-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyalari
Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyalari‖dan darslik oliy ta‘lim 60220500 - Falsafa bakalavriyat yo'nalishi bo'yicha o'quv rejasiga kiritilgan bo'lib, davlat standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Kitobda tabiatshunoslik ilmining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari, arxaik, antik va zamonaviy tabiiy-ilmiy bilimlar, nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi; olamning tabiiy-ilmiy manzarasi; klassik, noklassik, postnoklassik tabiatshunosligi, tabiatshunoslik sohasidagi ilmiy inqiloblar, tabiatshunoslikning gorizontal va vertikal strukturalari, darajalari, metodlari, fizika va astronomiya ilmining uyg'unligi, termodinamika, evolyutsion g'oya, ochiq tizimlar, oz-ozini tashkillashtirish, sinergetika masalalarining nazariy asoslari innovatsion tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Kitob barcha oliy o'quv yurtlarida falsafa bilan shug'ullanuvchi bakalavlar, magistrantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar va umuman, falsafa muammolari bilan qiziquvchilarga va shu sohaga oid ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Ta'limda raqamli texnologiyalar laboratoriya mashg'ulotlari
Ushbu o'quv qo'llanma "Ta'limda raqamli texnologiyalar" fani bo'yicha pedagogika oliy o'quvyurtiari bakalavr 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta'lim yo‘ nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda shu fanning namunaviy o'quv dasturida keltirilgan mavzular bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarishyuzasidan ko'rsatmalar hamda har bir laboratoriya ishi uchun topshiriqlar keltirilgan. Bular talabalarga shu fanni yanada chuqurroq o'zlashtirishga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz.
-
Ontologiya va bilish nazariyasi (rivojlanish falsafasi)
"Ontologiya va bilish nazariyasi (rivojlanish falsafasi)" o'quv qo'llanmasi talabalarni borliqdagi rivojlanish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur boʻIgan bilimlar, rivojlanish, taraqqiyot, tanazzul, rivojlanish konsepsiyasi, uning yo'nalishlari va shakllari, dialektika kategoriyalari, ta'limot va rivojlanish, o'zaro aloqadorlik qonuniyatlari kabi bilimlar bilan qurollantiradi. Bunda faylasuf talabani dialektika tushunchasining mohiyati va mazmuni, bahs va dialektika, qaramaqarshilik, umumiy o'zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari, bilish, obyektivlik, umumiy aloqa va rivojlanish tamoyillari, dialektik dunyoqarash va binar tafakkur madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta'sir koʻrsatadi. Oʻquv qo'llanmada berilgan mavzularda hozirgi zamonda rivojlanish falsafasining umumnazariy muammolari tahlil qilingan. Talabalarda rivojlanishning ontologik mazmunini o'rganish va bilish, dialektika metodologiyasining asosiy tushunchalarini, qonunlarining tasnifi haqida tasavvurga ega boʻlishga yo'naltirilgan. Oʻquv qoʻllanma bakalavriat falsafa yo'nalishi talabalari uchun konseptual-metodologik material bo'lib xizmat qiladi.
-
Sud-psixologik ekspertiza
O'quv qo'llanma psixologik bilimlardan foydalanishni va sud-psixologik ekspertizasiga bo'lgan ehtiyojning oshib borishi bilan bog'liq. Qo'llanma ichki ishlar organlari xodimlariga jinoyatlarni fosh qilish va tergov olib borishlarida, odil sudlov, adolatni amalga oshirishda foydali bo'ladi. Ushbu о‘quv qо‘llаnmаdа “Sud-psixоlоgik еkspеrtizа” fаnining mоhiyаti, psixikаni rivоjlаnishi, bilish jаrаyоnlаri, shаxsning hissiy-irоdаviy sоhаsi, individuаl-psixоlоgik xususiyаtlаr, psixоlоgik hоlаtlаrlаrining bаrchаsini о‘z ichigа qаmrаb оlgаn. Shuningdеk, Mаzkur о‘quv-uslubiy qо‘llаnmаdа shаxsning nizоli vаziyаtdаgi еmоtsiоnаl hоlаtlаrining nаzаriy tаhlili kеltirilgаn bо‘lib, qаyd qilingаn tаkliflаrdа sud-psixоlоgik tаdqiqоtlаrining turlаri аniqlаngаn vа ulаr muаllifning tаjribаsidаn оlingаn misоllаr bilаn tо‘ldirilgаn, hаmdа glоssаriy kоntеkstidа psixоlоgik bilimlаrgа tеgishli u yоki bu tushunchаlаr hаqidа tаsаvvurgа еgа bо‘lish imkоniyаti bеrilgаn.
