-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH LABORATORIYA ISHLARI VA AMALIY MASHG‟ULOTLAR
Inson mehnati, ya'ni uning moddiy ob'ektga ma'lum maqsad asosida shakllantirilgan ta'siri natijasida sun'iy muhit - turli xil texnik ob'ekt (TO)- qurilmalar va tizimlarlar yaratildi. Ushbu ob'ektlarda modda, energiya va axborot o'zgarishlari jarayonlari yuz beradi va inson na faqat ushbu barcha jarayonlar, balki ularni amalga oshiruvchi turli xil qurilmalar bilan muloqat qilishga, aniqrog'i, ularni nazorat qilish va boshqarishga to'g'ri keladi
-
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan nomutaxassis yoʻnalish talabalari uchun oʻquv qoʻllanma
Мазкур oʻquv qoʻllanmada мустақиллик йилларида Oʻzbekistondagi madaniy-маънавий жараёнлар, таълим соҳасидаги ислоҳотлар: Oʻzbekistonda ўzликни англаш тушунчаларининг кенг ёйилиши ва уни мустаҳкамлаш йўлида қилинган саъй-ҳаракатлар, миллий қадриятлар, дин ва эътиқод эркинлиги, тарихий хотира, буюк мутафаккирлар ҳамда тарихий шахслар номини қайтадан тикланиши, маданият ва санъат, шунингдек, янгиланаётган Oʻzbekistonda таълимга берилаётган эътибор, илм-фан ва инновациялар, спорт ва жисмоний тарбия бўйича эришилаётган ютуқлар каби масалаларнинг илмий ва амалий аҳамияти очиб берилган. Мазкур oʻquv qoʻлланма бакалавр oʻқув режасига мос равишда ёзилган бўлиб, унда мавзулар баёни билан биргаликда таянч сўз ва иборалар, мустаҳкамлаш учун саволлар, глоссарий ҳамда ишлаб чиқилган тест саволлари мавжуд. Oʻquv qoʻлланма профессор-ўқитувчилар, мустақил тадқиқотчилар ва талабалар учун мўлжалланган бўлиб, ундан Oʻzbekistonning eng yangi tarixi фани бўйича билимларни янада мустаҳкамлаш, маъруза ва семинар машғулотларини ташкил этиш жараёнида фойдаланиш мумкин.
-
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс
Ушбу китобда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 2025 йил 5 ноябргача бўлган ҳолатида берилди ва мазкур санадан кейин кучга кириши белгиланган нормалар матни хам ушбу Кодекснинг тегишли моддаларида алоҳида фарқли ранг билан ажратилган ҳолда хавола этилди ҳамда кучга кириш санаси қайт қилинди.
-
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu darslikda mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotdagi inqirozli holat, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining tashkil topishi, Oʻzbekistonda huquqiy, demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, davlatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy sohadagi islohotlar, ma'naviyat va madaniy taraqqiyot, ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, Oʻzbekistonning tashqi siyosat tamoyillari, Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yangi Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi kabi masalalar yoritib berilgan.
-
Асаларичиликка ихтисослашган деҳқон ва фермер хўжаликларида бухгалтерия ҳисоби, молия-кредит ва солиққа тортишнинг хусусиятлари
Услубий қўлланмада асаларичиликка ихтисослашган деҳқон ва фермер хўжаликларида бухгалтерия ҳисоби, молия-кредит ва солиққа тортишнинг хусусиятлари ҳақида сўз боради.
-
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi "oʻzbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi”
Ushbu o'quv qoʻllanmada Yangi Oʻzbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Yangi Oʻzbekiston fenomeni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Yangi Oʻzbekistonning novator rahbari ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilishi, Harakatlar strategiyasi: jadal taraqqiyot va yangilanish modeli ekanligi, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy gʻoya asosida yoshlarni tashabbuskorlik, fidoyilik hissini hamda axloqiy fazilatlarni shakllantirishning ahamiyati, Oʻzbekistondagi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslarini yaratish, “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” – inson qadri ulugʻlangan Bosh dastur sifatidagi ahamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari va Oʻzbekistonning xalqaro reyting miqyosida egallayotgan oʻrinlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash borasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
-
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu o'quv qo'llanma Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan barcha nomutaxassis ta'lim yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari va professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Kitobda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida roʻy bergan keskin burilishlar, tarix fanini rivojlantirishning davlat siyosatidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, yosh avlodning ma'naviy barkamolligini ta'minlashda tarixiy bilimlarning oʻrni va ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Muallif globallashuv davrida milliy oʻzlik va ma'naviy qadriyatlarni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini ta'kidlaydi. Qoʻllanma "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlar, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, xalq farovonligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, soʻz va vijdon erkinligi kabi tamoyillarga sodiqlik masalalariga e'tibor qaratadi. Unda mustaqillik yillarida tarixchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va yaratilgan o'quv adabiyotlari asosida Oʻzbekistonning mustaqillik arafasidagi vaziyati, davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilgan. Bu qoʻllanma talabalarga mamlakat tarixini xolis va ilmiy asosda oʻrganish, Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyotini anglash uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
-
Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
Mazkur monografiyada Oʻzbekistonning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining dunyo miqyosida mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish uchun katta foyda keltiradigan eng muhim tarmoqlardan biri hisoblangan turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob'yektlaridan samarali foydalanish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etiladi. Monografiya professor-oʻqituvchilarning nazariy va amaliy mashg'ulotlarini samarali tashkil qilishlariga ko'maklashish, shuningdek, talabalarning Oʻzbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan oʻrni va uni yanada rivojlantirish imkoniyatlari xususida ijodiy fikrlarini oʻstirish uchun moʻljallangan.
