-
XUDO BAXSH SHARQ JAMOAT KUTUBXONASI (HINDISTON) TO'PLAMIDA O'ZBEKISTON QOʻLYOZMA MEROSI (2-QISM)
F.F.Abduxaliqov, Sh.Bedar, A.R.Bedar, -
O'ZBEKISTON MADANIY MEROSI QOZOG'ISTON VA QIRG'IZISTON MUZEYLARIDA
F.F.Abduxaliqov, B.Akpasov, A.Yerjgitov, -
MARKAZIY OSIYO QOʻLYOZMA MEROSI BERLIN DAVLAT KUTUBXONASIDA (1-QISM)
F.F.Abduxaliqov, A.Mirsulton, -
MARKAZIY OSIYO QO'LYOZMA MEROSI BERLIN DAVLAT KUTUBXONASIDA (2-QISM)
F.F.Abduxaliqov, A.Mirsultan, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
XUDO BAXSH SHARQ JAMOAT KUTUBXONASI (HINDISTON) TO'PLAMIDA O'ZBEKISTON QOʻLYOZMA MEROSI (2-QISM)
F.F.Abduxaliqov, Sh.Bedar, A.R.Bedar,Kitobning asosiy qismini Boburiylar saroy san’atiga xos bo‘lgan nafis miniatyuralar, oltin suvi yuritilgan xattotlik namunalari va tarixiy solnomalar tashkil etadi. Ushbu nashr Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy aloqalarni, xususan, kitobat san’ati va tasviriy san’atning o‘zaro uyg‘unligini tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
-
O'ZBEKISTON MADANIY MEROSI QOZOG'ISTON VA QIRG'IZISTON MUZEYLARIDA
F.F.Abduxaliqov, B.Akpasov, A.Yerjgitov,Kitobda Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi, san’ati va madaniyatini aks ettiruvchi noyob eksponatlar — qadimiy arxeologik topilmalar, o‘rta asrlarga oid hunarmandchilik namunalari, nafis zargarlik buyumlari, an’anaviy kashtachilik va liboslar hamda nodir qo‘lyozmalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Albomda Olmaota, Ostona, Bishkek va O‘sh shaharlaridagi yirik muzeylarda saqlanayotgan, o‘zbek davlatchiligi va madaniyati tarixiga oid qimmatli ashyolarning yuqori sifatli suratlari va ilmiy tavsiflari jamlangan.
-
MARKAZIY OSIYO QOʻLYOZMA MEROSI BERLIN DAVLAT KUTUBXONASIDA (1-QISM)
F.F.Abduxaliqov, A.Mirsulton,Ushbu kitob-albom Germaniyadagi eng yirik va boy xazinalardan biri — Berlin davlat kutubxonasi (Staatsbibliothek zu Berlin) fondida saqlanayotgan nodir Markaziy Osiyo qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan. Nashrda qadimgi turkiy, forsiy va arab tillaridagi noyob asarlar, xususan, tibbiyot, astronomiya, tarix va islom diniy ilmlariga oid qadimiy bitiklarning tavsifi berilgan.
-
XUDO BAXSH SHARQ JAMOAT KUTUBXONASI (HINDISTON) TO'PLAMIDA O'ZBEKISTON QOʻLYOZMA MEROSI (1-QISM)
Sh.Bedar, A.R.Bedar,Mazkur nashr "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining bir qismi bo‘lib, Hindistonning Patna shahridagi mashhur Xudo Baxsh kutubxonasida saqlanayotgan nodir asarlarga bag‘ishlangan. Albom-kitobda O‘zbekiston hududidan turli davrlarda olib ketilgan yoki o‘zbek allomalari, jumladan, Temuriylar va Boburiylar davri ijodkorlari tomonidan yaratilgan noyob qo‘lyozmalar, miniatyuralar va tarixiy hujjatlar haqida ma’lumot beriladi. Kitob keng kitobxonlar ommasi hamda sharqshunos va tarixchi olimlar uchun mo‘ljallangan.
