-
Umumiy pedagogika (1-qism)
Abdullayeva B.S,Mazkur darslik pedagogika oliy ta'lim muassasalarida umumiy pedagogika fanini o'qitishda eng muhim manba sifatida umumiy pedagogikaning birinchi qismi hisoblanib, unda pedagogika nazariyasi hamda pedagogika tarixi modullari haqida so'z yuritilgan, Pedagogika nazariyasi modulida pedagogika fanining konseptuai asoslari, pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy kategoriyalari, ta'lim nazariyasi, ta'limning metod, prinsip va qonuniyatlari, tarbiyaning metod va vositalari, tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati yoritilgan bo'lsa, pedagogika tarixi modulida eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar ta'lim-tarbiyaning rivojlanish bosqichlari davrlar nuqtai nazaridan o'rganilgan, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi tahtil etilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
R.Mavlonova, N.Voxidova,Mazkur darslik mustaqillik mafkurasi g'oyalari asosida bayon etilgan. Darslik pedagogika universitetining. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Umumiy pedagogika I
N.S.Atayeva, F.Rasulova, M.Salayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada pedagogika tarixi fanining umumiy asoslari, predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari va manbalari, bos hqa fanlar bilan aloqadorligi, sh uningdek, qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston, Turon, Movarounnahr, Turkiston va mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi hamda jahonda rivojlangan mamlakatlar ta’lim-tarbiya tizimi bilan bog'liq pedagogik bilim asoslari batafsil yoritilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism
S.O'.Sharfzoda, E.M.Xudarynazarov,Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5110900 - ‘'Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo`nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bo`yicha bo`lajak pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, ikki qismdan iborat qilib tayyorlandi. Mazkur “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (I-qism) o`z ichiga pedagogikaning - pedagogika nazariyasi kursini qamrab olgan. Darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishi DTS, o`quv reja va o`quv dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Umumiy psixologiya
P.I.Ivanov, M.E.Zufarova,Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanish qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Darslik oliy o‘quv yurti talabalari va shu sohaga qiziqishi bo‘lgan barcha kitobxonlarga moljallangan.
-
PEDAGOGIKA TARIXI 2-qism
K.Hashimov, S.Nishonova,O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng asosiy e'tibor qadriyatlarga, an'analarga qaratilib, ta'lim-tarbiya masalasiga alohida e'tibor berila boshlandi. Bu o'zbek pedagogika tarixining yangi-yangi sahifalarining ochilishiga sabab bo'ldi. Mazkur "Pedagogika tarixi" kitobi mustaqillik g'oyasi mafkurasi, ma'naviyati va tarbiyasi talablaridan kelib chiqib yozilgan ilk darslik bo'lib pedagogika tarixi kursini o'rganuvchi studentlar, soha mutaxassislariga mo'ljallangan
-
O`zbekiston Respublikasining Ekologiya huquqi
A.Nig'matov,Ushbu o`quv adabiyoti oliy o`quv yurtlari uchun chop etilgan Ekologiya huquqiga doir o`quv qo`llanma va darsliklardan farqli ravishda lug`at, test savollari, manbalar ro`yxati, adabiyotlar, qaytarish savollari, mustaqil ta`lim mavzulari, rasmlar bilan boyitilgan, ya`ni ta`limning zamonaviy usullari qo`llanilgan.
-
Oliy maktab pedagogikasi
M.Ochilov, N.Ochilova,Darslik O‘zbekistonda Oliy ta’limni isloh qilish sohasidagi tajribalarga tayanib, milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlar asosida yaratildi. Kitob magistratura ta’limining pedagogik mutaxassislik talabalari uchun darslik sifatida tayyorlangan, ayni paytda undan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi amaliyotchi pedagoglari, pedagogika institutlari, pedagogik kollejlar, pedagogik xodimlar malakasini oshirish tizimida ham, shuningdek, oliy ta’lim pedagogikasi masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
Умумий психология
Э.Ғозиев,Мазкур дарслик умумий психология фанига бағишланган бўлиб,психологияга кириш,шахс ва унинг индивидуал-типология хусусиятлари тўғрисидаги материалларни ўзида мужассамлаштирган. Дарслик психолог мутахассисларни назарий ва амалий маълумотлар билан қуроллантириш.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
B.Y.Xodiyev, Sh.Sh.Shodmonov,"Iqtisodiyot nazariyasi" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslik 2002-yilda chop etilgan o'quv qo'llanma va 2005, 2010-yillarda qayta chop etilgan darslikning qayta ishlangan va to'ldirilgan nashri hisoblanadi. Ushbu darslikni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari hisobga olingan. Darslik bir-biri bilan mantiqan bog'langan to'rt qismdan iborat bo'lib, ularda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo'jaligiga oid mavzular o'rin olgan.
