-
ICHKI TURIZM ASOSIDA YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Eshchanova Xolida Xudayarovna,Ta'lim, -
O‘QUVCHILARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIK SABABLARINI DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI
ATADJANOVA DINARA ULUG‘BEKOVNA,Barcha uchun, -
INTEGRАTIV YОNDАSHUV АSОSIDА BОSHLАNG‘ICH SINF O‘QUVCHILАRINING KОGNITIV KОMPETENSIYАSINI SHАKLLАNTIRISH METОDIKАSI
XUDАYBERGАNОV DОNIYОRBEK YАNGIBОY O‘G‘LI,Barcha uchun, -
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI KREATIVLIGINI NOSTANDART MASALALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Karimova Kunduz Ruzibayevna,Barcha uchun, -
ABU ALI IBN SINO Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot asoschisi
S.M.Matkarimova, Z.M.Raximova, Sh.F.Allanazarov, -
TЕXNОLОGIYА MАSHG‘ULОTLАRIDА О‘QUVCHILАRGА PОLITЕXNIK BILIMLАRNI SHАKLLАNTIRISHDА ZАMОNАVIY PЕDАGОGIK TЕXNОLОGIYАLАRDАN FОYDАLАNISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
X.R. Matyakubov, A.F. Matkarimov, F.S. Sotimova, Sh.X. Yo‘ldoshboyeva, -
-
SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK TA'LIMOTLARI VOSITASIDA TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH TIZIMI
Yakubova Shaxnoza Erkinbayevna., -
-
-
-
Barcha uchun,
-
-
Амударё ҳозирги дельтаси чап қирғоғининг табиий-мелиоратив шароитини баҳолаш
А.К.Уразбаев, Қ.К.Таджиев, Ш.И.Иброимов,Ta'lim, -
-
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Intizor Ruzimova,Monografiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ta'lim muassasalarida ijtimoiy faol, tadqiqotchilik kompetensiyasi rivojlangan kadrlar tayyorlashning innovatsion texnologiyalari amaliyotga tadbiq etilmoqda. YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan "Ta'lim 2030/Inchxon deklaratsiyasi asosida ta'lim tizimining barcha bosqichlari va tuzilmalarida hamma uchun butun hayoti davomida sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish vazifasídoirasida tadqiqotchilikda qo'llaniladigan aqliy metodlarni takomillashtirish, tashkiliy tadqiqotchilik ko'nikmalarini taqqoslash, analiz, sintez va abstraksiyalash tadqiqotchilik harakatlarini tartiblash manbalari bilan ishlash eksprimantlar oʻtkazish, kuzatish, ma'lumotlarni to'plash, o'zaro manfaatli hamkorlik usullarini qo'llashga qaratilgan loyihalarni tadbiq etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
-
RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Nilufar Karimova,Jahon ta'lim muassasalarida raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning kreativ modulli texnologiyalari ta'lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. YUNESKOning "Fanlarni o'rganish bo'yicha xalqaro konvensiyasi" asosida o'qitishning jahon ta'limi andozalariga mos ilg'or usul va metodlarini joriy etish, raqamli ta'lim texnologiyalari muhitida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, raqamli ta'lim texnologiyalari vositasida texnologik innovatsiyalarning birligini ta'minlash, ilmiy va zamonaviy pedagogik muhitni yaratish bo'yicha amaliy loyihalarni tatbiq etishga doir tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
-
ICHKI TURIZM ASOSIDA YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Eshchanova Xolida Xudayarovna,Jahon ta'lim tizimi taraqqiyotining asosiy omillari qatorida yoshlarni turistik faoliyatga jalb qilish orqali ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishning samarali pedagogik mexanizmlari amaliyotga tadbiq etilmoqda. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan "Ta'lim 2030/Inchxon deklaratsiyasi" [134] asosida ta'lim tizimining barcha bosqichlari va tuzilmalarida hamma uchun butun hayoti davomida sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalqaro turizm, uning tarixi va madaniyatlararo muloqotning yoshlarga ta'siri orqali samarali va qulay o'qitish usullarini joriy etishga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, turizmning shaxsiy rivojlanish va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
-
O‘QUVCHILARDA O‘ZLASHTIRMOVCHILIK SABABLARINI DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI
ATADJANOVA DINARA ULUG‘BEKOVNA,“Jahon ilmiy tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirmovchilik sabablarini diagnostikasi va psixokorreksiyasini o‘rganishga alohida ahamiyat berilmoqda. Harvard University Graduate School of Education tadqiqotlarida psixokorrektsion dasturlarni sinfda joriy etish natijasida o‘quvchilarda diqqat, motivatsiya va emotsional barqarorlikni tiklash orqali o‘zlashtirmovchilik darajasi 18–22% ga kamaygani aniqlangan.