-
MARKAZIY OSIYO QO'LYOZMA MEROSI BERLIN DAVLAT KUTUBXONASIDA (2-QISM)
F.F.Abduxaliqov, A.Mirsultan,Ushbu tasvir "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" turkumiga mansub kitob-albomni aks ettiradi. Ushbu loyiha O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini o'rganish hamda dunyo bo'ylab tarqalgan o'zbek qo'lyozmalari va san'at asarlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan
-
TATARISTON RESPUBLIKASI MUZEYLARI TO'PLAMLARI (ROSSIYA
F.F.Abduxaliqov,Bu tasvir "O'zbekiston madaniy merosi" (The Cultural Legacy of Uzbekistan) xalqaro loyihasi doirasida nashr etilgan kitob-albomning muqovasidir. Mazkur kitob Rossiyaning Tatariston Respublikasi muzeylarida saqlanayotgan O'zbekiston madaniy merosiga oid eksponatlar va kolleksiyalarga bag'ishlangan.
-
KUSHONLAR VA BOBURIYLAR SAN'ATI NYU-DEHLIDAGI HINDISTON MILLIY MUZEYIDA
F.F.Abduxaliqov,Ushbu kitob-albomda muallif Abdulg'afur Razzoq Buxoriyning xususiy kolleksiyasiga oid xattotlik, naqqoshlik san'ati va kitob miniatyuralaridan bebaho namunalar taqdim etilgan. Islomshunos olim, taniqli xattot, ustoz, Sharq mumtoz adabiyoti bilimdoni Abdulg'afur Razzoq Buxoriy ko'p yillar davomida Sharq kitobat san'atini o'rganish bilan shug'ullanib keladi. Turfa xattotlik yozuvlari bo'lgan, nafis naqshlar bilan hoshiyalangan sahifalar ham O'zbekiston hududida, ham uning tashqarisidagi turli badiiy markazlar xattotlari va rassom-naqqoshlarining yuksak mahoratini namoyish etadi. Qur'oni karim namunalari alohida e'tiborni tortadi ularni dizaynining benuqsonligi va nafisligi umumlashtirib turadi. Kitob-albomda miniatyura namunalari ko'p emas, ammo chop etilganlarining bari bir maromda tasvirlangani, ranglari uyg'unligi va yuksak mahorat mahsuli ekanligi bilan diqqatga sazovor.
-
TEMURIYLAR MADANIY MEROSI OʻZBEKISTON TO'PLAMLARIDA
F.F.Abduxaliqov,Madaniy meros – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy boyliklarni anglatuvchi tushuncha. Har bir davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masalan, Qadimgi yunon madaniyati doirasida fan, adabiyot va san’ati sohasida yaratilgan nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namunasi sifatida UNESCO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
-
Malika Ayyor, Xalq og'zaki ijodi
Fozil Yo'ldosh o'g'li,"Malika Ayyor" ham "Go'ro'g'li" turkumiga kiradigan ko'plab dostonlardan biridir. Asar baxshi Fozil Yo'ldosh tomonidan kuylangan. Doston an'anaviy ravishda muhabbat va ishqiy sarguzashtlar bilan boshlangan va butun asar davomida sevgiga doir kechinmalar tasvirlangan bo'lsa-da, aslida unda imon-e'tiqod, or-nomus, insoniy iroda, topqirlik, chidam singari ezgu ma'naviy sifatlar hamda bunday fazilatlarga ega bo'lish uchun odam o'tishi zarur sinovlar tasvirlanadi.
-
-
Тириклик суви
Тохир, Малик,Мазкур китобга одамийлик хуснининг гултожи хисобланган номус ва хаё фазилати баробарида энг хунук иллатлардан булмиш номуссизлик ва бехаёлик иллатлари хакида бахс юритувчи бадиий асарлар жамланган. Номус фазилатига эришганлар саодатга етишсалар, шайтонга тиз чукиб ибодат килувчи номуссизларни кутаётган азоблар хакида хам суз боради.
-
Avlodlar Dovoni
Primqul Qodirov,Hijriy 935-yilda Agraga ko`chib kelgan Xonzoda begim o`n yildan beri Hindistonda istiqomat qilayotgan bo`lsa ham, hanuzgacha bu yerdagi yil fasllarining g'aroyibligiga o'rganolmaydi.
-
Garri Potter va qaqnus ordeni
Joanna Ketlin Rouling,Garri yozgi ta'tilning qolgan qismini Londonning Pinhoniylik maydonida o`tkazib,Voldemortga qarshi kurash olib boradigan,Yovuz Lordning rejalari hayotga tatbiq etilishi,dahshatli niyatlarining amalga oshishiga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rib boradigan Qaqnus ordeni va uning faoliyati bilan tanishadi.