-
Biznes huquqi. Korporativ huquq
Darslikda tadbirkorlik biznes huquqining predmeti tadbirkorlik huquqining nazariy huquqiy va qonuniy tushunchasi belgilari o'ziga xos xususiyatlari manbalari tadbirkorlik biznes faoliyatining turlari ularning umumiy tavsifi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning tashkiliy huquqiy asoslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari tadbirkorlik faoliyatida shartnomaviy munosabatlar tadbirkorlik biznes faoliyati subyektlarining fuqarolik huquqiy javobgarlik asoslari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar shuningdek darslikda har bir mavzusi bo'yicha talabalar bilimini mustahkamlashga qaratilgan savollar glossariy hamda barcha mavzularga oid manbalar ifoda etilgan Darslikdan Oliy ta'lim muassasalari yuridik ta'lim yo'nalishi bakalavr va magistrlar kasb hunar ta'limi o'quvchilari tadbirkorlik biznes huquqi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib shugullanayotgan tayanch va mustaqil izlanuvchilar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoki ushbu faoliyatni bevosita yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun tavsiya etiladi
-
Siyosat falsafasi
Hozirgi globallashgan dunyoda insoniyatning siyosat sohasidagi faolligi oshib bormoqda. Siyosat ilmini o‘rganuvchi soha siyosatshunoslik bo‘lib, uni falsafiy tahlilini siyosat falsafasi amalga oshiradi. Hozirgi paytda ijtimoiygumanitar fanlar orasida siyosiy fanlarning nufuzi ortib bormoqda. Siyosatshunoslar esa, siyosat va hokimiyat texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis, xalq va siyosatchilarning professional maslahatchisiga aylanmoqda. Siyosiy nazariya har qanday ijtimoiy-siyosiy hodisani shunchaki tushunib olish uchun emas, balki uni ma‘lum sharoitlarda o‘zgartirish yoki nazorat ostiga qo‘yadigan tarzda tushunish uchun yaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Insonning siyosiy tafakkuri va ruhiyati bilan bog‘liq muammolar bugungi kunda albatta falsafiy tahlilni talab qiladi. Mazkur darslikda siyosat falsafasining dolzarb muammolari va masalalarini tahlil qilishga harakat qilindi. Mazkur darslik “60220500 – Falsafa (qo‘llash sohasi)” bakalavr yo‘nalishi talabalariga o‘tiladigan “Siyosat falsafasi” kursi uchun tayyorlandi.
-
Концепты русской культуры в классической литературе
Учебное пособие для магистрантов и студентов высших учебных заведений, содержащее теоретический материал, вопросы для самопроверки, темы для рефератов и самостоятельной работы по курсу «Лингвокультурология». В настоящее время в Республике Узбекистан вопрос об образовании и развитии науки приобретает исключительную важность. Узбекистан XXI века – это государство, в котором созданы все условия для изучения и сохранения многовековых культурных ценностей, углубленного исследования литературного наследия.
-
Strategik menejment
Mazkur oʻquv qoʻllanmada strategik boshqarishni rejalashtirish ijrosini ta'minlash va vazifalari, usullarini qoʻ'llay olish. strategiya yaratishning tashkilot va uning faoliyat turlari. moliyaviy tahlil va boʻlinma faoliyati ko'rsatkichlari va boshqa ma`lumotlar berilgan.
-
Xitoycha-o'zbekcha tarjima nazariyasi va amaliyoti
Xitoy tilidagi o'zaro teng bog'langan qo'shma gaplarning o'zbekcha tarjima qilish usullari
-
Детская литература
Детская литература: учебное пособие раскрывает понятие «детская литература» на материале устного народного творчества, русской и переводной литературы. Впервые представлены очерк истории науки о детской литературе, обзоры литературы ранней русской эмиграции, постсоветского периода и начала XXI века, а также введение в историю детских литератур народов России. Пособие предназначено для студентов высших филологических и педагогических учебных заведений. Может быть полезен для специалистов, изучающих культуру детства, — психологов, литературоведов, историков, всех работников детской книги. В данном пособии изложены основы курса, которые при необходимости могут быть расширены в том или ином направлении, заданном конкретной учебной программой.
