-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
Oila psixologiyasi
D.Abdullaeva,Ushbu o'quv qo'llanma asosan "Oila psixologiyasi" fanini o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'zida mujassamlashtirgan. O'quv qo'llanmada ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini o'qitishning ta'lim texnologiyalari aks ettirilgan.
-
Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya
Z.Nishanova, Z.Qurbonova,O'quv qo‘llanmada maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Diqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol va shaxs xususiyatlarini o'rganishga oid xorijiy testlar, metodikalar o‘zbek bolalariga moslashtirilgan holda berilgan. Psixologlar, o'qituvchilar hamda pedagogika-psixologiya ta'lim yo‘nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Ijtimoiy psixologiya
N.Ismoilova, D.Abdullayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada shaxs va jamiyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotIarda yoritilmagan jihatIari kengroq yoritilgan. Har bir bo'lajak psixologiya va pedagogika yo'nalishidagi mutaxassis talabalar uchun bu kabi muammolarga doir bilimlarni chuqur egallash o'z mutaxassisligini chuqur egallashga xizmat qilibgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatIarida ham o'ziga xos zaruriyat kasb etadi.
-
Umumiy pedagogika II kitob
Atayeva N., Salayeva M. , Hasanov S.,Mazkur o`quv qo`llanmaning II kitobi pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuraning pedagogik-metodologik asoslari, ta`lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti asoslarini yoritishga bag`ishlangan. Har bir mavzu matnidan so`ng takrorlash va munozara yuritish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, intellektual trening berilgan.
-
Kreativ fikrlash
I.S.Xotamov, M.K.Olimov,Ushbu o'quv qo'llanmada ta'limning asosiy vazifalaridan biri, ya'ni talabarda jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalar va zamonga mos fikrlashni shakllantirishga oid mavzular yoritilgan. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'ladigan muhim ko'nikmadir.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
O'.Tolipov,Ushbu o`quv qo`llanmada pedagogik jarayonni loyihalash, ta'lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o`ziga xos jixatlari, shaxsga yo`naltirilgan ta'lim turlari, interfaol metodlar va ularni ta'lim-tarbiya jarayonida qo`llash, ta'lim texnologiyalarining magistrlar o`quv faoliyatini faollashtirishdagi o`rni masalalari xususida so`z yuritilgan.
-
Социология
Р.А.Убайдуллаев, М.Б.Бекмуроодов,Қўлингиздаги ўқув қўлланма давлат ва жамият қурилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий ўзгариши тенденцияларини илмий тадқиқ этиш йўллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуғ мутафаккирларимизнинг социологик қарашлари ҳамда шу масалаларнинг бугунги ҳолати ва ривожланиш хусусиятлари ҳақидаги билимларни ўзида ифодалаган.
-
Yangi pedagogik texnologiyalar
N.Saidahmedov,Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika OTMning talabalari, uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogik mahorat asoslari bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanma bo`lajak o`qituvchilar sifatida talabalar tomonidan "Pedagogik mahorat" fani asoslarining puxta o`zlashtirilishida muhim amaliy manba bo`la oladi.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova,O'zbek tili o'qitish metodikasi uchun bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yaratilgan mazkur o'quv qo'llanmasida "kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" , "Ona tili ta'limi konsepsiyasi","ona tilidan davlat ta'lim standarti" talablariga muvofiq talablar va o'quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Z. Nishanova,Qo'llanmada bolalar psixologiyasining predmeti, metodlari haqida so'z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan maktabgacha yosh davrigacha bolaning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan.
-
Umumiy psixodiagnostika
S.X.Jalilova, N.A.G'oyibova,O`quv qo`llanma psixologiyaning asosiy sohalaridan biri amaliy va nazariy fan bo`lmish "Umumiy psixodiagnostika"ga bag'ishlangan bo'lib, psixologiya ta'lim yo`nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari
G.Niyozov, M.Ahmedova,Ushbu qo'llanmada Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining Pegogika tarixi bo'yicha seminar mashg'lotlari uchun tuzilgan mazkur o'quv qo'llanmadagi mavzularning har biri o'ziga xos yondashuv asosida- turli eslatmalar orqali berilgan.