-
Garri Potter va olov kuboki
Joanna Ketlin Rouling,''Garri Potter romanlar turkumining ushbu qismida bu yil ''Xogvars''da Uch sehrgar bellashuvi bo'lib o`tadi. Sehrgarlar olamida nihoyatda qiziqarli sanaladigan ushbu tadbirda Yevropadagi uchta yirik maktab:''Xogvars'',''Belstek'',va ''Durmshtrang'' o`quvchilari orasidan saralab olingan chempionlikka da'vogarlar ishtirok etadi.
-
Одатнома
Усмон Ҳосил,Мазкур нашр ўзбек халқининг бой маънавий мероси ва яшаш тарзи — урф-одатларининг илмий-оммабоп баёнига бағишланган бўлиб, «Одатнома» туркумининг мантиқий давоми, яъни иккинчи китобидир. Унда илк бор юртимизда нишонланадиган ижтимоий-сиёсий, маданий-маърифий ҳамда замонавий экологик маросимлар тизимли равишда тадқиқ этилган. Шунингдек, китобдан ўзбекона этник либослар, кийиниш маданияти, қадимий халқ ўйинлари, миллий таомлар тайёрлаш сирлари ҳамда спорт ва дам олиш анъаналари ҳақидаги қимматли маълумотлар ўрин олган. Китоб кенг китобхонлар оммаси, этнограф олимлар ва миллий қадриятларимизга қизиқувчи барча китобхонлар учун мўлжалланган.
-
НА ДНЕ
МАКСИМ ГОРЬКИЙ,Максим Горький одна из ключеиых фигур советской литературы, основоположник метода социалистического реализма.
-
ПЕТР ПЕРВЫЙ
Алексей Толстой,Творчество Алексея Николаевича Толстого поистине многогранно: мастер научно -фантастической прозы, создатель всеми любимой сказки" Золотой ключик" , автор эпопеи "Хождение по мукам " и многочисленных повестей ,рассказов и пьес.
-
Юзма-юз Жамила Сарвқомат дилбарим Биринчи муаллим Сомон йўли Бўтакўз Алвидо, Гулсари Оқ кема Эрта қайтган турналар Соҳил ёқалаб чопаётган Олапар
ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ,Ч. Айтматов Улуғ қирғиз адибининг аксарият асарларини ўз она тилимизда анчадан буён мутолаа қилиб келамиз. Қўлингиздаги китобда эса унинг барча қиссалари бир муқова остида илк бора жамланди ва улар ёзувчининг ўзи тартиб бергандек жойлаштирилди. Бундан ташқари, даставвал ёзганидан ўттиз бир йил ўтиб салмоқли бир боб қўшган "Юзма-юз" қиссаси ўзбек тилида биринчи марта тўлиқ ҳолда тақдим этиляпти. Бу Чингиз Айтматов таваллудининг 90 йиллигига китобхонларимиз учун ажойиб совға бўлиши шубҳасиз.
-
HABOUÚ тили луғати
Бердак ЮСУФ,Алишер Навоий асарларининг ушбу луғати XVIII – XIX асрларда яшаб ижод қилган Муҳаммад Ризобек Хоксорнинг «Мунтахаб ул-луғат» ва «Зубд ул-луғат» асарлари жамланган. Китобда мумтоз адабиётимизда кўп учрайдиган астрономия, адабиёт, мусиқа, фалсафа, геометрия, архитектура, зоология, биология ва шу каби бир қатор фанларга тааллуқли, замондош ўқувчиларимиз учун тушуниш мураккаб бўлган арабча, форсча сўзларнинг маъно ва изоҳлари келтирилган. Луғат адабиётшуноc, манбашунос, тилшунослар ва адабиётга ихлосманд кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган.
-
ОДАМИЙЛИК МУЛКИ
ТОҲИР МАЛИК,«Одамийлик мулки» рисоласи нашр этилгандан кейин ҳам муаллиф бу мавзудаги ижодий ишларни тўхтатмади. Асарни оятларга айтилган тафсирлар, шарафли ҳадислар ва улуғларнинг ҳикматлари билан янада бойитишга доир изланишлар давом этяпти. Қўлингиздаги мазкур китоб шу ишларнинг меваси ўлароқ юзага келди. Унда муаллиф Сиз - азиз мухлисларни ризқ, нафс ва бойликка доир мавзулардаги уч суҳбатга чорлайди.