-
Yolg'izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes,Kitobxon nazarida avval boshdan jannatmonand yurt sifatida tasavvur uyg`otadigan Makondo fuqarolari bora-bora boshqacha hayot tarzi bilan yashashni xohlab qoladilar: ularga endi o`zlari makon tutgan yer torlik qiladi, ozodlik, hurlik istab qoladi qalblari. Alaloqibat esa tabiat in`om etgan baxtdan yuz o`girish ularga qimmatga tushadi, itoatsizliklari oqibatida muqarrar yolg`izlikka hukm qilinadilar.
-
Taxtlar o'yini
Jorj R.R Martin,Romanda voqealar turli nuqtai nazar va qahramonlar tilidan hikoya qilinib, Martin kitobxonga Vesteros, Devor va Targaryenlar singari zodagon xonadonlar tarixi va taqdiri taqdim etadi. Asarning bir nechta spin-off versiyalarni, jumladan, bir nechta oʻyinlarni ilhomlantirgan. Shuningdek, fantastik roman 2011-yil aprel oyida premyerasi boʻlgan HBO teleseriali „Taxtlar oʻyini“ning ilk fasli nomi va asosi sanaladi.
-
Юксакликка йўл
Мухтабар Каримова,Инсон яшар экан,хаёти давомида ўзидан яхши ном,ёруғ из қолдиришни истайди.
-
Сиёсатнома
Низомулмулк,Жахон маданиятининг бешикларидан бўлган Шарқ тарихи кўп воқеаларга шохид: саноқсиз жанг-у жадаллар натижаси ўлароқ салтанатлар алмашди,не-не буюк шох-у саркардалар келиб кетдилар.
-
Сиз қўрқувдан кучлироқсиз
Реджин Галанти,Китоб ўсмирларга безовталик,стресс ва қўрқувларни енгишда ёрдам беради.Тавсия этилган машқлар конгнитив хулқ-атвор терапиясига ва онгни ривожлантириш амалиётига асосланган.Уларни мунтазам фойдаланиш ўсмирнинг хаёти тинчроқ ва бахтлироқ ўтишида ёрдам беради.
-
Javohirot sandig`i
Shukrullo,''Javohirot sandig`i'' qissasi memuar janriga mansub bo`lib,unda muallif bolaligida ko`rgan-kechirganlarini,Toshkent mahallalaridagi hayot tarzini,shoir bo`lib shakllanish davridagi tengdoshlari,G`afur G`ulom,Maqsud Shayxzoda,Hamid Olimjon kabi atoqli adiblarning shaxsi,fe'l-atvori,dunyoqarashini o`ziga xos shoirona iboralarda tasvirlaydi.
-
Muhabbat qo`shig`i
Xudoyberdi To`xtaboyev,Brg`ubor tong havosidek musaffo muhabbat ikki yosh taqdirini o`zgartirib yuboradi.Sherali va Gulasalning bir-biriga ko`ngil qo`ygani butun qishloqqa ovoza bo`ladi.Chunki Gulasal Ortiqali degan yigitga unashtirilgan edi.Sheralining pokiza qalbi,jasorati odamlarning fikrini o`zgartirib,uning o`z sevgisiga yetishishiga sabab bo`ladi.
-
Talaba
Tara Vestover,“Talaba” — bu Tara Westoverning haqiqiy hayotiga asoslangan memuar bo‘lib, unda ta’lim orqali o‘zini anglash va erkinlikka erishish yo‘li tasvirlanadi. Muallif qat’iy diniy va izolyatsiyada yashagan oilada ulg‘ayadi, maktabga bormaydi va rasmiy ta’lim olmaydi.
-
Tundaliklar
Asqad Muxtor,Mazkur asar – muallifning tungi kechinmalari, fikr-mulohazalari mahsuli. Ular yagona gʻoyaviy-falsafiy yoʻnalishga ega emas, ammo yozuvchining bedor qalbi, uygʻoq tafakkuri, tugʻyonli kechinmalari – barchasi mushtarak moʻjizalar – Odam va Olam bagʻridagi sir-sinoatlardan darak beradi, kitobxonni teran xayolga toldiradi.
-
Dashti qipchoq lochini
Saʼdulla Siyoyev,Sаʼdullа Siyоyеvning “Dаshti qipchоq lоchini yоxud Muhаmmаd Shаybоniyxоn” qissаsidа Shаybоniyxоn оbrаzining tаsviri vа uning оʻzigа xоs xususiyаtlаri hаqidа sоʻz yuritilаdi. Tarixiy asarlarning adabiyotdagi va shaxs maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni haqida fikrlar ham yoritilgan.
-
Ego – dushmaning
Раян Ҳолидей,Ushbu asarda Ryan Holiday inson muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri — ego (o‘zini haddan ortiq ulug‘lash, manmanlik) ekanini ta’kidlaydi. Muallif Stoitsizm falsafasiga tayangan holda, ego insonni rivojlanishdan to‘xtatishini, uni xatolarni tan olishdan va o‘sishdan mahrum qilishini ko‘rsatadi.
