremdsprache B1 Übungsbuch bietet ein umfangreiches Angebot an Übungen zur Vertiefung und Festigung der Lerninhalte aus dem Kursbuch. Das Übungsbuch begleitet den Lernenden auf dem Weg zum Niveau B1 und unterstützt durch vielfältige Aufgabenstellungen die gezielte Vorbereitung auf die Prüfungen Goethe-Zertifikat B1 und telc Deutsch B1. Inhaltlich deckt das Werk 16 Kapitel ab, die von Beziehungen über Arbeitswelt bis hin zu aktuellen gesellschaftlichen Themen reichen, und umfasst zudem Grammatikübungen, Übungen zu unregelmäßigen Verben und Präpositionen sowie Lösungen zur Selbstkontrolle.
-
-
PANORAMA Deutsch als Fremdsprache B1
Das Lehrwerk Panorama richtet sich an erwachsene Lernende ohne Vorkenntnisse und führt in verschiedenen Teilbänden zum Sprachniveau B1. Es zeichnet sich durch einen integrierten Ansatz aus, bei dem alle Fertigkeiten wie Hörverstehen, Textarbeit und Sprechen durch authentische Materialien, Video-Clips und interaktive Übungen trainiert werden. Der Wortschatz wird systematisch vermittelt, wobei der Fokus auf Wortverbindungen liegt. Das Buch bietet zudem durch die Panorama-Seiten Einblicke in die deutschsprachige Lebenswelt sowie landeskundliche Informationen und unterstützt individuelles Lernen durch ein ergänzendes Augmented-Reality-Angebot.
-
PAN POLSKI. Podręcznik do nauki języka polskiego jako obcego na poziomie A1-A2
PAN POLSKI to kompleksowy podręcznik do nauki języka polskiego jako obcego, opracowany z myślą o osobach początkujących na poziomie biegłości A1-A2. Publikacja obejmuje wszystkie kluczowe sprawności językowe, w tym mówienie, słuchanie, czytanie, pisanie, gramatykę oraz leksykę, co pozwala na wszechstronny rozwój umiejętności komunikacyjnych. Książka została zaprojektowana w sposób przystępny i atrakcyjny, wspomagając proces nauki cudzoziemców w sposób uporządkowany. Do podręcznika dołączone są materiały dźwiękowe, które można pobrać ze strony internetowej wydawnictwa, co stanowi cenne wsparcie w ćwiczeniu poprawnej wymowy i rozumienia ze słuchu.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar hamda o‘zgarishlarni, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo‘yicha ilk bora tayyorlanib o‘quvchi e’tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o‘rin olgan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu darslikda mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi inqirozli holat, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi, O‘zbekistonda huquqiy, demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, davlatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviyat va madaniy taraqqiyot, ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekistonning tashqi siyosati, yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalar, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, O‘zbekistonning xalqaro reyting miqyosida egallayotgan o‘rinlari yoritib berilgan.
-
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Mazkur darslik O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni, shuningdek, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklarni qamrab oladi. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar va ilmiy tadqiqot xulosalari o‘z aksini topgan bo‘lib, o‘quvchi yoshlarga vatanparvarlik, tarixiy tafakkur va milliy g‘urur tuyg‘ularini singdirish maqsad qilingan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar hamda o‘zgarishlarni, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan va oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik
Darslikda “O‘zbekiston tarixi” ta’lim mutaxassisligi o‘quv rejasida asosiy fan sifatida o‘qitilayotgan “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik” fanining o‘quv dasturida belgilangan mavzularning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Bakalavr bosqichida tarix fanidan olingan bilim bazasiga tayangan holda mavzular shakllangan bo‘lib, bag‘rikenglik g‘oyasining hozirgi zamonda har bir davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin egallashi, O‘zbekistonning bu masalada tarixan o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi, bag‘rikenglik - o‘zbek xalqi mentaliteti o‘zagini tashkil etishi, turli tarixiy davrlarda aholi milliy tarkibi o‘zgarishlarining sabab va oqibatlari, o‘zbek xalqining deportatsiya qilingan xalqlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi hamda bag‘rikeng munosabati ochib berilgan. Mustaqil O‘zbekistonda millatlararo munosabatlardagi barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati rasmiy hujjatlar va aniq ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan.
-
Elektr hám magnetizm
Elektr hám magnetizm sabaqlıgı mámleketlik bilim standartı talapları,úlgili oqıw baǵdarlaması hám bakalavr fizikabagdarları studentleri ushın oqıw baǵdarlaması tiykarında islengen.
-
O‘ZBEKISTON TARIXI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatimizdagi eng qadimgi davrdan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni qamrab oladi. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umum e’tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-sonli buyrug‘iga asosan tavsiya etilgan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy asoslangan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.