-
INTEGRАTIV YОNDАSHUV АSОSIDА BОSHLАNG‘ICH SINF O‘QUVCHILАRINING KОGNITIV KОMPETENSIYАSINI SHАKLLАNTIRISH METОDIKАSI
XUDАYBERGАNОV DОNIYОRBEK YАNGIBОY O‘G‘LI,Ushbu monografiya Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 27-martdagi № 3-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
-
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI KREATIVLIGINI NOSTANDART MASALALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Karimova Kunduz Ruzibayevna,Monografiya oliy o‘quv yurtlari “Boshlang4 ich ta’lim” (60110400) yo na is i bakalayriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Matematika va uni о'qitish metodikasi” va “Boshlang" ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish” fanlarini o'qitishda tavsiya etiladi.
-
ABU ALI IBN SINO Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot asoschisi
S.M.Matkarimova, Z.M.Raximova, Sh.F.Allanazarov,Mazkur monografiya Abu Ali ibn Sino va uning tarixda tutgan o'rni, olimning ilmiy merosi, asarlarining ahamiyati hamda hozirgi kunda o'rganilishi kabi masalalarga bag'ishlangan. Zero, bugungi kunda ibn Sino ilmiy merosini o'rganish ishlari jadal tus oldi va natijada chet el hamda O'zbekistonda maxsus ilmiy yo'nalish Sinoshunoslik vujudga keldi. Jahonning turli kutubxonalarida ibn Sino asarlarining qo'lyozmalari saqlanadi. Shu bilan birga ibn Sino ilmiy merosini o'rganuvchi tadqiqotchilar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib ushbu monografiyada ibn Sino ilmiy merosi bilan shug'ullanuvchilar ma'lumotlariga va ko'plab ilmiy adabiyotlarga tavsif berilgan.
-
TЕXNОLОGIYА MАSHG‘ULОTLАRIDА О‘QUVCHILАRGА PОLITЕXNIK BILIMLАRNI SHАKLLАNTIRISHDА ZАMОNАVIY PЕDАGОGIK TЕXNОLОGIYАLАRDАN FОYDАLАNISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
X.R. Matyakubov, A.F. Matkarimov, F.S. Sotimova, Sh.X. Yo‘ldoshboyeva,Monografiyada tеxnоlоgiyа dаrslаridа о‘quvchilаrgа zаmоnаviy pеdаgоgik tеxnоlоgiyаlаr xususаn аxbоrоt kоmpyutеr tеxnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnib pоlitеxnik bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrni shаkllаntirish, shuningdek tеxnоlоgiyа dаrslаridа dаrslаrni оddiy tаrzdа tаshkil qilishdаn kо‘rа, zаmоnаviy pеdаgоgik tеxnоlоgiyаlаr xususаn аxbоrоt kоmpyutеr tеxnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnib tаshkillаshtirishning sаmаrаdorligi vа о‘quvchining fаоlligi, qiziqishining оrtishi hаmdа о‘z fikrini еrkin bаyоn qilishi kаbi mаsаlаlаr tаhlil qilingаn. Monografiyaning amaliy ahamiyati zаmоnаviy mеtоdlаr оrqаli dаrs о‘tilgаndа о‘quvchilаrdа zаmоnаviy tеxnikа vа tеxnоlоgiyаlаr hаqidа bilimlаrni еgаllаshgа ijоdiy yоndаshuv mustаqil еrkin fikrlаsh vа еtibоrli bо‘lishgа undаsh kаbi nаtijаlаrgа еrishish mumkinligi bilan ifodalanadi.
-
O'zbekiston tarixi
Qahromonov R, Amonova F, Qandov B,Mazkur kitobda O'zbekiston tarixi eng qadimgi zamon-lardan to bugungi kungacha ixcham tarzda yoritilgan. Vata-nimiz tarixining barcha davrlari ko'rsatilgan bu kitobda o'quvchi Turon va Turkiston tarixining shonli kechmishi, aj-dodlarimizning yurt ozodligi uchun dushmanlarga qarshi olib borgan qahramonona kurashi, g'alaba va zafarlari bilan birga-likda achchiq mag'lubiyati va xatolari bilan tanishadi. Shuning-dek, unda Yangi O'zbekiston davrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulug'vor o'zgarishlar o'z aksini topgan.
-
SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK TA'LIMOTLARI VOSITASIDA TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH TIZIMI
Yakubova Shaxnoza Erkinbayevna.,Mazkur monografiyada, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishning metodologik asoslari, Sharq allomalari merosi vositasida talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish mazmuni, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish modeli, talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish mexanizmlari yoritilgan.
