-
Jadid adabiyot namoyandalari
Is'hoqxon Ibrat,Mnzkur metodik qo‘lianmada matn va uning ta’rifi, birliklari, tiplari, badiiy matn vanning qismlarini bog‘iovchi vositalar, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari haqida so;z yuritiladi. Metodik qo‘llanmada amaliy mashg'ulot hamda mustaqil ishlarni tashkil etish bo'yicha uslubiy ko‘rsatmalar, mashqlar tizimi berilgan. Ushbu metodik qo‘llanma ill qismdan iborat bo‘lib, “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fani dasturi asosida tayyorlandi. Qo41anmaning “KirislT va 1 qismini M.Yo‘ldoshev, 11 qismini Z.lsaqov, 111 qismini Sh.Haydarov tayyorladi.
-
1984
Жорж Оруэлл,Жорж Оруэллнинг ушбу романи илк бора ўзбек тилига таржима қилиниб китобхонлар эътиборига етказилмоқда. «1984» романи «ББС талқинидаги энг яхши 200 та китоб» рўйхатида саккизинчи ўринни, Newsweek томонидан инсоният тарихидаги энг яхши китоблар рейтингида 2-ўринни эгаллаган. 2017 йилда ушбу китоб АҚШда энг кўп сотилган китоб ҳисобланади. Асарнинг бунчалар шуҳрат қозонишига сабабларни китобни ўқиш мобайнида билиб олишингиз мумкин.
-
Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar
Fyodor Dostoyevskiy,Ushbu kitob ilk bor о ‘zbek tilida 1966-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so 'z va jumlalaming m a ’nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlami yoki o ‘sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo 'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi о ‘zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
-
Graf Monte-Kristo (If qalʼasining mahbusi). 2-kitob
Aleksandr Dyuma,Graf Monte-Kristo (If qal'asining mahbusi) – Aleksandr Dyumaning sarguzasht romani, 1844-1845 yillarda yozilgan, fransuz adabiyotining klassik asari. Romandagi voqealar 1815-1829 va 1838 yillarda boʻlib oʻtadi. Jahon adabiyotidagi durdonalardan biri sifatida tan olingan "Graf Monte Kristo" yaratilganiga bir necha asrlar oʻtgan boʻlsa-da, undagi ulug'vor gʻoyalar, oʻlmas tuygʻular, orzular va armonlar talqini sira-sira oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi.
-
Girdob
O'ktam Usmonov,Kun bo‘yi yeru ko‘kni jizg‘anak qilib kuydirgan quyoshning botishiga sal bor... Ufq qontalashib, osmon za’faron tusga kirgan; olisdagi qorli tog‘larning tepasigina niliy rangda tovlanadi... Chilonzordagi sarg‘ish, qizg‘ish g‘ishtin, kulrang, oqish yirik panelli baland uylarning ko‘lankalari tobora uzayib borayotgan payt. Ayniqsa, tushdan keyin bilqillab yumshab ketgan asfalt ko‘chalardan yoqimsiz hovur ko‘tariladi. Qayoqqa qarasang: zuv-zuv, g‘uv-g‘uv mashina, tumonat odam; sha-harliklar ishdan qaytishyapti. Ayrim yo‘lovchilar bir yonga og‘ib ketayotgan avtobuslarning eshigigacha osilib olishgan. Bekatda turganlar ham terga botib, kech kirayotganiga qaramay, soya axtarishadi... Qani endi qilt etgan shabada bo‘lsa...
-
Garov
A.P.Chexov,Lev Tolstoy «prozadagi Pushkin» deya ta’riflagan rus adibi Anton Chexov nasrning deyarli barcha janrlarida ijod qildi. Lekin yozuvchi dahosi uning hikoyalarida bus-butun namoyon bo‘ladi. A.Chexovning «Garov» hikoyasida keksa bankir bilan bahs boglagan 25 yoshli huquqshunosning tanholikda kechirgan 15 yillik hayoti aks ettirilgan. «O‘n besh yil chillada o‘tirgan, kitoblar ummonida suzgan, musiqaning lojuvard osmonida sayr etgan, jism yukini ruh kuchiga aylantirgan huquqshunos kim edi-yu, kim bo‘ldi? U komillikka erishadi. Yolgʼon dunyo so‘qmoqlarida keza-keza asl haqiqatni topadi»
-
Самарканд хаёли
Х.Даврон,Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron ijodi, she’riyatida qo‘llanilgan ijtimoiy dard, timsollar, xalq ruhiyati va zamon muammolarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson va davr munosabati, ular o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, bugungi kunning og’riqli nuqtalari tahlil qilinadi.