-
DIFFERENSIAL TENGLAMALAR NAZARIYASINING TANLANGAN BOBLARI OPERATSION HISOB VA UNING DIFFERENSIAL TENGLAMALARGA TADBIGʻI OʻQUV QOʻLLANMA
Qoʻllanma “Operiatsion hisob” kursining asosiy boʻlimlari qamrab olingan boʻlib u mashgʻulotlarga boʻlingan. Har bir mashgʻulotda mazuga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilib, tipik masalalar yechimlari va mustaqil topshiriqlarni bajarish shartlari javoblari bilan berilgan. Kursning asosiy boʻlimlarini qamrab olgan, 5 ta nazorat mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Qoʻllanma talabalarga operiatsion hisob boʻyicha masalalarni mustaqil yechish boʻyicha zarur koʻnikmalarni egallashga va kurs boʻyicha masalalarni hal qilish usullarini oʻrganishga yordam beradi. Qoʻllanma matematika, muhandislik fizikasi, amaliy matematika mutaxassisliklarda tahsil olayotgan talabalar uchun foydali boʻlishi mumkin.
-
Jamol Kamolning badiiy mahorati
Monografiyada lirik janrlar tipologiyasidagi rang-baranglik, uslubiy-shakliy o 'ziga xoslik, lirik janr va shakllarning kanonlari, o'zbek she'riyatida janrlarning yangilanish tendensiyasi, badiiy oʻlchamlari, dinamik va statik qonuniyatlari, genezisi, Sharq va G‘arb she'riyatining ilg'or an'analari tutashuvi natijasida universal lirikaning hosil boʻlganligi, barmoq va erkin vazn hukmronlik qilgan XX asr she'riyatida aruz vaznini qayta badiiy iste'molga olib kirish asnosida milliy janrlar barhayotligini ta'minlash, badiiy g'oya va lokanizm, lirik xronotop konsepsiyasi, individual uslub poetikasi kabi nazariy muammolar Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol she'riyati negizida yoritib berilgan.
-
Tuproqshunoslikda geoaxborot tizimlari va modellashtirish
Mazkur uslubiy qoʻllanma 60810700 - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo 'ljallangan boʻlib, undan tuproqshunoslik ta'lim yo‘nalishi talabalari hamda qishloq xoʻjaligi institutlari talabalari, magistrlari, qishloq xo 'jaligida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar va fermerlar hamda kitobxonlar ham ish jarayonida foydalanishi mumkin.
-
Tuproq biologiyasi va kimyosi
Mazkur darslik 60810700-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda tuproq biotasi, undagi hayvon va mikroorganizmlarning ekologik guruhlari yoritilgan. Tuproq suv o`tlari, zamburug`lari, lishayniklar toʻgʻrisida ma'lumotlar berilgan. MDH va O`zbekistonda tarqalgan tuproqlaraning biologik faolligi sodda, oʻquvchiga tushinarli tarzda yoritib berilgan. Shuningdek darslikdan tuproqning element va faza tarkibi, tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyati, ishqoriy va ishqoriy yer metallari, temir, alyuminiy birikmalari, tuproq jarayonlarida azot, fosfor va kaliy, oltingugurt birikmalari, uglerodli birikmalar, tuproq organik moddalari, gumifikasiya jarayoni, mikroelementlar va tuproqning kimyoviy ifloslanishi toʻgʻrisida ham tushinchalar berilgan.
-
Oliy matematika asoslari fanidan mustaqil ishlar
Uslubiy qo'llanma oliy matematika asoslari fani bo'yicha "60310900- Psixologiya (faoliyat turlari bo 'yicha)" bakalavriat ta'lim yo 'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, unda shu fanning namunaviy o 'quv dasturidan kelib chiqih, "Matematika" fanining paydo boʻlish tarixi, ajdodlarimizning matematika faniga qo 'shgan hissalari, ko'phadlar ustida amallar, ko 'phadlarni umumiy maxrajga keltirish, matritsalarni ko'paytirish, determinantlarni hisoblashning turli usullari, chiziqli tenglamalar sistemalarining tarixiy masalalarga tadbiqlari, funksiyalar va ularning xossalari, ko 'rsatkichli va logarifmik funksiyalar,integrallash usullari va aniq integral tadbiqlari, integral va uning tadbiqlari, analitik geometriya masalalari.
-
ОРНИТОЛОГИЯ
Основные разделы книги посвящены морфологическим функциональным и экологическим адаптациям, размножению, явлению гнездового консерватизма. Специальные главы посвящены значению хищных и рыбоядных птиц в экосистемах, проблеме зерноядных птиц, вопросам связанным с охраной окружающей среды и птиц, с авиацией, медициной, охотничьих хозяйством. Учебное пособие отвечает требованиям высшей школы и будет полезным, как для студентов биологических факультетов университетов, так и для преподавателей вузов и школьных учителей