-
Социология
Гидденс Энтони,Энтони Гидденс ҳозирги назарий социология муаммоларини тадқиқ қилишга катта ҳисса қўшган энг йирик социологлардан бири. У ҳозирги жамият стратификацияси, ижтимоий ҳаракат назарияси ва ижтимоий тузилма, ижтимоий назарияни ишлаб чиқиш билан шуғулланган. Э.Гидденснинг "Социология" дарслиги ҳозирги босқичдаги социологик билимнинг батафсил баёни бўлиб, у назарий асосланган тарзда, юқори профессионализм билан замо, социология муаммоларини тартиблайди, бунга асос қилиб у энг янги ижтимоий назарияни олади.
-
Фалсафа тарихи
Г.Скирбекк, Н.Гилье,Ушбу ўқув қўлланма Норвегиялик таниқли файласуфлар қаламига мансуб бўлиб, жаҳон фалсафаси тарихининг асосий жиҳатларини ва Фалес билан Гераклитдан бошлаб Ж.Деррида ва Хабермасгача бўлган таниқли файласуфлар тўғрисида лўнда, ҳаммага тушунарли ва қизиқарли шаклда ёзилган.
-
Иқтисодиёт назарияси
Ш.Ш.Шодмонов, Р.Ҳ.Алимов,Ўқув қўлланма бир-бири билан мантиқан боғланған тўрт қисмдан иборат бўлиб, уларда иқтисодиётнинг умумий асослари, бозор иқтисодиёти, макроиқтисодиёт ва жаҳон хўжалигига оид мавзулар ўрин олган. Айниқса, ҳозирги замон ривожланган бозор иқтисодиётининг қанун-қоидаларига, молия, кредит, банк ва пул тизимининг ролига катта эътибор берилган.
-
O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
M.Qirg'izboyev,O ‘quv qo'llanmada mamlakat oliy o ‘quv yurtlarida o'qitilayotgan O ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti faniga doir bilimlar va masalalar joy olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda mustaqillik davrida demokratik jamiyat qurish islohotlari, bu jarayonning rivojlangan mamlakatlar bilan qiyosi tahlil etiladi. Qo`llanmada davlatning bosh islohotchi sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga doir islohotlari, bu jarayonda shakllangan milliy tajriba, demokratik jamiyat qurishga doir nazariy qarashlar tahlili berilgan.
-
English in topics
Sh.Abdullayeva, Sh.Oripov,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston va tili o'rganilayotgan xorijiy mamalakatlarning davlat tizimi, mashhur odamlari, bayramlari, diqqatga sazovor joylari, shuningdek, o'quvchining faoliyatiga doir mavzular to'plamini qamrab olgan.
-
Ҳуқуқшунослик
Х.Маматов,Ушбу ўқув қўлланмада давлат ва ҳуқуқ назарияси асослари, маъмурий ҳуқуқ асослари, молия ҳуқуқи асослари, фуқаролик ҳуқуқи асослари, тадбиркорлик ҳуқуқи асослари, меҳнат ҳуқуқи асослари, оила ҳуқуқи асослари, экология ҳуқуқи асослари, қишлоқ хўжалик ҳуқуқи асослари, жиноят ҳуқуқи асослари, халқаро ҳуқуқ асосларига атрофлича тўхталиб ўтилган. Қўлланма таълим йўналиши юриспруденция бўлмаган олий ўқув юртларининг бакалавр йўналиши талабалари учун мўлжалланган.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
O'.E.Xo'janazarov, Sh.Yakubjonova,Ushbu qo`llanmada "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish " faniga taalluqli bo`lgan ma`ruza mashg`ulotlari yoritilgan bo`lib, bakalavriatning barcha ta`lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
O`zbekiston madaniyati
U.Qoraboyev,O`quv qo`llanmada o`zbek madaniyatining nazariy asoslari, tarixi va Mustaqillik davridagi yutuqlari o`z ifodasini topgan. Unda madaniyat tushunchasi va uning mohiyati, turlari, funksiyalari, ma`naviy meros, sivilizatsiya masalalari, tariximizning turli davrlarida yaratilgan madaniy boyliklar va ulaming o`ziga xos xususiyatlari, tajribalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan. Ayniqsa. Mustaqillik davri madaniyatiga, jumladan , madaniy islohotlar, milliy g`oya, a n `anaviy madaniyatning tiklanishi, o `zbekiston badiiy madaniyati yutuqlari, madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatiga alohida e `tibor berilgan.