-
-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston tabiiy geografiyasi)
Ushbu darslikda O‘zbekistonning umumiy tabiiy geografik xususiyatlari, uning geografik o‘rni, chegaralari, maydoni, yer yuzining tuzilishi, geologik taraqqiyot tarixi, foydali qazilmalari, iqlimi, ichki suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish tartiblari va respublikaning regional tavsifi keng miqyosda berilgan.
-
Topografiya va kartografiya asoslari
O'quv qo'llanmada «Topografiya va kartografiya asoslari» fanining nazariy asoslari, Yer ellipsoidi va uning o'lchamlari, topografik kartalar va ularni o'qish, joylarda orientirlash hamda topografik plan olish usullari, plan olishda ishlatiladigan topografik asboblar haqida so'z boradi. Shuningdek, kartografiya fani va kartografik ishlab chiqarishning tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, geografik globus, kartografik proyeksiyalar va GAT dasturlarining ahamiyati yoritilgan.
-
Topografiya va kartografiya, GAT texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5140600 - «Geografiya» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, u 3 qismdan iborat. Kitobning 1-qismi topografiya faniga bag'ishlangan bo'lib,unda geodeziya va topografiya fanlarining umumiy ma'lumotlari, topografik xarita va uning elementlari, joyda burchak va masofa o'lchash masalalari yoritilgan. 2-qismda kartografiya fani masalalari, shu jumladan kartografik belgilar, tasvirlash usullari va atlaslarning tasnifi
-
Toponimika
Kitobda toponimika fanining asosiy tarkibiy qismlari bo'yicha hozirgi zamon tushunchalari bayon qilingan. Toponimikaning fanlar tizimida tutgan o'rni aniq belgilangan, sohaga oid ilmiy izlanishlar tarixi, fanning farqlovchi xususiyatlari va tadqiqot metodlari aniqlangan.
-
Tuproqlar geografiyasi
Darslikda “Tuproqlar geografiyasi” fanining nazariy asoslari, tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar, tuproqlarning barcha xususiyatlari, tasnifi, tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari hamda tuproq-geografik rayonlashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, issiqlik mintaqalari bo‘yicha dunyo tuproqlari hamda O‘zbekiston tuproqlari geografiyasiga majmuali tavsif berilgan.
-
Umumiy Yer bilimi: Oʻquv qo`llanma
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqqa yaxlit tizim sifatida litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning o'zaro ta'siri, tabiiy jarayonlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, Yerning tuzilishi hamda tabiat va jamiyatdagi o'zaro munosabatlar yoritilgan.
-
Umumiy tabiiy geografiya
Mazkur darslik "Umumiy tabiiy geografiya" fanidan 5140600-Geografiya ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, geografik qobiqning rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ta'siri, Yerning ichki tuzilishi, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera haqida umumiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Silent Spring
"Silent Spring" is a landmark book by Rachel Carson that exposes the dangers of widespread pesticide use and environmental contamination. The work serves as a powerful critique of human carelessness toward nature and helped spark the modern environmental movement.
-
Geografiya o’qitish metodikasi
Mazkur darslik bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi hamda dolzarb muammolariga bag'ishlangan. Kitob 5110500 - Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilariga mo’ljallangan.
-
-
YER BILIMI ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqning qonuniyatlari, ularning manbalari, omillari, sabab va oqibatlari hamda xo'jalik faoliyatida ularga amal qilish lozimligi yoritilgan. Shuningdek, Yerning Quyosh sistemasidagi o'rni, yer po'sti va relyefi, dunyo okeani, atmosfera, biosfera hamda tabiatni muhofaza qilish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
-
Landshaftshunoslik
Universitetlarning geografiya yo'nalishi talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan ushbu o'quv qo'llanmada tabiiy geografiyaning o'rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo'lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati, barqarorligi, shuningdek, antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan.
-
Cho'llanish muammolari
Mazkur o'quv qo'llanmada Yer sharida cho'llarning paydo bo'lishi va tarqalish qonuniyatlari, cho'llanishni arid mintaqalarga xosligi, cho'llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy va antropogen omillar, cho'llanishni geografik xususiyatlari, cho'llanishga qarshi kurashishning global va regional strategiyasi bayon etilgan. Kitob universitetlar va pedagogika institutlarining geografiya yo'nalishi bakalavr talabalari, magistrantlar hamda tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Antropogen landshaftshunoslik
Darslikda antropogen landshaftlar nazariyasiga oid tushunchalar, fanning tadqiqot obekti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot metodlari, rivojlanish tarixi, antropogen landshaftlarning tasniflari, ularning barqarorligi va dinamikasi to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, vohalar landshaftlarining xususiyatlari, agrolandshaftlar hamda geotextizmlar konsepsiyasi masalalari yoritilgan. Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari magistratura mutaxassisliklari talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'lja
-
Ekologik ekspertiza fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tish bo'yicha uslubiy qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma magistratura bo'limida suv kadastri va suv resurslaridan samarali foydalanish, gidromelioratsiya, gidrotexnik inshootlar hamda atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi mutaxassisligida ta'lim olayotgan talabalarni ekologik ekspertiza fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg'ulotlarda mustahkamlashga qaratilgan.
-
Geografiyaning asosiy muammolari
Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining geografiya yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi hamda akademik litsey, kollej va umumta'lim maktablarining geografiya o'qituvchilariga mo'ljallangan.