-
CHOL VA DENGIZ
Ernest XEMINGUEY,Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q. U bilan qirq kun bola birga bo‘ldi. Hadeganda qo‘li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o‘ta-ketgan Salao, ya’ni «o‘lguday omadi yurishmagan odam» ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog‘iga quydilar. Haqiqatan ham birinchi haftaning o‘zidayoq bu qayiqda baliq desa arziguday uchta baliq tutib kelishdi. Deyarli har kuni cholning dengizdan quruq qaytayotganligini ko‘rib bola ichichidan ezilar edi. U cholning uskunalari, changak, garpun va machtaga o‘ralgan yelkanlarini tashishga yordamlashgani qirg‘oqqa kelardi. Dag‘al matodan to‘qilgan yelk
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir. Asarning asosiy voqealari andalusiyalik Santyagoning ko‘rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o‘quvchini “Dunyoning qalbi”ni tushunishga, o‘z taqdir so‘qmog‘idan yurishga o‘rgatadi. Asarni o‘qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvuf mujassam ekanligining guvohi bo‘lasiz.
-
Yolgʻizlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes,“Yolgʻizlikning yuz yili” – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilinish boʻyicha Migel Servantesning “Don Kixot”idan keyingi oʻrinda turadi. Roman “moʻjizaviy realizm” deb nomlangan yoʻnalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday koʻrsatiladi.
-
Sohibqiron
Abdulla Oripov,1996-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, Sohibqiron Amir Temur hayotiga bagʻishlangan sheʼriy drama. Amir Temur – jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslardan biri. Uning hayot yoʻli bir tekis kechmagan. Taqdirning turfa zarbalariga munosib dosh berolganligi uchun ham shunday ulugʻ maqomga erishgan. Abdulla Oripov qalamiga mansub "Sohibqiron" sheʼriy dramasida Amir Temurning murakkab umr yoʻli haqqoniy boʻyoqlarda ochib berilgan.
-
Nur borki, soya bor
Oʻtkir Hoshimov,Yosh qalamkash Sherzod kasalxonaga tushadi-yu hamma narsani pul bilan oʻlchaydigan Sayfi Soqiyevich bilan hamxona boʻlib qoladi. Tabiatan sofdil, pok eʼtiqod bilan yashashga oʻrgangan Sherzod “dunyoda yo zaring boʻlsin, yo zoʻring” degan shior bilan yashaydigan bunday odamlardan nafratlanadi, ikkovlarining oʻrtasida keskin ziddiyat tugʻiladi... Yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” romanida zamondoshlarimizning pok eʼtiqod uchun kurashi tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov tiniq tasviri, qahramonlar ruhiy olamini chuqur ochishi, tilining ravonligi bilan kitobxonlar mehrini qozongan yozuvchi. Ushbu asar uning birinchi romanidir. Audiokitob “Sanʻat gulshani” studiyasi tomonidan tayyorlangan.
-
Inson nima uchun yashaydi
Lev Tolstoy,Risolada Tolstoy inson hayotining ma’nosi va maqsadi masalasini o‘rganadi. Muallif savol beradi: “Inson nima uchun yashaydi?” va shaxsiy hayotiy tajribalar, diniy va axloqiy mulohazalar orqali javob topishga harakat qiladi. Tolstoyga ko‘ra, insonning haqiqiy ma’nosi egoistik manfaatlarda emas, balki boshqalarga xizmat qilish, sevgi va ruhiy kamolotda yotadi.
-
Гўдакликдан йигитликка қадар
Sheniz Yujel,Bolalarning yomoni bo‘lmaydi, uquvsiz va yomon tarbiyachi ota-onalargina mavjud. Ular har tomonlama to‘kis va baxtiyor farzand baxtli oilada, go‘zal muhitda kamol topishini anglasalar edi, o‘zlariga chetdan nazar tashlashga chog‘langan bo‘lishardi. Demak, biz sharafli avlodga ega bo‘lishni istar ekanmiz, saʼy-harakatlarimizni, avvalo, o‘zimizni taftish qilishga qaratishimiz joiz. Qo‘lingizdagi mazkur kitob farzand tarbiyasida go‘daklikdan o‘smirlik davriga qadar bola bilan qanday munosabat o‘rnatish borasidagi muhim taktika va uslublarni o‘z ichiga olgani bilan dolzarbdir. Bu kitobni har doimgidek faqat onalar emas, hurmatli va aziz otalar ham mutolaa qilishlarini tavsiya qilamiz. Sababi kitobda o‘smir yoshdagi o‘g‘il farzandlar bilan til topishish, yaʼni eng murakkab pallada ota sifatida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga ko‘makchi bo‘ladigan maʼlumotlar berilgan. Zero, kitobdan olinadigan xulosalar sizni qalbingizdagi xayrli avlod o‘stirish orzusiga eltuvchi yo‘lga boshlaydi. Turkchadan Boboxon Muhammad Sharif tarjimasi
-
Kakku uyasi uzra parvoz
Ken Kizi,Ushbu asar inson erkinligi va jamiyatdagi bosim mavzusini chuqur yoritadi. Voqealar ruhiy kasallar shifoxonasida bo‘lib o‘tadi. Asar qahramoni Rendl MakMerfi tartib-qoidalarga bo‘ysunishni istamaydigan, erkinlikni sevuvchi inson sifatida tasvirlanadi. U shifoxonadagi sovuq va qat’iy tartib o‘rnatgan hamshira Retchedga qarshi kurashadi.
-
Boshqaruv haqida ikki risola
Jon Lokk,Ushbu risolada Forobiy ideal jamiyat va mukammal boshqaruv tizimini tasvirlaydi. Asarda rahbar (hokim)ning axloqiy fazilatlari, donoligi va bilimdonligi asosiy mezon sifatida ko‘rsatiladi. Forobiyga ko‘ra, haqiqiy boshqaruvchi nafaqat siyosiy bilimga, balki falsafiy tafakkurga ham ega bo‘lishi lozim. Risola jamiyatni adolat, hamkorlik va umumiy farovonlik asosida boshqarish g‘oyasini ilgari suradi.