-
Етти мажлис
Жалолиддин Румий,"Yetti majlis" risolasi Jaloliddin Rumiyning juma ma'ruzalari asosida yaratilgan bo'lib, u Mavlononing ustozi Shams Tabriziy bilan uchrashmasidan avval shogirdi Husomiddin Chalabiy yoki o'g'li Sulton Valad tomonidan yozib olingan deya tahmin qilinadi. Ushbu asar Mavlono Rumiyning eng so'nggi asarlaridan hisoblanadi va boshqa asarlaridan farqli ravishda rasmiy va'zlardan tashkil topgan.
-
Bir kun
David Nikolls,Devid Nikollsning "bir kun" romani- bebosh yoshlik, oqar daryodek umr, qoyadek mustahkam do'stlik, sof muhabbat va boqiy sodoqat to'g'risidagi asar.
-
Bo'tako'z
O'zbek xalq dostonlari.,“O‘zbek xalq dostonlari. “Bo‘tako‘z” asari o‘zbek og‘zaki ijodining yorqin namunalaridan biridir. Ushbu doston orqali xalqning qadimiy urf-odatlari, an’analari, sevgi va sadoqat, jasorat hamda vatanparvarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar badiiy ifodalanadi. Asarda bosh qahramonlarning ichki kechinmalari, murakkab taqdirlari va hayot sinovlari tasvirlanib, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash yoritiladi. “Bo‘tako‘z” dostoni nafaqat badiiy jihatdan, balki tarbiyaviy ahamiyati bilan ham muhim bo‘lib, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
ЧИРОҒИ ПОРЛАГАН УЙ
Элчин Сафарли.,"...Men bu so'zlarda haqiqatni ko'rmoqdaman — ular chinakam, abadiy sevgining mavjudligi haqida. Uni topish uchun hech qayerga borishingiz shart emas, shunchaki qulfdagi kalitni burang: shunchaki mahkam quchoqlang, yangi kundan xursand bo'ling va xotirjamlikni toping. Bu xuddi iyul dengizi bo'yida ko'zlaringizni yumib, yuragingizni ochiq holda o'tirishga o'xshaydi. O'zingizni uchratganingizda va bilganingizda, siz o'zingizning insoningizni uchratasiz va bilasiz, u bilan sevimli qo'shiqlaringizni kuylaysiz va ko'p finjon qahva ichasiz." Biz bilgan hayot naqadar go'zal va naqadar shirin. Lekin unda noma'lum qayg'u va orzular, tasavvur qilib bo'lmaydigan baxt va boyliklar ham bor. Har bir qalbning o'ziga xos idroki va tafakkur qanotlari bo'lgani kabi, uning ham o'ziga xos sevgisi, mehri va iymoni bor. Inson o'z hayotini baxt mayoqi bilan bezasa, uning hayoti uyni yorituvchi chiroq kabi yorqin bo'ladi. Ushbu roman chinakam, mukammal sevgining mavjudligini va sevgida yashagan hayot haqiqiy baxt ekanligi haqiqatini ulug'laydi. Umid qilamizki, ushbu asar orqali siz sevgini kashf etasiz va baxt bilan do'stlashasiz.
-
Izquvar Puaro
Agata Kristi,Ushbu to'plamda yozuvchining bir-biridan qiziqarli hikoyalari jamlangan. Detektiv hikoyalar voqealari rangbarangligi bilan ham ajralib turadi. Kitobni o'qigan o'quvchi o'sha detektiv janrdagi voqealarga qiziqishi ortadi.
-
Jinlar bazmi
Abdulla Qodiriy,Ushbu to'plamga Abdulla Qodiriyning she'r va hikoyalari jamlangan. Qodiriy she'riyati zamondoshlarini uyg'onishga chorlaydigan ruhda bitilgan, hikoyalari esa o'zbek hikoyachiligining ilk namunalari sanaladi. «Millatimga bir qaror», «Ahvolimiz» kabi she'rlarida shoir o'ta zarur hayotiy mavzu va muammolarga e'tiborini qaratgan. Qodiriy hikoyalari esa mag'zi to'qligi, davr holatini yoritib berishi bilan ahamiyatlidir. To'plam keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Uzuklar hukmdori
Jon Ronald Ruel Tolkin,Mazkur asarda gap asosan hobbitlar to`g`risida borib,uning sahifalarida kitobxon hobbitlarning tabiati haqida ko`p narsalarni bilib olishi mumkin,lekin pakana xalq tarixi haqida ko`p ma'lumotga ega bo`la olmaydi.
