-
GRAF MONTE KRISTO
Aleksandr Dyuma,Qo'lingizdagi ushbu kitob fransuz Aleksandr Dyuma qalamiga mansub "Cha'teau d'If "romanining rus tili orqali (fransuz tilidan rus tiliga V.M.Stroyeva va L.I.Ovlavskayalar "Uznik zamka If "tarjima qilishgan)To'lqin Rustamov tomonidan "if qal'asining mahbusi "nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.
-
Chinor
Asqad Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan.Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa,uning teran ildizlari-hikoyatlar yaqin o`tmish haqida,rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil,ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar...
-
Ёлгон психологияси
Пол Экман,Замонавий одам ўн дақиқалик суҳбат ичида ўртача уч марта ёлгон гапириши тўғримикан? Ёлгон инсон ҳаётининг барча сохаларига кириб борганига қандай муносабат билдирасиз? Агар сиз ёлгонни сўз ва овоздаги турланиш орқали ҳам аниқлай олмасангиз қандай йўл тутганингиз маъқул бўлади? Пол Экманнинг китобидан шундай саволларга муфассал жавоб топасиз. Унутманг, ёлгонни яшириш жуда кийин. Универсал ҳисобланувчи макроифодалар ва микро саъй-харакат бўлган имо-ишоралар ҳар доим (ижтимоий ҳолати ва кайси миллатга мансублигидан қатъий назар) ёлғонни фош қилиб қўяди. Бошқалар илғамаган нарсаларга
-
Qasosli dunyo
SHUKRULLO,Muhtaram kitobxon ! Qo'lingizdagi o'ziga xos majmua oqsoqol adib ,O'zbekiston xalq shoiri Shukrulloning respublikamiz vaqtli nashrlarida turli yillarda e'lon qilingan davr va zamon haqidagi adabiy -falsafiy maqolalari ,asrimizning Chingiz Aytmatov ,Oybek, Abror Hidoyatov kabi ulug' siymolari to'g 'risidagi xotiralaridan tuzilgan.
-
Jadid adabiyot namoyandalari
Abdurauf Fitrat,Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda.
-
Jadid adabiyot namoyandalari
Usmon Nosir,Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari - "Jadid adabiyoti namoyondalari" bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda
-
Jadid adabiyot namoyandalari
Is'hoqxon Ibrat,Mnzkur metodik qo‘lianmada matn va uning ta’rifi, birliklari, tiplari, badiiy matn vanning qismlarini bog‘iovchi vositalar, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari haqida so;z yuritiladi. Metodik qo‘llanmada amaliy mashg'ulot hamda mustaqil ishlarni tashkil etish bo'yicha uslubiy ko‘rsatmalar, mashqlar tizimi berilgan. Ushbu metodik qo‘llanma ill qismdan iborat bo‘lib, “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fani dasturi asosida tayyorlandi. Qo41anmaning “KirislT va 1 qismini M.Yo‘ldoshev, 11 qismini Z.lsaqov, 111 qismini Sh.Haydarov tayyorladi.
-
1984
Жорж Оруэлл,Жорж Оруэллнинг ушбу романи илк бора ўзбек тилига таржима қилиниб китобхонлар эътиборига етказилмоқда. «1984» романи «ББС талқинидаги энг яхши 200 та китоб» рўйхатида саккизинчи ўринни, Newsweek томонидан инсоният тарихидаги энг яхши китоблар рейтингида 2-ўринни эгаллаган. 2017 йилда ушбу китоб АҚШда энг кўп сотилган китоб ҳисобланади. Асарнинг бунчалар шуҳрат қозонишига сабабларни китобни ўқиш мобайнида билиб олишингиз мумкин.
-
Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar
Fyodor Dostoyevskiy,Ushbu kitob ilk bor о ‘zbek tilida 1966-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so 'z va jumlalaming m a ’nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlami yoki o ‘sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo 'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi о ‘zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
-
Graf Monte-Kristo (If qalʼasining mahbusi). 2-kitob
Aleksandr Dyuma,Graf Monte-Kristo (If qal'asining mahbusi) – Aleksandr Dyumaning sarguzasht romani, 1844-1845 yillarda yozilgan, fransuz adabiyotining klassik asari. Romandagi voqealar 1815-1829 va 1838 yillarda boʻlib oʻtadi. Jahon adabiyotidagi durdonalardan biri sifatida tan olingan "Graf Monte Kristo" yaratilganiga bir necha asrlar oʻtgan boʻlsa-da, undagi ulug'vor gʻoyalar, oʻlmas tuygʻular, orzular va armonlar talqini sira-sira oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi.