-
XIX-XX ASR BOSHLARIDA XIVA MADRASALARI
Yusupov. H.S.,Monografiyada XIX-XX asr boshlarida Xiva madrasalari tarixi eng yangi manbalar asosida jahon ilm-fan va madaniy taraqqiyoti omillari aspektida ochib berilgan. Kitobda Xiva madrasalari haqidagi ma’lumotlarning yozma manbalarda aks etishi, tarixshunoslik tahlili, madrasalarning ijtimoiy holati, ta’minot tizimi va boshqaruvi, ta’lim tizimi va ta’lim jarayoni, mudarrislar va kutubxonalar faoliyati, vaqf institutining tugatilishi va ta’lim tizimiga ta’siri, madrasa ta’lim tizimining tugatilishi va uning oqibatlari masalasi yozma manbalar, respublika va Xiva Ichan-Qal’a arxiv fondlarida saqlanayotgan vaqfnomalar va vaqfga oid hujjatlar, hamda saroy tarixchilari asarlari, xorijiy elchilarning hisobotlari, mahalliy va xorijiy adabiyotlar hamda davriy matbuot materiallari orqali ochib berilgan. Monografiyada qayd qilingan ma’lumotlar O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davri madaniyatini yoritish va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Monografiya talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
-
Xorazm shevalarida antroponomik indikatorlar
Qodirova Guli,Ushbu monografiya oliy ta'lim muassasalarining filologiya yo'nalishi talabalari, tadqiqotchilar va ushbu sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Xorazm shevalarida antroponomik indikatorlarning qo'llanishi va ularga xos lingvistik xususiyatlar tahlili o'rin olgan.
-
ТАРЖИМА: МАДАНИЯТЛАРАРО АЛОҚАЛАР ВА ЛИНГВИСТИК ХИЛМАҒХИЛЛИК ОРАСИДАГИ КЎПРИК
АЗАМАТ АКБАРОВ,Ушбу монографияда таржима соҳаси тадқиқотларига кириш тушуниш учун осон ва кенг омма учун мўлжалланган шаклда берилган. Кенг маънодаги таржима контекстининг матнга асосланган анъанавий қарашларни қамраб олган ҳолда, китобда ўқувчилар эътиборига куч ва жинс ҳамда маданий, этик, сиёсий ва мафкуравий масалалар каби таъсир қилувчи омилларга танқидий назар билан қараш мақсадида, методологияга интеграллаштирилган ёндашув ҳавола қилинади. Қуйидаги саволларга жавоб бериш мақсад қилиб олинган
-
O'zbek tilida frazeologik polisemiya va uning leksikografik talqini
S.Raximova,Mazkur monografiyada o'zbek tilida frazeologik polisemiya va uning leksikografik talqinining dilzarb nazariy masalalri yoritilgan. Unda ozbek tili polisemantik frazeologizmlarning shakillanish, ko'pma'nolilikning hosil bo'lishida ma'no ko'chish turlarining o'rni shuningdek, leksikografik talqini tadqiq etilgan.
-
Хоразм воҳаси суғорилиш ишлари ва унда суғориш иншоотларининг роли (ХХI аср бошлари)
Шерипов У.А,Ушбу монографияда Хоразм воҳасининг суғорилиш ишлари ва унда суғориш иншоотларининг роли ёритиб берилади.
-
Turizm vositasida talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish
D.Nafasov,Mazkur monografiyada, turistik faoliyatning nazariy-pedagogik asoslari va ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlari, turizm pedagogikasining tarixiy asoslari, turizm va yoshlar turistik faoliyatning nazariy-metodologik jihatlari, turistik faoliyatda ta'lim-tarbiyaning asosiy tamoyillari, mazmuni va mohiyati, talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligi, tushunchasining nazariy-pedagogik xususiyatlari turistik faoliyatda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakillantirish va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari.
-
O'quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligini takomillashtirish
R.Raximov,Monografiyada O'zbekistonda musiqa maktablarida maqom, doston baxshi, xalfa va o'zbek musiqa adabiyoti fanlarini darslik sifatida o'quv rejaga kiritilishi kerakligi isbotlab berilgan hamda amaliyotga to'la tadbiq qilingan.
-
Электродинамикада даврийлик
М.Ф.Атоева, С.Қ.Қаҳҳоров,Мазкур монографияда физика таълимининг электродинамика бўлими мисолида даврийлик технологияси асосида ўқитишни ташкил қилиш ва унинг методик жиҳатлари тўғрисида илмий асосланган маълумотлар берилган.
-
Амударё ҳозирги дельтаси чап қирғоғининг табиий-мелиоратив шароитини баҳолаш
А.К.Уразбаев, Қ.К.Таджиев, Ш.И.Иброимов,Ушбу монографияда Амударё ҳозирги дельтаси чап қирғоғининг табиий-мелиоратив шароитини баҳолаши илк бор ер усти сув оқими, рельефнинг "дарахтсимон" шакли ва табиий-мелиоратив шароитнинг структураси ўртасидаги ўзаро алоқадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинган.
-
O'zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san'at asarlari
Mamatov U.,Monografiyada O`zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san'at asarlari tadqiq etildi. Bu asarlar madaniyatshunoslik tarix falsafa va san'atshunoslik nuqtai nazaridan fanlararo tahlilga tortildi.