-
QORA QUYUN
NORMUROD NORQOBILOV,"Qoraquyun" roman janrida yozilgan. Unda tog‘lik bo'lgan bir yigitning tutqunlikka tushib qolishi, ozod bo‘lgandan so'ng esa, yigitni qullik chohiga uloqtirgan kimsadan qasos olish niyatida bir jonivorni "jonli o‘q" sifatida qafas, ya'ni g‘ulda tarbiyalashi aks ettirilgan. Asarda yana ozod inson tutqundagi insonning ruhiyatini anglab yetmoqqa qodir bo‘lmaganidek, inson ham tutqundagi jonivorning botinida yuz berayotgan evrilishlarni idrok etmoqqa ojiz ekanligi mohirlik bilan tasvirlab berilgan.
-
ЯШИЛ КЕЧА
РАШОД НУРИ ГУНТЕКИН,Турк адабиётининг забардаст вакилларидан бири бўлган Рашод Нури Гунтекин номи ўзбек китобхонларига яхши таниш."Чолиқуши "; "Оташ кечаси ";"Тўкилган япроқлар ";каби асарлари орқали Гунтекинни қайта ва қайта мутолаа қилганмиз.
-
ERALI VA SHERALI
Xalq og'zaki ijodi,Ertaklar-bolalar adabiyotining eng nodir durdonalari. Azhoyibotlarga tula orzular osmonida parvoz qiluvchi baxtiyor bolalikni ertaklarsiz tasavvur qilish qiyin. Bola ertaklardagi jasur kahramonlardan ibrat oladi, chunki bu qahramonlar hamisha mexnatkash halqni turli azhdaho va devlardan, bola-ofatlardan himoya kiladilar. Ertaklar qayisi tilda yaratilmasin, albatta, kitobxon kalbiga yul topadi. Uni yaxshilikka undaydi. Ushbu havola etilayotgan "Zhakon halqlari ertaklari" turkumi Arab, Turk va mugul ertaklaridan iborat boulib, ukuvchilarga manzur buladi, degan umiddamiz.
-
RAVSHAN
Xalq og'zaki ijodi,“Ravshan ” dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e ’tiqod, or- nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug ‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni о ‘qish davomida Ravshanning bobosi - Go ‘ro ‘g’lining nevaralarining o'zaro turmush qurishi uchun qilgan harakatlari, Ravshan Zulxumorni izlab safarga chiqishi, Shirvon elidagi sarguzashtlari, uning Qoraxon podshoga asir tushishi, Ravshanning iymon-e ’tiqodining qanchalik kuchliligiga, Hasanxonning o'g'lini qutqarishga borishi, aka-uka kallarning Hasanxonga yordam berishi va oxir-oqibat Zulxumor va Ravshanning о ‘zaro turmush qurishiga guvoh bo ‘lasiz.
-
SHIROQ
Mirkarim Osim,Yoz boshlanib, Yaksart bo‘yidagi cho‘llarda o‘tlar qovjiray boshladi. Bu yerlarda yashovchi shak qabilalari sero‘t yaylovlarga ko‘chish taraddudiga tushishdi. Yangi yerlarga ko‘chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. Ular bahor mavsumida yashab o‘rganib qolgan yerlarini tashlab ketish oldidan bir-birlarinikiga qo‘noq bo‘lib borar, dorivor o‘tlarni yeb semirgan biyalarning sutidan tayyorlangan o‘tkir qimizlarni ichib mast bo‘lgan yigitlar qizlar bilan lapar aytishar, vaqtichoqlik qilishardi. Biroq bu safar odamlarning ko‘ngliga qil sig‘mas, o‘tlovlardan na qo‘shiq tovushi va na qizlarning xushchaqchaq kulgisi eshitilardi.