-
Girdob
O'ktam Usmonov,Kun bo‘yi yeru ko‘kni jizg‘anak qilib kuydirgan quyoshning botishiga sal bor... Ufq qontalashib, osmon za’faron tusga kirgan; olisdagi qorli tog‘larning tepasigina niliy rangda tovlanadi... Chilonzordagi sarg‘ish, qizg‘ish g‘ishtin, kulrang, oqish yirik panelli baland uylarning ko‘lankalari tobora uzayib borayotgan payt. Ayniqsa, tushdan keyin bilqillab yumshab ketgan asfalt ko‘chalardan yoqimsiz hovur ko‘tariladi. Qayoqqa qarasang: zuv-zuv, g‘uv-g‘uv mashina, tumonat odam; sha-harliklar ishdan qaytishyapti. Ayrim yo‘lovchilar bir yonga og‘ib ketayotgan avtobuslarning eshigigacha osilib olishgan. Bekatda turganlar ham terga botib, kech kirayotganiga qaramay, soya axtarishadi... Qani endi qilt etgan shabada bo‘lsa...
-
Garov
A.P.Chexov,Lev Tolstoy «prozadagi Pushkin» deya ta’riflagan rus adibi Anton Chexov nasrning deyarli barcha janrlarida ijod qildi. Lekin yozuvchi dahosi uning hikoyalarida bus-butun namoyon bo‘ladi. A.Chexovning «Garov» hikoyasida keksa bankir bilan bahs boglagan 25 yoshli huquqshunosning tanholikda kechirgan 15 yillik hayoti aks ettirilgan. «O‘n besh yil chillada o‘tirgan, kitoblar ummonida suzgan, musiqaning lojuvard osmonida sayr etgan, jism yukini ruh kuchiga aylantirgan huquqshunos kim edi-yu, kim bo‘ldi? U komillikka erishadi. Yolgʼon dunyo so‘qmoqlarida keza-keza asl haqiqatni topadi»
-
Самарканд хаёли
Х.Даврон,Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron ijodi, she’riyatida qo‘llanilgan ijtimoiy dard, timsollar, xalq ruhiyati va zamon muammolarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson va davr munosabati, ular o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, bugungi kunning og’riqli nuqtalari tahlil qilinadi.
-
Lolazor
Murod M.D,Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – “Lolazor” nihoyat, qoʻlimizda! Garchi romanning ilk nashri oʻtgan asrning soʻnggi oʻn yilligiga toʻgʻri kelsa-da, u oʻquvchilar “toʻymagan” asarlardan biri hisoblanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan soʻzlaydi.
-
Bahor keldi seni so`roqlab
Zulfiya,Mazkur kitob Zulfiyaxonimning ijodidagi eng sara she'rlardan tarkib topgan.
-
Ona tarbiyasi
Aziz Nesin,Roman avval sinfdosh bo`lgan,keyin biri boshqa shahrga ko`chib ketgan o`n yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan.Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo`ya xatti-harakatri,o`zaro munosabatlaridagi yolg`on,munofiqchilik,soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi,ich-ichidan ularga qarshi isyon ko`tarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.
-
Asror Bobo
Abdulla Qahhor,Asarda insonlar taqdiri,oila munosabatlari,urush davrining hayoti,urushdan keyingi hayotga umid,kelajakka ishonch haqida so`z boradi.Adibning mahorati shundaki,u har bir qahramoniga o`ziga xos ''vazifa''yuklaydi.Masalan,Asror bobo-ismi jismiga mos, sirli, dardini ichiga yutadigan obraz.Uning ayoli-mehribon,mushtipar ona, o`g`li urushga ketgan onalarning yorqin vakili.Yodgor-asarning barcha halqalari shu obraz atrofida jipslashadi-umid ramzi.
-
Bir vijdon uyg`onur
Ahmad Lutfiy Qozonchi,Chekka qishloqlar va shahardagi ayrim mahallalarda yashayotgan bolakaylarning ko`pchiligi tarbiya nimaligini aslo bilmaydi.Kufr so`zlarni aytish,kattalar yonida sigaret chekishi tabiiy bir holga aylangan.
-
Счастливая семья
Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф,Да будут восхваления Могущественному и Мудрому Аллаху,достойные Его величия,Который сотворил человека из глины и для обретения им покая сотворил из него пару ему, а также пожелал,чтобы они жили совместно,семью посредством никаха!
-
Мувозанат
Улуғбек Хамдам,Этиборингизга хавола этилаётган китоб кахрамони-Юсуфни хамиша мана шундай чигалликлар каршисида учратасиз.У хамиша яшашдан маьно ахтарар экан,калбидаги безовталикдан халос бўлолмайди.