-
Oʻzbek tilining sohada qo'llanilishi
Darslikda oʻzbek tilining sohalarda qoʻllanishi bilan bog'liq ravishda tilning jamiyatda tutgan o'rni, soha doirasida qoʻllaniladigan rasmiy-idoraviy ish hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirish masalalari, jamiyatning turli sohalarida oʻzbek tili ijtimoiy funksiya(vazifa)larining kengayishi, madaniy nutqning aloqaviy sifatlari, madaniy nutqning shakllanishi va takomillashishida adabiy til me'yorlarining ahamiyati, sohaga doir nutqiy kompetensiyaning rivojlanishida notiqlik san'atining oʻrni kabi amaliy mashg'ulotlarni oʻtish namunalari, ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi mavzular, interfaol metodlar asosida tuzilgan topshiriqlar, talabalar bilimlarini nazorat qilish hamda darsga tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun savollar to'plami, fanga oid terminlarning qisqacha glossariysi, tavsiya etiladigan ilmiy adabiyotlar ro'yxati berilgan. Mazkur darslik barcha bakalavr bosqichi talabalariga hamda ushbu soha ahliga moʻljallangan.
-
Аграр сектор корхоналарида ички аудит хизматини ташкил этиш бўйича тавсиянома
Тавсияномада аграр сектордаги йирик қишлоқ хўжалик товар ишлаб чиқарувчи ва хизмат кўрсатувчи корхоналарда ички аудит бўлимини ташкил этишнинг зарурати ва хусусиятлари асосланган.
-
Maxsus ta'lim sohasidagi tadqiqotlar bo'yicha qo'llanma
Ushbu Maxsus ta'lim sohasidagi tadqiqotlar bo'yicha qo'llanma mavzuga oid dolzarb masalalarning keng qamrovli tahlililni o'z ichiga oladi.har bir bobda kelgusidagi tadqiqotlar uchun tavsiyalar, ta'lim jarayonini uzluksiz takomillashtirish va innovatsion yondashuvlarini rivojlantirishga oid xulosalar keltirilgan.
-
Korxonalarda ish yuritishni tashkil etish
O'quv qo'llanma qishloq xoʻjalik korxonalarida ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, saqlashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
-
Oʻzbek tilining amaliy uslubiyati
Учебное пособие «Практическая стилистика узбекского языка» предназначено для национальных групп бакалавриата высших учебных заведений. В учебном пособии даются научные и теоретические сведения о стилях речи, а также о фонетической, лексической и грамматической стилистике. Включены различные упражнения для формирования навыков устной речи, задания по проблемным ситуациям, аналитические тексты и тесты для закрепления теоретических знаний. В данном учебном пособии рассматриваются закономерности построения речи, языковые нормы, текст и его виды, особенности стилей речи, ошибки в речи, фонетические, фонологические, лексико-грамматические особенности художественного текста, а также принципы его анализа. Данное пособие направлено на раскрытие существующих значений в нашем языке, возможности выделения, подтверждения, логической глубины грамматики нашего языка, взаимосвязи морфологических и синтаксических единиц, правильного выражения, четкого описания и художественного воздействия.
-
Davlat tilida ish yuritish
Ushbu oʻquv qoʻllanma Toshkent davlat agrar universitetining yurisprudentsiya yoʻnalishida ta'lim olayotgan kunduzgi va sirtqi boʻlim guruh talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, oʻquv dasturi asosida tuzilgan.
-
Oʻzbek tilining amaliy uslubiyati
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining filologiya va tillarni o'qitish (ingliz, nemis, ispan, fransuz) ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan. Bunda hozirgi o'zbek adabiy tilining bo'limlari va ularning uslubiy imkoniyatlari ilmiy va nazariy jihatdan olingan matnlar va terma misollar asosida tahlil etilgan. Tilning vazifaviy uslublari, ularning uslubiy imkoniyatlari bo'yicha nazariy ma'lumot hamda amaliy mashg'ulotlarga tahlil uchun matnlar taqdim qilingan. Nazariy bilimlarni mustahkamlovchi testlar va muammoli vaziyat matnlari kiritilgan. Shuningdek, talabalarning og'zaki nutqini o'stirishga qaratilgan "So'z xususida so'z" rukni asosida so'z ma'nolarini tahlil etish bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar berilgan.
-
Иш юритиш
Маъруза матнларида ҳужжатларни зарурий қисмлари (реквизитлар) ва уларни расмийлаштириш, иш юритишда қўлланиладиган бланкалар ва бошқа маълумотлар берилган.