-
Sariq devni minib
Xudoyberdi TO'XTABOYEV,Ўзбекистон халқ ёзувчиси, болаларнинг севимли адиби Х.Тўхтабоевнинг асарлари нафақат республикамизда, балки чет элларда ҳам маълум ва машҳурдир. "Сариқ девни миниб" саргузашт романи болалар ҳаётидан олиб ёзилган бўлиб, уларнинг севимли китобларидан ҳисобланади. Бу асарда орзу-ҳавасга элтадиган чинакам йўл ҳалол меҳнат, яхши хулқ-одоб ва қунт билан ўқишда эканлиги таъкидланади.
-
SARIQ DEVNING O'LIMI
XUDOYBERDI TO'XTABOYEV,O'zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To'xtaboevning "Sariq devni minib" sarguzasht romanining qismi - "Sariq devning ulimi" da asar qahramoni Hoshimjon xayotida mas'uliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, faqm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muwaffakiyatli yakunlanishini ta’minlash. Voqealar rivozhi esa asarni mutolaa qilish bilan tanishasiz.
-
YER OSTIDAN MAKTUBLAR
Fyodor Mixaylovich DOSTOYEVSKIY,"Yer osti yozuvlari" - bu o'z ongiga qamab qo'yilgan odamning iqrori. U jamiyatdan, vaqtdan, uyg'unlikdan tashqarida yashaydi. Uning ongi og'riq va mag'rurlik, bo'lish istagi va bo'lishning iloji yo'qligi o'rtasidagi jang maydonidir. Dostoevskiy shunchaki inson haqida yozmaydi, u o'z qalbini fikr skalpel bilan ochadi.
-
Ғарбга Йўл
БЕКЗОД АБДИРИМОВ,Ушбу рисолада хоразмликларнинг VIII-XI асрлардаги Ҳазария ва Волга Булғорияси билан савдо -сотиқ алоқалари , савдо йўллари ,маданий алоқалари ,Волга Булғорияси худудларига савдо -сотиқ қилиш учун бориб қолган хоразмликларнинг ғарбга навбатдаги миграцияси жараёни ,уларнинг хазарлар ва қипчоқлар билан биргаликда Марказий Европа ,жумладан,Венгрия худудларига кириб бориши ҳикоя қилинган.
-
URUSH ODAMLARI
Nazar Eshonqul,Qirq to’rtinchi yil dekabrining boshlarida, qoraxat kelganidan rosa bir yildan so’ng, yog’in-sochinli kunlarning birida tersotalik Normat polvon bir oyog’idan ayrilib urushdan qaytdi. Urushdan majruh bo’lib qaytish odatdagi voqea bo’lib qolganligi uchun hech kim uning mayib bo’lib qaytganiga ajablanmadi. So’ngi uch yil ichida urushga soppa-sog’ ketib, biron muchasidan ayrilib qaytish hodisasi tez-tez sodir bo’lib turardi.
-
Maymun yetaklagan odam.Hikoyalar
Nazar Eshonqul,“Odam o‘z umrining rassomi, har kim qanday yashasa, shunday surat chizadi, kunlarni, umrni, umrning fasllarini chizadi”.
-
Sarob
Abdulla Qahhor,"O'tmishdan ertaklar" - o'zbek adabiyotining zabardast vakili bo'lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o'rin tutadi. Bu asar milliy yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o'tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so'z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. To'plamning qismi bo'lgan hikoyalar ham o'zbek adabiyotining ma'naviy boyligidir. Yozuvchining birinchi hikoyalar to'plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo'lgan davr mobaynida o'zbek adabiyotida, hikoyanavislikda juda ko'p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e'tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o'quvchilar hukmiga havola qilindi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig'irig'ini pisand etmay, hamon sevib o'qiladi. Adib qahramonlari o'quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg'uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz. Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
-
Болтон
ШУҲРАТ МАТКАРИМ,Asarlarda milliy ruh, insoniy qadriyatlar hamda hayotiy haqiqat uyg‘un holda aks etadi. Qahramonlar obrazlari samimiy va hayotiy bo‘lib, o‘quvchini chuqur mushohadaga undaydi. Muallif sodda, ravon va ta’sirchan uslub orqali voqealarni bayon etib, kitobxonga estetik zavq bag‘ishlaydi.