-
Диншунослик
А. Мўминов, Ҳ. Йўлдошхўжаев, Д.Раҳимжонов,Мазкур «Диншунослик» дарслиги асл манбалар асосида тузилган бўлиб, бутунлай янгича услуб ва мазмуни билан ушбу соҳада илгари ёзилган дарсликлардан ажралиб туради. Шунга кўра, ушбу дарслик асосида назарий ва амалий машғулотлар ўтишдан аввал тавсия этилган манба ва адабиётлар билан имкон қадар кенгроқ танишиб чиқиш мақсадга мувофиқдир.
-
Илмий тадқиқот асослари
Х.А.Тўрақулов, Ж.Ж.Ҳасанбоев,Ушбу ўкув қўлланма олий ўкув юртларидаги магистратура таълим босқичидаги ўқув режасининг “Илмий фаолияти” блокига тегишли бўлиб, “Илмий тадкикот асослари” курсининг максад ва вазифалари асосида тайёрланган. Унда илмий тадкикот ишлари хакида маълумотлар, яъни илмий тадкикот ишлари турлари, максади,вазифалари ва улар билан боглик булган замонавий илмий тадқиқотларнинг илмий-назарий асослари тўғрисидаги маълумотлар,шунингдек, магистрлик ва номзодлик диссертацияларини тайёрлаш хақидаги маълумотлар жой олган.
-
Maxsus pedagogika
P.M.Po'latov, L.Sh.Nurmuhammedava,"Maxsus pedagogika" darsligi uch bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'lim Oligofrenopedagogika deb nomlanib, mazkur bo'limda aqli zaif bolalar maktabda o'qitish jarayonining xususiyatlari, alqi zaif bolalar maktabda o'qitish jarayoninging xususiyatlari,aqli zaif bolalar maktabda ta'limnitashkil etish shakillari va metodlarini amalga oshirishning xususiyatlari, korreksion-rivojlanuvchi vazifalari va tamoillari kabi masalalar ochib beriladi.
-
Maxsus pedagogika
P.M.Po'latova,Muailif ushbu darsligda oligofrenopedagogika fanini o'qitish uslubiyati tarbiyavi ahmiyati maqsad va vazifalar uni o'qitishning o'ziga xosligi haqida fikr yuritadi.
-
Nutq o`stirish uslubiyoti
Q.Shodiyeva,Ushbu darslik o`rta maxsus ta`lim dasturlari asosida yozilgan bo`lib, Davlat ta`lim standarti talablariga mos. Muallif maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar nutqini o`stirishning ahamiyati, vazifalari, metodlariga to`xtalib, maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachining bajarishi lozim bo`lgan ish mazmunini ham yoritilgan. Darslikda har hir mavzudan so`ng o`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, shu bilan birga mustaqil bajarish uchun ijodiy topshiriqlar ham berilgan.
-
Adabiyot o'qitish metodikasi. Ikkinchi kitob
Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova,Mazkur "Ababiyot oqitish metodikasi" darsligi amaldagi o'quv rejasi asosidagi o'quv dasturiga tayanib yaratilgan. Unda adabiyot o'qitishning eng dolzarb masalalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Darslik pedagogik yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari o'zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga mo'ljallangan.
-
Adabiyot o'qitish metodikasi. Birinchi kitob
Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova,Mazkur "Adabiyot o'qitish metodikasi" darsligi amaldagi o'quv rejasi ososidagi o'quv dasturiga tayanib yaratilgan. Unda adabiyot oqitishning eng dolzarb masalalari bugungi кun talablari nuqtai nazardan yoritib berilgan. Darslik pedagogik yo'nalishdagi oliy óquv yurtlari o'zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga móljallangan.
-
Oliy matematikadan misol va masalalar. 2
Yu.P.Apakov, B.I.Jamalov, A.M.To'xtaboyev,Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan.
-
Bolalar adabiyoti
O.Safarov., R.Barakayev.,Mamlakatimizda so'ngi yillarda ta'lim-tarbiya tizimi va ilm-fan sohasidagi integratsiya, uzviylik va uzluksizligini ta'minlash maqsadida qaror va farmoyishlar chiqarilmoqda.
-
Oliy matemetikadan misol va masalalar 1
Yu.P.Apakov, B.I.Jamalov,Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan.