-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
География фанининг асосий муаммолари
Mazkur o'quv qo'llanmada kompleks geografiyaga tegishli bo'lgan bir necha долзарб муаммолар, geografik qonuniyatlar va ilmiy-uslubiy asoslar yoritilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlari geografiya ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
Geografiya o‘qitish metodikasi
Ushbu darslikda bo‘lg‘usi geografiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan geografiya o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o‘qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlar berilgan. Darslik 5110500 - “Geografiya o‘qitish metodikasi”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishlari talabalari va geografiya fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.
-
LANDSHAFTSHUNOSLIK
Mazkur oʻquv qoʻllanmada “Landshaftshunoslik” faniga oid nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan. Unda landshaftlarning morfologik tuzilishi, komponentlari, dinamikasi, barqarorligi, faoliyati, ularga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
TUPROQ GЕOGRAFIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproqlarning geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
-
AMALIY GEOGRAFIYA
Mazkur o'quv qo'llanmada amaliy geografiyaning nazariy va uslubiy asoslari, maqsadi, obyekti va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, geografik bilimlardan amaliyotda, xususan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, landshaft va muhandislik-geografik tadqiqotlarni o'tkazishda foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Biogeografiya
Darslikda biogeografiya fanining o'rganish obyekti, predmeti va maqsad vazifalari keltirilgan. Shuningdek, fanning rivojlanish bosqichlari, Yer shari o'simlik va hayvonlarining asosiy guruhlari, hayot dunyosining paydo bo'lishi kabilar yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining 60530400 – Geografiya yo'nalishi talabalariga hamda boshqa aloqador fanlar sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Geoekologiya va landshaft ekologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada geoekologiya va landshaft ekologiyasining fundamental va ilmiy-amaliy fan sifatidagi asoslari, tadqiqot usullari, rivojlanish xususiyatlari hamda nazariy-metodologik masalalari yoritilgan. Shuningdek, landshaftlardagi geofizik va geokimyoviy jarayonlar, tabiiy muhitning antropogen ta'sirida o'zgarishi va geoekologik muammolar tahlil qilingan. Kitob oliy o'quv yurtlarining geografiya yo'nalishi talabalari va sohaga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Geografiya ta’limi metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan DTS talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, 5110500 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va 5140600 - Geografiya yo‘nalishlari o‘quv rejasidan o‘rin olgan “Geografiya o‘qitish metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlandi. Unda geografiya ta’limi metodikasi fanining nazariy masalalari va tarixi, maqsad va vazifalari, geografiya o‘qituvchisi va uning kompetensiyasi, xorijiy davlatlarda geografiya ta’limi, ta’lim metodlari va
-
ГИДРОЛОГИЯ АСОСЛАРИ
Ушбу дарслик "Умумий гидрология" фани дастури асосида ёзилган бўлиб, унда гидросфера ва унинг таркибий қисмлари — дарёлар, кўллар, сув омборлари, музликлар, ер ости сувлари, уларнинг ўзига хос хусусиятлари, ўзаро ва атроф табиий муҳит билан таъсирлари натижасида рўй берадиган ҳодисалар қонуниятлари ёритилган. Дарслик олий ўқуv юртларининг география, гидрометеорология, экология ва турдош йўналишлари талабалари ҳамда соҳа мутахассислари учун мўлжалланган.
-
Tuproqlar geografiyasi
Mazkur darslik 60530400 — Geografiya ta'lim yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejasi asosida tuzilgan bo'lib, tuproqlar geografiyasining fan sifatida shakllanishi, tuproqlarni o'rganish tarixi, tuproq hosil qiluvchi omillar va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga oladi. Darslik oliy o'quv yurtlarining geografiya yo'nalishi talabalari, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jahon geografiyasi (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma 'Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi' qismiga bag'ishlangan bo'lib, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Antarktida materiklari haqida qisqacha ma'lumotlar, test topshiriqlari hamda nazorat savollarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Biogeografiya
Mazkur o'quv qo'llanmada zamonaviy biogeografiyaning asosiy bo'limlari qamrab olingan bo'lib, ekologik biogeografiyaga alohida urg'u beriladi, biotani differentsiatsiyalashda ekologik va tarixiy omillarning o'zaro bog'liqligi ko'rsatilgan, bundan tashqari quruqlik va okeanlarning biomlari tavsiflanib, biologik xilma-xillikni saqlash muammolari tahlil etilgan.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
O'quv qo'llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o'rni, chegaralari, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, rel'efi va tabiatini muhofaza qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, har bir materik va okeanning regional tavsiflari batafsil berilgan.
-
O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston tabiiy geografiyasi)
Ushbu darslikda O‘zbekistonning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari, uning geografik o‘rni, chegaralari, maydoni, yer yuzining tuzilishi, geologik taraqqiyot tarixi, foydali qazilmalari, iqlimi, ichki suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish tartiblari va respublikaning regional tavsifi keng miqyosda berilgan.