-
Ming bir jon
Abdulla Qahhor,Bu hikoyada ming bir jon egasi – xasta ayol Masturaning kuchli xarakteri, matonati yoritilgan. U yaqin orada jon taslim qilishiga ishonsa-da, hayotga boʻlgan umidini yoʻqotmaydi, shifoxonada undan hol-ahvol soʻrash uchun yoʻqlab kirganlar bilan boʻlgan suhbatdan Masturaning oʻziga ishonchi va irodasini koʻrish mumkin.
-
Атомные привычки
Джеймс Клир,По мнению Евбулида из Милета (IV век до н. э.) невозможно точно определить, в какой момент один доллар становится капиталом или, наоборот, когда капитал перестанет быть таковым, если тратить из него по одному доллару. Вероятно, смысл капитала не в количестве долларов, а в том, чтобы они там как-то размножались. По аналогии — смысл работы над собой не в том, что бы быть молодцом, а в том, чтобы одни привычки поддерживали другие и вместе создавали синергетический эффект.
-
Қўрқма
Жавлон Жовлиев,Roman voqealarini qisqacha soʻzlar bilan ifoda etib boʻlmaydi. Barchasi shu qadar tigʻizki, shoshirib qoʻyadi. Majoz, obraz, ifoda, oʻt, hech kimnikiga oʻxshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, koʻrinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik daʼvosidagi yolgʻonlar, ruh va qondagi paradokslar sizni oʻtmish va kelajak kuyiga asir qiladi, oʻylatadi, yigʻlatadi va achchiq-achchiq kuldiradi. Oʻtgan asr boshida Germaniyada oʻqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi":
-
Yashamoq
Yu Hua,O‘g‘limni tuproqqa topshirishim kerak edi, biroq undan ajrala olmayotgandim. Ota-onamning qabrlari poyiga cho‘kdim va Yuchinni bag‘rimga bosdim uni yerga qo‘yolmayotgandim. Asta yelkamga suyadim, yuzlari ham qotib qolgandi, xuddi yelkamda bir parcha muz turgandek go‘yo... Kechki shamol barglarni to‘zg‘itar, o‘g‘limning tanasi qirovdan nam bo‘lib ulgurgan edi. Bugun ertalab maktabga ketayotgandagi holati ko‘z oldimda shundoqqina turibdi: yugurgilab borar ekan, yelkasidagi sumkasi bir yuqoriga, bir pastga sakrardi. Yuchin endi bir og‘iz ham so‘z ayta olmasligini yoki maktabga yalangoyoq chopib bormasligini o‘ylash yuragimga tig‘dek botardi. Yig‘layverib ko‘zimning yoshi qurib qoldi...
-
O'g'ri
Abdulla Qahhor,Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi: – Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!
-
Zarbulmasal
Gulxaniy,Gulxaniy ushbu asar orqali oʻz davrida kishilar orasida uchrab turadigan ayrim muammolarni jonzotlar obrazi orqali mohirona ochib beradi. Asarning ertaklardan farqli jihati shundaki, qahramonlar oʻrtasida kechadigan suhbatlar hayotiy, voqealar esa kundalik turmushimizda roʻy berishi mumkin bo‘lganligidadir. “Zarbulmasal” yozilganiga koʻp yillar boʻlganiga qaramay, mutolaa chogʻida voqea-hodisalar xuddi bugun sodir bo‘layotgandek his qilasiz. Ibratli, maʼno-mazmunga toʻla, hayot hikmatlarini oʻzida jamlagan kitobni bugungi kunda ham sevib oʻqilishining sababi shundadir. Oʻylaymizki, uni oʻqib Siz ham shunday xulosaga kelasiz.
-
Go'ro'g'lining tug'ulishi
Xalq og'zaki ijodi,“Goʻroʻgʻli” turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni oʻzida birlashtiradi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan “Goʻroʻgʻlining tugʻilishi” dostoni oʻzbek dostonchiligi rivojida beqiyos oʻrniga ega baxshi Muhammad Jomrot oʻgʻli Poʻlkan shoir tomonidan ijro etilgan. Unda afsonaviy xalq bahodirining tugʻilishi va qahramonona yoshligi, ozodlik oʻlkasining bunyod etilishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burchi, birodarlik va doʻstlik masalalaridan bahs yuritadi. Serboʻyoqliligi, jozibadorligi bilan kitobxonni oʻziga rom etadi.
-
АСАРЛАР -3
ОГАҲИЙ,Атоқли ўзбек адиби :шоир,таржимон ва муаррих Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий таваллудининг 210 йиллигига бағишланади.