-
Lolazor
Murod M.D,Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – “Lolazor” nihoyat, qoʻlimizda! Garchi romanning ilk nashri oʻtgan asrning soʻnggi oʻn yilligiga toʻgʻri kelsa-da, u oʻquvchilar “toʻymagan” asarlardan biri hisoblanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan soʻzlaydi.
-
Bahor keldi seni so`roqlab
Zulfiya,Mazkur kitob Zulfiyaxonimning ijodidagi eng sara she'rlardan tarkib topgan.
-
Ona tarbiyasi
Aziz Nesin,Roman avval sinfdosh bo`lgan,keyin biri boshqa shahrga ko`chib ketgan o`n yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan.Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo`ya xatti-harakatri,o`zaro munosabatlaridagi yolg`on,munofiqchilik,soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi,ich-ichidan ularga qarshi isyon ko`tarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.
-
Asror Bobo
Abdulla Qahhor,Asarda insonlar taqdiri,oila munosabatlari,urush davrining hayoti,urushdan keyingi hayotga umid,kelajakka ishonch haqida so`z boradi.Adibning mahorati shundaki,u har bir qahramoniga o`ziga xos ''vazifa''yuklaydi.Masalan,Asror bobo-ismi jismiga mos, sirli, dardini ichiga yutadigan obraz.Uning ayoli-mehribon,mushtipar ona, o`g`li urushga ketgan onalarning yorqin vakili.Yodgor-asarning barcha halqalari shu obraz atrofida jipslashadi-umid ramzi.
-
Bir vijdon uyg`onur
Ahmad Lutfiy Qozonchi,Chekka qishloqlar va shahardagi ayrim mahallalarda yashayotgan bolakaylarning ko`pchiligi tarbiya nimaligini aslo bilmaydi.Kufr so`zlarni aytish,kattalar yonida sigaret chekishi tabiiy bir holga aylangan.
-
Счастливая семья
Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф,Да будут восхваления Могущественному и Мудрому Аллаху,достойные Его величия,Который сотворил человека из глины и для обретения им покая сотворил из него пару ему, а также пожелал,чтобы они жили совместно,семью посредством никаха!
-
Мувозанат
Улуғбек Хамдам,Этиборингизга хавола этилаётган китоб кахрамони-Юсуфни хамиша мана шундай чигалликлар каршисида учратасиз.У хамиша яшашдан маьно ахтарар экан,калбидаги безовталикдан халос бўлолмайди.
-
1985
Entoni Byorjess,Kollektiv xotira ustidan nazorat o`rnatgan davlat,hurfikrli shaxsning ko`ksidan itargan jamiyat,ziyolilari ko`chada tilanchilik,axlat titish bilan shug`ullanayotgan,boshi berk ko`chaga kirib qolgan hukumat.
-
Umid uchquni
Remark Erix Mariya,Erix Mariya Remarkning mazkur romani qolgan ko`plab asarlari kabi II jahon urushining fojealari haqida bong uradi.Dahshatli konslager changali,insoniylik qiyofasini yo`qotganlarning ayanchli zulmi,muttasil ochlik va har lahzada hayotingga chang soladigan o`lim qopqoni...
-
Ажал билан тўкнашув
Агата Кристи,Машхур ёзувчи Агата Кристининг китоблари бутун дунёда севиб ўкилади.У асосан детектив жанрдаги асарлари билан мутолаа ихлосмандлари кўнглини забт этган,десак хато килмаймиз.
-
Mash'um aybnoma
Mirzaali Akbarov,Biz o'tgan mingyilliklar davomida jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan, uni o'zgartira olgan xalqmiz. Madaniyat, san'at, axloq, falsafa, fan va adabiyot sohasida buyuk ajdodla-rimiz qoldirgan ulkan meros hali-hamon dunyoning barcha rivoj-langan mamlakatlari tomonidan e'tirof etilib, o'rganib kelinadi.
-
Sanʼatkor
Abdulla Qahhor,Konsert odatdagicha «navbatdagi nomeramizda… Kelganlaringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi — san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda!
-
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi
Tog'ay Murod,Tog‘ay Murodni shaxsan tanish, hamsuhbat bo'lish nasib etmagan, lekin uni yozuvchi sifatida taniganimga ancha bo'ldi. Yozuvchining «Oydinda yurgan odamlar» qissasini o'qiganimda ismsiz bir taassurot ichida qolganimni eslayman: maza qilib o'qiganim rost-u, birovga aytib bergudek voqeasi yo'qdek edi-da!.. Qahramonlari ham binoyidek-u, insho yozganingda «falonchiga o'xshagim keladi», deydigan emas-da!..