-
JIMJITLIK
SAID AHMAD,Taniqli adibimiz Said Ahmadning "Jimjitlik " romani 1986-1987-yillarda "Sharq yulduzi "jurnalida davomli e'lon qilindi.G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti uni 1989-yilda 150 000 nusxada bosib chiqardi.
-
Qasosli dunyo
Shukrillo,«Қасосли дунё» асарида ҳаётдаги адолат ва қасос тушунчалари ўзаро боғлиқ ҳолда ёритилади. Қаҳрамонлар бошидан ўтган ноҳақликлар туфайли қасос олиш йўлига кириб қоладилар. Бироқ бу йўл уларни янада оғир синовларга дучор қилади.
-
Jannatdagi soyalar.
rix Mariya Remark,Ular Amerika deya atalmish jannatga soya kabi kirdilar/Ikkinchi jahon urishi olovida yonib qovrilganodamlar... Otmishini yo'qotib, Yevroganing turli burchaklaridan quvilgan qochqinlar...Asablar tarang go'zallik timsoli va sharobxo'r yozuvchi. Bunday turli toifadagi insonlarni nima birlashtirib turgan bo'lishi mumkin. E.M.Remarkning o'zbek tiliga ilk marotaba tarjima qilingan "Jannatdagi soyalar" kitobi mutoolasi davomida yuqoridagi savolga birgalikda javob topamiz.
-
Jinoyat va jazo
Fyodor Dostoyevskiy,Asar 1866-yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. “Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi”, asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega bo‘lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
-
Shayton
Tolstoy,«Шайтон» асарида Толстой инсоннинг ички кураши, айниқса шаҳвоний истаклар ва ахлоқий қадриятлар ўртасидаги зиддиятни тасвирлайди. Асар қаҳрамони Евгений Иртенев уйланган бўлса-да, у ўтмишдаги муносабатларидан қутула олмайди ва бу уни руҳий азобга солади.
-
Xo'jand qal'asi
Mirmuhsin,Mirmuhsinning tarixiy romanlaridan biri «Temur Malik»dir. Asarni yaratilishi haqida adibning o‘zi shunday degan edi: «...Ko‘p yillar mobaynida tarix sahifalarini varaqladim, ona tuproq, ona yurt saodati yo‘lida kurashib, qurbon bo‘lganlar haqida kitob yozish niyatim edi. Moziydagi mislsiz vatanparvar bahodirlardan biri Temur Malik jasorati doimo diqqatimni jalb etib kelardi». Ana shu niyat samarasi o‘laroq bu roman yozildi.
-
MEHROBDAN CHAYON
ABDULLA QODIRIY,Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xudoyorxon o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand- kosib sinfini qurbon qilishi ,mamlakat xotin -qizlarini istagancha tasarruf etishi ,bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin ,rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzui'dir.
-
Andisha va g‘urur
Ostin, Jeyn,Jeyn Ostin ingliz adabiyotining yorqin namo yandalaridan biridir. Uning yozgan asarlari, oradan ikki asr o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramay, hamon o‘z ijtimoiy-badiiy dolzarbligini yo‘qotmagan. Yozuv chining millatdoshlari va muxlislari hanuzgacha uni «Bizning Jeyn» deya faxr-u iftixor bilan tilga oli shadi. Yozuvchining asarlari keng kitobxonlar om masi tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, ular mazmun va ifodasi hamda syujetining soddaligi, samimiyligi, qiziqarliligi, badiiy tilining latifligi bilan kitobxonlar qalbini o‘ziga rom etgan.
-
Огаҳий асарлари 2-қисм
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғла,Ушбу китоб атоқли ўзбек адиби шоир, таржимон ва муаррих Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий таваллудининг 210 йиллигига бағишланади.
-
Изтироб
Рашод Нури Гунтекин,Асар бош қахрамони Захро-мактабнинг катта ўқитувчиси.Фидойи,жонкуяр,мехнаткаш,бир сўз билан айтганда,жонсарак аёл.
-
Тўқчилик ва йўқчилик
Хемингуэй Э.,Мазкур роман Буюк еурғунлик даврида оиласининг қорнини тўқлашга ҳаракат қилган Харри Морган ҳақида ҳикоя қилади ва шу билан бирга ўша даврнинг тўқчил ва йўқсил одамлари ҳаёти қртасидаги кескин фарқни ижтимоий шарҳлайди.
-
Чолиқуши
Рашод Нури Гунтекин,Аёлнинг изтироблари,аёлнинг оғриқлари,аёлнинг оғир ўй-кечинмалари...Уларнинг тугал ечими борми? Уни қандай муаммо доимо қийноққа солади? У нимадан тасалли топади? Бу саволларнинг жавоби битта,у-мухаббатдир.